O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135
KITOB

14-modda.
Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 


50 
shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar. 
Muzokaralar 
olib 
borish 
va 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa 
qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa: 
1) O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan – 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan; 
2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga 
nisbatan – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan; 
3) O‘zbekiston Respublikasining idoralararo xalqaro shartnomalariga nisbatan – 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu 
shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston 
Respublikasi davlat organlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi. 
15-modda.
Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
shartnomalarini imzolash uchun vakolat yorlig‘i. 
Ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq qabul qilingan qarorlar asosida 
muzokaralar o‘tkazish va xalqaro shartnomalarni imzolash uchun vakolatlar 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan vakolat yorlig‘i 
rasmiylashtirish orqali tasdiqlanadi. 
Vakolat yorlig‘ining shakli O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 
tomonidan tasdiqlanadi. 
16-modda.
Vakolatlarni tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash. 
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti xalqaro munosabatlarda davlat rahbari 
sifatida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi hamda xalqaro huquq va 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan 
muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini 
imzolaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlarini tasdiqlamasdan xalqaro 
munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, 
muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro 
shartnomalarni imzolaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘z funksiyalari xususiyatiga 
ko‘ra va xalqaro huquqqa muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib 
borish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga 
haqli. 
Chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining boshlig‘i 
yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi 
vakolatxonasining boshlig‘i qabul qiluvchi davlat bilan O‘zbekiston Respublikasining 
xalqaro shartnomasi matnini qabul qilish maqsadida yoki shu xalqaro tashkilot
konferensiya doirasida vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borishga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat organining rahbari o‘z vakolati doirasida 
vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va idoralararo xalqaro 
shartnomalarni imzolashga haqli
8

8
http://lex.uz, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami 


51 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə