O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Majburiyatlar ijrosini taminlash usullari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135
KITOB

 
2.6. Majburiyatlar ijrosini taminlash usullari 
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida 
qarzdorga mulkiy ta’sir o‘tkazishning qo‘shimcha choralarini ko‘rsatishi mumkin. 
Ular qarzdorni o‘z majburiyatlarini bajarishga undaydi hamda, qarzdor shartnoma 
bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada 
bajarmasa, qarz beruvchi manfa’tlarini qoniqtiradi.
Qarz 
beruvchi
– 
shartnomaning bir 
ishtirokchisidan 
(qarzdordan)
majburiyatlar bajarilishini talab etish huquqiga ega shartnomaning boshqa 
ishtirokchisi.
 

Qarzdor 
– 
shartnomaning ishtirokchisi (qarz beruvchi) tomonidan talab etilgan 
majburiyatlarni bajarishi lozim bo‘lgan boshqa ishtirokchi.
Amaldagi qonunchilikda majburiyatlarni bajarishning to‘rtta usuli mavjud:
1. Jarima
 
2. Kafillik (kafolat) 
3. Garovga qo‘yish
4. Bo‘nak 


41 
Neustoyka
-ikki tomondan birining shartnomadagi biror majburiyatni vaqtida 
bajarmaganligi uchun olinadigan jarima.
 
Undan tashqari, xorijda majburiyatlarni bajarish uchun mulkka huquqni zaxiraga 
olib qo‘yish usulidan keng foydalaniladi. Majburiyatlar bajarilishini akkreditiv, 
sug‘urta bitimlar, valyutaga oid qo‘shimchalar kabi huquqiy shakllar ham 
ta’minlaydi. Huquq ularni majburiyatlarni bajartirish usullariga kiritmasa ham, ular 
shartnoma bajarilishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Jarima. 
Bu - qonunda yoki shartnomada belgilab qo‘yilgan pul miqdoridir
qarzdor o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada bajara 
olmasa, jumladan, shartnoma shartlarini vaqtida bajarmasa, mazkur mablag‘ni
muqobil tomonga to‘lashga majburdir. Jarima turlari sifatida penya va shtrafni 
ko‘rsatish mumkin.
Shtraf – 
qarzdor, oldindan belgilangan miqdorda yoxud qarz miqdori yoki
bajarilishi lozim bo‘lgan butun predmetga (shartnoma bahosiga) nisbatan foiz 
ko‘rinishida, qarz beruvchiga to‘lash majburiyatini olgan, shartnomada belgilangan, 
ma’lum pul miqdoridir.


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə