20
o‘zgartirilgan akseptga javob berishga majbur emas.
Konvensiyaning 19-moddasi, akseptga qo‘shimcha yondashuvlavrni o‘zida
namayon etgan: "Ofertaga o‘zida qo‘shimcha
chegaralashlar va boshqa
o‘zgartirishlarni aks ettirgan aksept, ofertaga rad etuvchi javobdir va u o‘zi bilan
qarshi ofertani namayon etadi".
Agarda
aksept kech kelsa, unda nima bo‘ladi degan savol ham tug‘ilishi
mumkin. Vena Konvensiyasi avvalambor, akseptning muddati tugashini ham
tartibga solib turadi. Masalan, Konvensiyaning 20-moddasiga asosan,
aksept
uchun muddatning tugashi, oferentning telegramma yuborgan kunidan yoki
xatning sanasidan hisoblanadi. Agar bunday sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa,
konvertdagi sanadan boshlanadi. Ofertaning muddati
adresat qabul qilgan
paytdan boshlab, oferent tomonidan telefon, teletayp va boshqa aloqalar
orqali o‘rnatilishi mumkin.
Bundan tashqari, bu muddatga ish bo‘lmagan
kunlar, bayram kunlari ham kiradi. Faqatgina, xabar bayram kuni yoki dam
olish kuni deb bir kunga kachiktirilib qolsagina, u qabul qilinadi.
Konvensiyaning 24-moddasiga ko‘ra esa,
oferta yoki aksept qabul
qilinganligi to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar qilinsa, qabul qilingan
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: