O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Shartnomaning qo‘shimcha va boshqa shartlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135
KITOB

Shartnomaning qo‘shimcha va boshqa shartlari. 
Shartnomaning qo‘shimcha 
shartlariga quyidagilar kiradi:
 
1. Tovarning sifati (shartnomaning predmetida ko‘rsatilgan tovarni rasshifrovka 
qiluvchi va detallashtiruvchi sifatlari)
2. Tovarlarni yetkazib berish va qabul qilish; 
3. Transport shartlari; 
4. Sug‘urtalash; 
5. Yuklash hujjatlari; 
6. O‘rash va markirovkalash; 
7. Fors-major holatlar
8. Arbitraj; 
9. Boshqa shartlar. 
Fors-major holatlar
 
(Yengib bo‘lmas kuchlar holati) shartnomalarda aniq aks 
ettirilishi lozim.
 
Shartnomani bajarilishi mobaynida shunday holatlar yuz berishi mumkinki, 
ularni shartnomani tuzayotgan paytda oldindan bilib bo‘lmaydi, ular misli 
ko‘rilmagan vaqtda yuz berib, favqulotda namayon bo‘ladi. Bunday holatlar fors-
major holatlar deb yuritiladi. Bunday holatlarga odatda yong‘inlar, suv toshqinlari, 
yer qimirlashi, epidemiya, avariya va boshqa shu kabilar kiradi. Bu holatlar yuz 
bergan vaqtda shartnomani shartlarini bajarilishi butunlay to‘xtatiladi va ushbu 
holatning tugashigacha yoki asoratlarining yo‘qotishgacha davom etishi mumkin. 
Turli ziddiyatlardan qochish maqsadida qanday holatlar fors-major holatlarga 
kirishini shartnomada sanab o‘tadilar. Shartnomada qaysi tomonda fors-major holati 
yuzaga kelgan bo‘lsa, shu tomon majburiyatlarni bajarishga imkon bo‘lmayotgani
haqida belgilangan muddat (odatda 3-5 kun) ichida xabardor qilishi kerakligi 
ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Shuningdek xalqaro savdo palatadarida qabul qilingan, 
ushbu holat yuz berganini tasdiqlovchi hujjatni ikkinchi tomonga taqdim etishi zarur. 
Bunday holatlar juda uzoq muddat cho‘zilishi ham mumkinligi sababli, kontragentlar 
bunday holatlar yuz bergan taqdirda, ma’lum bir muddatdan keyin shartnomani bekor 


30 
qilishlari mumkinligi haqida ham o‘zaro kelishishlari zarur. Lekin bu borada ular bir-
birlaridan hech qanday tovon to‘lashni yoki yetkazilgan zararlarni talab qilmasliklari 
kerakligi ham aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Chunki, ayrim vaqtda, importyorlar 
eksportyorning mamlakatida fors-major holatlar yuz berganda, oldindan to‘lagan 
tolovlarini qaytarib berishni talab qiladilar.
Bunday zaruriy va qo‘shimcha shartlarga bo‘lishdan asosiy maqsad, agar bir 
tomon zaruriy shartlarning birortasini bajarmasa, u holda ikkinchi tomon shartnomani 
bekor qilib, birinchi tomondan yetkazilgan zararlarni qoplab berishini talab qilishi 
mumkin. Albatta, shartnomada ishtirok etayotgan tomonlar yuqorida qayd etilgan 
bo‘limlardan tashqari, yana boshqa qo‘shimcha bo‘limlarni qo‘shishlari mumkin. 
Shartnomaning mazmunini unda qo‘yilgan shartlar tashkil etadi va bu shartlar 
oldindan sotuvchi va sotib oluvchi tomonidan taxminiy kelishiladi.
Shartnomaning boshqa shartlari.
Shartnomada ko‘rsatilgan asosiy shartlardan tashqari tomonlar o‘zlarining 
xoxishlari va roziliklariga qarab, boshqa qo‘shimcha shartlarni ham kiritishlari 
mumkin. Masalan, bunda tovarning sinov jarayoniga, unga bo‘lgan texnik hujjatlarni 
rasmiylashtirish tartibiga doir shartlar, tomonlarning roziligisiz, huquq va 
majburiyatlarning uchinchi tomonga o‘tishi mumkin emasligi, shartnomaga 
qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tartibiga doir, tomonlarning yuridik adreslari va 
shu kabi shartlarni kiritilishini misol qilib olishimiz mumkin. Bazi qurilish va montaj 
ishlariga doir shartnomalar uchun huquq va majburiyatlar shartnomaning ichida yoki 
unga spetsifikatsiya tuzilib aks ettirilishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə