11
I bob. XALQARO SHARTNOMALAR VA ULARNING
IQTISODIYOTDAGI O‘RNI
1.1.Fanni o‘qitish zaruriyati va maqsadi
1.2.Tashqi iqtisodiy bitimlar tushunchasi, mazmuni va
belgilari
1.3.Tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish shakli va tartibi
1.4.Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari
1.5.Tashqi savdo shartnomalarining asosiy turlari
1.1. Fanni o‘qitish zaruriyati va maqsadi
Har qanday mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati umumiqtisodiy siyosatining
tashkiliy qismi bo‘lib hisoblanadi. Davlat hamda ho‘jalik
subyektlari
daromadlarining o‘sishiga, savdo va raqobatbardoshlikni ko‘tarishga, qat’iy iqtisodiy
barqarorlikka va kapitalni takror ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan, turli
iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi.
Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarning ma’lum bir darajada shartnomalarsiz
boshqariluvchi biror bir sohasini topish qiyin. Shartnomalar siyosiy va harbiy
hamkorlikni, iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni, ilm-fan, texnika,
madaniyat,
atrof-muhitni himoya qilish va boshqa doiralardagi hamkorlikni amalga oshiradi.
Shartnomalar asosida xalqaro tashkilotlar tuziladi va faoliyat olib boradi.
Shartnomalar davlatning milliy tizimini tartibga solinishida ham muhim
ahamiyatiga ega.
Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida
O‘zbekiston
Respublikasi
iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bundagi ijobiy holatlarga
tadbirkorlarimizning faol ishtiroki va mamlakatimiz savdo aylanmasining o‘sishini,
shuningdek eksport-import operatsiyalarining jadal borayotganligini misol qilib
olishimiz mumkin. Iqtisodiyotning barqarorlashib
borishi bilan hozirgi kunda
ko‘pgina yuridik shaxslarga xalqaro savdo shartnomalarini tuzishlariga sharoit
yaratilmoqda.
Xalqaro shartnomalarning asosiy qismini oldi-sotdi shartnomalari tashkil
etmoqda. Shuni aytish joizki, sobiq
Sovet tuzimining yemirilishi, tashkilot va
korxonalararo shartnomalarning ichki xo‘jalik shartnomalari toifasidan tashqi
iqtisodiy shartnomalar toifasiga ko‘tarishga olib keldi. Ta’kidlash lozimki, bunday
shartnomalarning soni tobora ortib borishi bilan ularning
sifati yanada mustaxkam
bo‘lishi talab etilmoqda.
Xalqaro bitim va kelishuvlar
fanining asosiy maqsadi, mamlakatlararo savdo-
iqtisodiy munosabatlarning yanada rivojlanib borishi sharoitlarida xalqaro
oldi-sotdi
shartnomalarining tuzilishi tartib-qoidalari, shart-sharoitlari, takomillashtirish
yo‘llarini o‘rganishdir. Bunda eksportchining o‘z majburiyatlarini to‘sqinliklarsiz, o‘z
vaqtida bajarishi hamda yetkazib bergan tovari uchun pul to‘lovining
kafolatlanganligini bilishi, importchining tovarni o‘z
vaqtida kelishilgan joyga
beshikast yetkazilishining kafolatlanganligini hisobga olish muhimdir. Shuningdek,
12
fanining maqsadi tashqi savdosi kengayib borayotgan O‘zbekistonning tadbirkorlari
shartnomalarni tuzishlarida, e’tiborlarini qaratishlari kerak bo‘lgan eng muhim
masalalarni o‘ganishdan iboratdir.
Xalqaro bitim va kelishuvlar fanining asosi
tashqi iqtisodiy shartnomalarni
tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha zamonaviy munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro
tijorat amaliyotida tovarlarni oldi-sotdi kelishuvining moddiy shakli
Dostları ilə paylaş: