9
KIRISH
Bitim va kelishuvlar insonlararo muloqotning zaruriy instituti hisoblanadi.
Ularsiz o‘zaro muloqot mavjud bo‘lmaydi. Ular yordamida o‘zaro hamkorlikdagi
faoliyatlar kelishib olinadi, munozaralar hal qilinadi. Ularsiz qadimgi qabilalar ham
davlatlar ham ish yurita olmaganlar. Shuning uchun ham davlatlararo munosabatlar
huquqiy boshqarilishi kerak degan fikr shakllanmasidan ancha oldin davlatlararo
shartnomalar tuzish boshlanganligi tasodif emas. Shartnoma orqali qanchalik muhim
masalalar hal etilsa,
uning muvaffaqiyati ham, ahamiyati ham shunchalik muhim
hisoblanadi.
Shartnomalar globalizatsiya sharoitida mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etdi.
Davlatlar borgan sari bir-birlari bilan chambarchas bog‘lanib bormoqdalar. Hech bir
davlat boshqa davlatlar bilan rivojlantirilgan munosabatlar tizimisiz faoliyat olib
bormaydi. Xalqaro munosabatlarning bu murakkab tizimi shartnomalar va ular
asosida tuzilgan xalqaro tashkilotlar yordamida tartibga solinadi.
Xalqaro shartnomalar kompaniyalar uchun global yoki xalqaro bozorda
ishlashda o‘z xatarlarini cheklash uchun qo‘llaniladigan asosiy huquqiy vositadir.
Agar kompaniya o‘z mahsulotini yoki xizmatlarini jahon bozoriga chiqarishni
rejalashtirayotgan bo‘lsa, transport ekspeditorlari va savdo soliq agentlari kabi bir
nechta tomonlardan bitta yoki bir nechta shartnoma talab qilinadi.
Xalqaro aloqalarni mo‘tadil ravishda qo‘llab quvvatlashda shartnomalarning
ahamiyatidan
kelib chiqib, ularga rioya qilish yuqori darajadaligi bilan ajralib
turadi. Shartnomalarsiz xalqaro aloqalarning zamonaviy tizimi mavjud bo‘la olmas
edi. Shartnomalarga rioya qilmaslik, ularni bajarmaslik kabi alohida holatlar shuni
izohlaydiki, ularning tarkibi mavjud holatni alohida inobatga olmagan holda
tuzilgan. MDH mamlakatlari miqyosida shartnomaviy munosabatlar tajribasi
bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Hozirgi kunda shartnomalar davlatlarning o‘zaro hamkorligidagi
harakatlarining deyarli barcha ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan murakkab, ko‘pqirrali
global tizimni o‘zida mujassamlashtirgan.
Bu jihati bilan shartnomlar
davlatlarning huquqiy tizimidan yuqorilab o‘zib ketadi va yangidan yangi
muammolarni keltirib chiqaradi. Shartnomalarning tuzilish jarayoni bir maromda
o‘sib borishda davom etadi. Bularning barchasi xalqaro shartnomalarni
o‘rganishga dunyoning yangicha ko‘rinishi va ilm-fan taraqqiyotini hisobga olgan
holda alohida o‘zgacha ma’no beradi.
Taklif qilinayotgan yondashuv shartnomalarning o‘ziga hos xarakterli
belgilariga ishora qiladi. Xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi kelishuvlar ham
xalqaro shartnoma bo‘la oladi. Shartnomaning tub mohiyati - kelishib olayotgan
tomonlarning roziligi, kelishuv – nafaqat
shartnomani, balki oddiy xalqaro huquq
normalarining vujudga kelish usulidir. Bu normalarning orasidagi farq ularning
tuzish jarayoni va amal qilinishidir.
Kelishuvlar tomonlarning erkin xohish – istagi, roziligini o‘zida aks
ettiradi. Bu xohish-istaklar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir tomonlama (bir
tomonning xohishi bilan) o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shartnomalarda yuzaga chiquvchi xohish-istak, maqsadlar qotib qolmaydi
10
(doim yangidan-yangilari paydo bo‘ladi). Shartnomalarning tarkibi – ma’lum bir
darajada shartnoma matnini o‘zgarishsiz, ehtiyojdan kelib chiqib o‘zgartirilishi
mumkin. Biroq bu o‘zgartirishlar o‘zaro aniq yozilgan yoki og‘zaki holda kelishib
olingan bo‘lishi lozim.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada xalqaro shartnomalar va ularning iqtisodiyotdagi
o‘rni, shartnomalar va ularning mohiyati, xalqaro
shartnomalarni tasniflash,
ularning shakli, tuzilishi va nomi, kuchga kirishi, bekor qilinishi, to‘xtalishi va
shartnomaning ijrosini ta’minlash usullari, xalqaro shartnomalar tuzishda
muzokaralar, xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomasi, tashqi iqtisodiy shartnomalar
bo‘yicha
hisob-kitoblar, xalqaro moliyaviy lizing shartnomasi, xalqaro savdoda
sug‘urta, tashqi iqtisodiy bitimlarni xalqaro nazorati, O‘zbekiston iqtisodiyotida
shartnomalarning roli va shu kabi masalalar o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari, amaliyotchi mutaxassislar yordamida O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalar borasidagi tajribasi va ularning xalqaro
munosabatlarda o‘ziga xos o‘rniga egaligi
masalalari yoritib berilgan
1
.
O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xo‘jalik
subyektlarining milliy va xalqaro darajada o‘z faoliyatini amalga oshirishning eng
oddiy mexanizmlarini yaratishga qaratilgan. Korxonalar faoliyatini turli bitimlar
imzolashdagi xatolarni kamaytirgan holda zamonaviy talablar asosida yuritish
zaruriyati ushbu jarayonning natijasi va savdo sohasidagi eng muhim va murakkab
masala hisoblanib, “Xalqaro bitim va kelishuvlar” fanini o‘qitish zaruriyatini
belgilaydi.
Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi – xalqaro oldi-sotdi
shartnomalari sohasida
me’yoriy-huquqiy hujjatlar amaliyoti va mazmunidan kelib chiquvchi shartnomalarni
imzolash qoidalarini o‘rganishdir. Fanni o‘qitishning asosiy vazifalari xalqaro
shartnomalar va ularning iqtisodiyotdagi roli, shartnomalar va ularning mohiyati,
tashqi iqtisodiy bitimlarni xalqaro tartibga solish, tovarlarni yetkazib berish shartlari
va tartibi, tashqi iqtisodiy shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yuklarni xalqaro
tashish shartnomalari kabi masalalarni o‘rganishdan iborat.
“Xalqaro bitim va kelishuvlar” fani o‘quv rejasidagi
bir qator fanlar bilan
bog‘langan. Ular jumlasiga “Xalqaro savdoni rivojlanish tendensiyalari” hamda
“Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kabi fanlarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: