47
Neustoyka-ikki tomondan birining shartnomadagi biror majburiyatni vaqtida
bajarmaganligi uchun olinadigan jarima. Undan tashqari,
xorijda majburiyatlarni
bajarish uchun mulkka huquqni zaxiraga olib qo‘yish usulidan keng foydalaniladi.
Kafillik (kafolat) shartnomasi qarz beruvchi va kafil bo‘lgan shaxs o‘rtasida
tuziladi. Kafillik (kafolat) tufayli kafil bo‘layotgan shaxs boshqa shaxsning
(qarzdorning) majburiyatlarni to‘la yoki ishman bajarishi uchun javobgarlikni o‘z
zimmasiga oladi. qarzdorning mablag‘i (faqatgina pul mablag‘i emas, balki boshqa
mulki ham) etmagan holda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada kafil
bo‘layotgan shaxsning va qarzdorning birgalikdagi javobgarligi (birgalikda kafil
bo‘lish) nazarda tutilmagan bo‘lsa, kafil bo‘layotgan shaxs
qarzdor majburiyatlari
bo‘yicha qarz beruvchi oldida shubsidi Har (qo‘shimcha) javobgarlikni o‘z
zimmasiga oladi.
Garov tufayli, qarz beruvchi, garov bilan ta’minlangan majburiyatini bajarmasa,
boshqa qarz beruvchilarga nisbatan garovga qo‘yilgan mulk bahosidan olinishi
mumkin. Garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi«garov to‘g‘rishida»gi
qonuni bilan tartibga solinadi.
Mulkchilik huquqini zaxiralashda zaruriy shartlardan birlari, bu yetkazib
berishning bazis shartlari va to‘lov shartlaridir. Chunki
ular bitimning eng katta
qismini bajaradilar. Masalan, narx-navo darajasi, transportirovka masalasi, sxema va
hisob-kitob tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, chunki undagi yo‘l qo‘yilgan
xato va kamchiliklar shartnomani bajarilishini qiyinlashtiradi.
Zararlarni hisoblash uslubi, majburiyatlarni bajarishdagi kechiktirishlar yoki
kafolatlangan tovar harakteristikasidagi farqlarga qarab
shartnoma tuzayotganda
tomonlar o‘zaro kelishadi.
Dostları ilə paylaş: