O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135
KITOB

Penya 
– 
qarzdor, muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lov miqdoriga nisbatan har bir 
o‘tkazib yuborilgan kun uchun yoki boshqa davr uchun foiz ko‘rinishida, qarz 
beruvchiga to‘lash majburiyatini olgan, shartnomada belgilangan, ma’lum pul 
miqdoridir
 
Jarima to‘rt xil turda bo‘ladi. Qonunda yoki shartnomada jarimaning quyidagi 
turlari qayd etilgan bo‘lishi mumkin:
1)Hisobga olinadigan jarima.
Umumiy qoidaga ko‘ra, agar shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, zarar jarima 
solinmagan qismdan qoplanadi.
TOVON TO‘LASH=JARIMA (ZARAR – JARIMA) 
2)Yagona jarima – 
bunda jarima undiriladi, zarar qoplanmaydi.
 
Yagona jarimani «avvaldan belgilangan zarar» toifasiga kiritish mumkin, bu 
holda, tomonlar oldindan, majburiyatlarni bajarmaslik yoki zarur darajada 
bajarilmaganligi bois yetkazilgan zararni qoplash miqdori haqida kelishib oladilar.
Bunda qarz beruvchi qarzdor tomonidan majburiyatlar bajarlmagani faktini isbotlab 
berishi zarur. Zarar yetkazilgani va uning miqdorini isbotlab berishga zaruriyat yo‘q:
TOVON TO‘LASH=JARIMA
 
3)Jarima – 
bunda jarima va undan tashqaridagi zarar qoplanadi:
TOVON TO‘LASH=JARIMA+ZARAR
 
4)Muqobil jarima – 
qarz beruvchi xoxishiga ko‘ra, yoki jarima undirildai, yoki 
zarar qoplanadi:
TOVON TO‘LASH=JARIMA YOKI ZARAR 
Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan eng qulaylari bu 
shtraf va yagona jarimadir.
Jarimani to‘lash qarzdorni o‘z majburiyatini bajarishdan ozod etmaydi.
Undan tashqari, tomonlar kelishuvida belgilangan jarimani undirishga oid 
davoni ko‘rib chiqish jarayonida, arbitraj sudi shartnomaning mazkur qismdagi 
shartlarini teksirib chiqadi.


42 
Jarima haqidagi kelishuv yozma ravishda rasmiylashtirilgan bo‘lishi kerak. 
Jarima haqidagi kelishuvni yozma tarzda shakllantirmaslik jarima haqidagi 
kelishuvning haqiqiy emasligiga olib keladi. Odatda bunday kelishuv shartnomaning 
bir bandi sifatida rasmiylashtiriladi va shartnomaning «Tomonlarning javobgarligi» 
bo‘limiga kiritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə