O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135
KITOB

shartnoma
deyiladi. Oldi-sotdi shartnomasi o‘zi bilan tijorat hujjatini ifoda etib, tashqi savdo 
bitimini rasmiylashtiradi. Unda tomonlarning tovarni yetkazib berishi to‘g‘risidagi 
yozma kelishuvi aks etadi: ya’ni sotuvchining tovarni yetkazib berish majburiyati, 
tovar yetkazilgandan keyin sotib oluvchining zimmasiga o‘tishi va pulni to‘lab berish 
majburiyati aks etadi. Boshqacha qilib aytganda, tomonlarning bitim shartlarini 
bajarishi majburiyatlarini ifoda etiladi. 
Tashqi savdo shartnomasidagi tomonlarning majburiyatlarini bajarilishi 
BMTning tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqidagi Konvensiyasida 
unifikatsiyalashtirilgandir. 
Shartnomalar boshqa bir qator global muammolarning yyechimiga bog‘liq 
bo‘lgan, zamonning muhim muammosi – xalqaro tizim boshqaruvining jadal
rivojlanib borishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yyechimida zaruriy vosita 
hisoblanadi. 
Xalqaro shartnoma xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni 
aniqlashning oddiy, keng tarqalgan va turli xil munosabatlarni tartibga soladigan 
yuridik shakli hisoblanadi. 
Xalqaro shartnoma – xalqaro huquqning bir, ikki yoki bir qancha 
subyektlari o‘rtasida o‘zaro huquq va majburiyatlarini yaratish yo‘li bilan aniq 
ifodalangan, nomlanishidan qat’i nazar, xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan 
bitimlardir. 
Mazkur ta’rif deyarli barcha milliy va xorijiy Xalqaro ommaviy huquq 
darsliklarida o‘z aksini topgan. 
1969 yildagi Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi
hamda 1986 yildagi Davlatlar va xalqaro tashkilotlar yoki xalqaro tashkilotlar
o‘rtasidagi shartnomalar huquqi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasida “Shartnoma”
atamasiga ta’rif berilgan bo‘lib, birinchisida faqatgina davlatlararo yozma tarzda
tuzilgan kelishuvlar tushunilishini e’tirof etgan bo‘lsa (2- modda), ikkinchi
konvensiyada bu atama asnosida xalqaro tashkilotlar ishtirokidagi kelishuvlarni
ham tushunilishini (2-modda) ta’kidlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi”
Qonunining 3 – moddasiga mufovuq quyidagicha tar’if berilgan:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi - respublikaning bir yoki
bir necha davlat, xalqaro tashkilot yoxud xalqaro huquqning boshqa subyektlari
bilan xalqaro munosabatlar sohasidagi huquq va majburiyatlariga doir teng 
huquqli va ixtiyoriy kelishuvidir”. 
Shartnomaning mohiyati – tomonlarning kelishuvidadir. Ma’lumki, kelishuv-
xalqaro huquq normalarini tuzishning yagona usuli hisoblanib, u nafaqat
shartnomaviy normalarini balki odat normalarini ham yaratadi. Ushbu normalar


13 
o‘rtasidagi farqni yaratilish jarayoni, shuningdek, mavjud bo‘lish shaklida 
ko‘rishimiz mumkin.
Mazkur ta’rifda shartnomalarning og‘zaki shaklida so‘z ketmasa ham, 
davlatlar yoki xalqaro huquqning boshqa subyektlari 1969 va 1986 yilgi Vena
konvensiyalarda belgilangan qoidalarni o‘zaro kelishuvga ko‘ra og‘zaki shaklda 
amalga oshirishlari ham mumkin
2

Harakati xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan shartnomalargina xalqaro 
shartnomalar hisoblanishi mumkin. Davlatlar o‘rtasida tuzilgan har qanday
shartnoma ham xalqaro shartnoma hisoblanmasligi fakti shartnomalar bo‘yicha
Xalqaro huquq Komissiyasining birinchi ma’ruzachisi J. Braerli tomonidan 
ta’kidlangan: “Xalqaro shartnoma tuzish layoqatiga ega bo‘lgan tuzilmalar
tomonidan tuzilgan har qanday shartnoma ham xalqaro shartnoma bo‘lavermaydi”
3
.
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy prinsiplariga mos bo‘lishi
lozim, xususan, tenglik va aralashmaslik prinsipiga. Xalqaro shartnoma, uni
tuzgan tomonlarning ixtiyoriy roziligi natijasidir. Bir tomonning kuch ishlatishi
yoki tahdidi bilan tuzilgan shartnoma haqiqiy hisoblanmaydi. 
So‘nggi yillarda “xalqaro shartnomalarga taalluqli bo‘lmagan xalqaro hujjatlar”
deb atalmish nohuquqiy bitimlar keng tarqaldi. Masalan, Yevropada xavfsizlik
va hamkorlik tashkilotining hujjatlari yoki ikki tomonlama memorandumlar
bunday turdagi bitimlarning ahamiyatidandarak beradi. O‘zbekiston Respublikasi
va Evropa Ittifoqi o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro
anglavush memorandumida (Brussel, 2011- yil 24- yanvar, imzolangan sanadan 
kuchga kirgan) aytilganki, “ushbu hujjatning qoidalari faqat siyosiy maqsadlarni
ko‘zlaydi va tomonlarning o‘z zimmalariga qandaydir majburiyatlar olishga
majburlamaydi”. Boshqa so‘z bilan aytganda, memorandum xalqaro bitim
hisoblanmaydi. Shu bilan birga bunday turdagi halqaro hujjatlarning kuchga
kirishi uchun zarur huquqiy tartibotlardan o‘tgan misollar ham bor. Masalan, 
O‘zbekistan Respublikasi Oliy Majlisining 1997- yil 30- avgustdagi 507-I va 508-I-
son qarorlari bilan quyidagi xalqaro hujjatlar ma’qullangan (ratifikatsiyaga 
tenglashtirilgan): 
-Sud hokimiyati mustaqilligining asosiy prinsiplari (Birlashgan Millatlar
Tashkiloti Jinoyatchilikni oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo‘lish
ettinchi kongressi tomonidan qabul qilingan. Milan, 1985- yil 26- avgust – 6- 
sentyabr. BMT Bosh Assambleyasining 1985- yil 29- noyabrdagi 40/32 va 
1985- yil 13- dekabrdagi 40/146-son rezalyutsiyalari bilan maqullangan); 
-Mansabdor shaxslarning huquq-tartibotni saqlash yuzasidan axloq kodeksi 
(BMT Bosh Assambleyasining 1979- yil 17- dekabrdagi 34/169 -son rezalyutsiyasi 
bilan qabul qilingan); 
Shunday qilib, ko‘rsatilgan halqaro hujjatlar Oliy Majlis tomonidan 
ma’qullangan keyin O‘zbekiston xalqaro shartnomaning ajralmas qismiga aylandi
4

2
Robert Kolb. The Law of Treaties (An Introduction). - Cheltenham, UK; Northampton, MA, USA: Edwarb
Elgar Publishing, 2016. – P.22.; Anthony Aust. Modern treaty law and practice. - Cambridge, United Kingdom: 
Cambridge University Press, 2000. – P.14. 
3
Yearbook of the ILC. 1950. Vol. II. P. 227. 
4
Рашидов К.К. Ўзбекистон Республикаси халқаро шартномаларининг тузилиши, бажарилиши ва бекор 


14 
Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning asosiy manbalaridan birihisoblanadi.
Bu esa, BMT Ustavi va Xalqaro Sud Statutida o‘z tasdig‘ini topgan. Xalqaro 
shartnomalar BMT Ustavida belgilangan maqsadlariga mos kelishi va unga javob 
bera olishi lozim. Jumladan, 
-xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash va shu maqsadda tinchlikka 
tahdidning oldini olish va uni bartaraf etish va tajovuz harakatlari yoki 
tinchlikka raxna soluvchi boshqa harakatlarni bostirish uchun birgalikda samarali
choralar ko‘rish xamda adolat va xalqaro huquq prinsiplariga asoslangan holda 
tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib keluvchi xalqaro nizo 
yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish; 
-xalqlarning teng huquqliligi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi prinsipini
hurmat qilish asosida millatlar o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirish 
hamda yalpi tinchlikni mustahkamlash uchun boshqa tegishli choralarni ko‘rish; 
-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro 
muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili
va dinidan qat’i nazar asosiy erkinliklariga hurmatni rag‘batlantirish va 
rivojlantirishda xalqaro hamkorlikni amalga oshirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə