O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 3,72 Mb.
səhifə14/146
tarix11.12.2023
ölçüsü3,72 Mb.
#147366
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146
2-y-Eks.-xizmatini-tash.-qilish.-Oquv-qollanma.-R.S.Amriddinova-N.E.Ibadullayev-va-bosh.-S-2015

Qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi. Ekskursiya xizmatining asosiy vazifasi ekskursantlarga bilimlarni berish va aniq bilimlar sohasidan ularga qiziqish uyg‘otishdir. Adabiy mavzudagi ekskursiya xizmatida ishtirok etib, ekskursantlar keyinchalik aniq bir yozuvchi ijodiyotiga qiziqa boshlaydilar, amaliysan’at, adabiyijodiyotbo‘yichakitoblaro‘qiydilar, muzeylarga, boshqaekskursiyalargaboradilar.
Ekskursiyaxizmatiko‘pchilikinsonlaruchuno‘zustidaishlashningboshlang‘ichpog‘on asibo‘lishimumkin.
Harbirekskursiyaxizmatiqaysiguruhgao‘tkazilishigaqarab,
birvaqtningo‘zidabirnechtafunksiyanibajaradi. Masalan, bolalar va yoshlar uchun bu ma’naviy dunyoqarashni kengaytirish funksiyasi; kasb tanlayotgan o‘smirlar uchun qiziqishlarni shakllantirish funksiyasi; xorijiy turistlar uchun axborot funksiyasini bajaradi.


    1. Ekskursiya xizmatiningxususiyatlari


Xususiyat deb, predmet va hodisalarni o‘zaro o‘xshashligi yoki bir-biridan farq qilishiga aytiladi, ya’ni shunday aniq xususiyatlarki, predmet, hodisa, madaniy-ma’rifiy ishlar shakli ularsiz mavjud bo‘lmaydi.
Ekskursiya xizmatining boshqa madaniy – ma’rifiy ishlar shakli kabi tashkiliy va uslubiy jihatdan o‘ziga xosligi mavjud. Ushbu xususiyatlar ekskursiya
xizmatini boshqa madaniy – ma’rifiy ishlar bilan o‘xshashligi yoki muayyan farqini ko‘rsatadi.
Ekskursiya xizmatining umumiy xususiyatlariga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  • davomiyligi (bir akademik soatdan (45 daqiqa) bir sutkagacha);

  • ekskursantlarning mavjudligi (guruh yoki yakka);

  • ekskursiya rahbari- gidning mavjudligi;

  • ko‘rgazmaliligi, tomoshabin qabul qilishi, ekskursiya ob’ektlarining mavjudligi;

  • guruh harakatlanadigan oldindan tuzilgan ekskursiya marshrutining mavjudligi;

  • ob’ektlar namoyishining maqsadliligi, aniq mavzuning mavjudligi;

  • guruhning faolligi (kuzatuv, o‘rganish, ob’ektlarni tadqiq qilish).

Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarning birortasi bo‘lmasa, jarayon ekskursiya hisoblanmaydi. Ekskursiya xizmati xususiyatlarining mazmuni uning mohiyatini to‘g‘ri talqin etish imkonini beradi. Ko‘rsatiladigan ob’ektlarning kengligi, ko‘prejali mavzu, ekskursiya xizmati uslubining puxtaligi, gidning mahorati ekskursiyada shaxsning shakllanishiga yordam beruvchi aniq funksiyani bajarishi imkonini beradi.
Har bir madaniy - ma’rifiy ishlar shakli o‘zining farq qiluvchi xususiyatlariga ega. Ekskursiya xizmatining asosiy xususiyati – yuqori darajadagi ko‘rgazmaliligidir. Ta’kidlash joizki, yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlar har bir ekskursiya xizmati uchun zaruriydir.



    1. Yüklə 3,72 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə