O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135
KITOB

1.4. Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari
Fuqarolik huquqiy shartnomalari asosan mulkiy munosabatlarni rasmiylashtirish 
uchun tuziladi. Сhunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari, kinosstenariylar va 
boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir. 
Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va burchlarigina, chunonchi, 
mualliflik xaqi to‘g‘risidagi shartlarni, muddatlarni buzganlik uchun javobgarlik 
belgilamay, balki nomulkiy huquqlarni ham ko‘rsatadi. Masalan, muallif o‘z 
asarining nomini ko‘rsatib yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga o‘zgartirish 
kiritishga ruxsat berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi. 
Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari: 
1) Oldi-sotdi shartnomasi
2) Mol-mulk yollash shartnomasi; 
3) Litsenziya beruvchi-huquqlaridan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi; 
4) Saqlash shartnomasi; 
5) Komissiya shartnomasi; 
6) Yuk tashish shartnomasi; 
7) Topshiriq shartnomasi
8) Transport ekspedistiyasi shartnomasi; 
9) Sug‘urta shartnomasi; 
10) Kredit shartnomasi; 
5
Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirigi zamon xalqaro huquqi nazariyasi asoslari: Darslik. – Toshkent: «Adolat», 2006. – 
154-b. 


18 
11) Sovg‘a shartnomasi; 
12) Topshiriq berish shartnomasi; 
Fuqarolik huquqi bo‘yicha shartnomalar shartnomada ishtirok etayotgan taraflar 
o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarning o‘zaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama 
va ikki tomonlamaga bo‘linadi. 
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning biriga faqat huquq 
berilib, ikkinchi tarafga esa, faqat majburiyat belgilanadi. Masalan, qarz 
shartnomasida qarzdor olgan pul summasini talab qilish huquqiga ega. Ikki 
tomonlama shartnomada esa xar ikki taraf ham huquq va majburiyatga ega bo‘ladi. 
Bunday shartnomaga olidi-sotdi shartnomasini misol qilib keltirish mumkin. Bu 
shartnoma bo‘yicha sotuvchi sotilgan ashyoning bahosini talab qilish huquqiga ega 
bo‘lib, sotilgan ashyoni oluvchiga topshirishga majbur. Oluvchi esa – olayotgan 
ashyoning bahosini to‘lashi zarur bo‘lib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga 
haqli. 
Xalqaro shartnomalar yana quyidagi turlarga bo‘linadi: 
1) Umumiy ko‘rinishdagi shartnomalar- ukki davlat o‘rtasidagi diplomatik 
aloqalarni o‘rnatishda qo‘llaniladigan shartnomalar. 
2) Maxsus shartnomalar- bir necha davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni 
o‘rnatishda qo‘llaniladigan: 
a) savdo shartnomalari; 
b)soliq shartnomalari; 
v)investitsiyalarni himoyalash to‘g‘risidagi – kapital qo‘yilmalar va 
sug‘urtalashga doir shartnomalari. 
K. Smittgoff tashqi savdo bitimlarini shartli ravishda 2 ta guruhga bo‘ladi:
«Xalqaro oldi-sotdi kelishuviga asoslangan bitimlar predmeti xorijda xizmat 
ko‘rsatish bitimlari deyiladi. Masalan, boshqa mamlakatlarda obyektlarni qurish va 
boshqalar».
Тashqi-iqtisodiy, tashqi-savdo bitimlarini o‘rganishga o‘tishdan oldin, ularning 
o‘zi nima ekanligini belgilab olish kerak. Bu yerda turli xil nuqtai nazarlar mavjud 
bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasiqonunchiligiga asosan, bu teng huquqli harakat
hisoblanadi. Qonunga ko‘ra bitim deb yuridik va jismoniy shaxslarning fuqarolik 
huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan 
harakati tan olinadi. Bitimlar bir tomonlama, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama 
bo‘ladi. «Shunday bo‘lsada, tashqi savdo bitimlariga haqiqiy tushunchani 
qonunchilik bermaydi». Turli olimlar tashqi savdo bitimlariga turlicha yondashadilar. 
Bunda ko‘proq «xorijiy element» (ya’ni chet el yuridik va jismoniy shaxslar) va 
tijorat (savdo) harakteri nazarda tutiladi.
 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə