43
bo‘ladi - kafil shaxsning qarz beruvchiga yuborilgan
kafolat xati qarz beruvchi
tomonidan qabul qilib olinadi va u yozma ravishda ( xat, telegramma,
telefonogrhamma yordamida) kafil shaxsga kafolat xatini olganligi haqida xabar
beradi.
Agar, qarz beruvchi kafil shaxsga kafolat xatini olganligi haqida xabar bermasa,
Arbitraj sudi kafillik (kafolat) berayotgan shartnoma matnidan foydalanadi. Agar
qarz beruvchi va kafil shaxs o‘rtasidagi shartnomada mazkur kafolat xatiga ishora
mavjud bo‘lsa, unda kafil shaxs va qarz beruvchi o‘rtasida kafillikka (kafolatga)
nisbatan tegishli shartnomaviy munosabatlar o‘rnatqilgan hisoblanadi. Kafolat xatiga
ishora mavjud bo‘lmasa, qarz beruvchi va kafil shaxs o‘rtasida shartnomaviy
munosabatlar o‘rnatilganligini tasdiqlovchi asos mavjud bo‘lmaydi, tomonlar
o‘rtasidagi kafillik (kafolat) shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
Kafillik (kafolat) kafil shaxs tomonidan qarz beruvchi va qarzdor o‘rtasida
tuzilgan shartnomaga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin,
uning majburiyatlar kafil shaxs tomonidan ta’minlanadi.
Kafillik (kafolat) shartnomasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
aniq
qaysi shartnoma, qaysi muddatga majburiyatga ega va qanday pul miqdoriga
kafolatlanadi. Aks holda, kafillik shartnomasi haqiqiy deb hisoblanmasligi mumkin.
Garov.
Garov tufayli, qarz beruvchi, garov bilan ta’minlangan majburiyat
bajarilmasa, boshqa qarz beruvchilarga nisbatan garovga qo‘yilgan mulk bahosidan
olinishi mumkin. Garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi1998 yil 1 maydagi
№14-1 sonli «garov to‘g‘rishida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Agar boshqa narsa
nazarda tutilmagan bo‘lsa, arbitraj yoki sud qarori bilan, qarz beruvchining talablari
garovga qo‘yilgan mulk bahosidan undiriladi. garov
predmeti sifatida buyumlar,
korxonaning qimmatli qog‘ozlari, mulkiy huquqlari, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, garovga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan
ixtiyoriy mulk qabul qilinadi.
Shartnomada yoki qonun hujjatlarida garovga qo‘yilgan mulk, garovga mulk
qo‘yyuvchi ixtiyorida qolishi yoxud garovga qo‘yilgan mulk garov oluvchiga
topshirilishi nazarda tutilishi mumkin.
Umumiy birgalikdagi mulk, faqat boshqa mulkdorlar roziligi bilan garovga
qo‘yilishi mumkin.
Garov haqidagi shartnoma yozma ravishda tuzilishi kerak.
Garov haqidagi
shartnomada garov turini, garov bilan ta’minlangan talab mazmunini, uning
miqdorini, majburiyatlarni bajarish muddatini, garovga qo‘yilgan mulkning tarkibi va
bahosini belgilovchi shartlar, shuningdek, boshqa shartlar bo‘lishi shart.
Garov haqidagi shart garov bilan ta’minlangan majburiyat paydo bo‘layotgan
shartnomaga kiritilishi yoki boshqa aloxida hujjat sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.
Garovga mulk qo‘yuvchilar
–
tadbirkorlik faoliyati subyektlari
–
quyidagilarga
majburdirlar:
– garovlarni qayd etish kitobini to‘ldirishi;
– garov yuzaga kelganidan keyin 10 kun o‘tgunga qadar kitobga, o‘z ichiga,
garov turi va predmetiga oid ma’lumotlar hamda garov ta’minlayotgan majburiyat
miqdori haqida ma’lumotlarni olgan qaydni kiritish;
44
– ixtiyoriy manfa’tdor shaxsga kitobni taqdim etish.
Garovga mulk qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqini
saqlab qoladi, agar qonun va shartnomada aksi qayd etilmagan bo‘lsa. Bunda,
faqatgina qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajara olmasagina, mulk
garov ushlab turuvchiga o‘tadi.
Agar garov predmeti bo‘lib avval garovga qo‘yilib bo‘lgan mulk xizmat ilsa, u
boshqa bir majburiyatning bajarilishini ta’minlasha,
avvalga garovga olib
turuvchining huquqlariini to‘laligicha saqlanib qoladi. Keyingi garovga olib
turuvchining talabalari avvalgi garovga olib turuvchining talablari qondirilgandan
so‘ng garov predmetining qolgan bahosidan qondiriladi.
Garovga olib turuvchi o‘z talablarini, majburiyatni o‘z vaqtida bajarmasligi bois
yetkazilgan ziyon, foizlar, qonun va shartnomada nazarda tutilgan holda esa – jarima
ham garovga qo‘yilgan mulk evaziga to‘la xajmda ondirish huquqiga ega.
Garovga qo‘yilgan mulk hisobidan qarzni undirish sud, Arbitraj sudi yok tretey
sudi Qarori bilan amalga oshiriladi, agar qonunda boshqa narsa nazarda tutilmagan
bo‘lsa.
Garovga qo‘yilgan mulkni jarima hisobiga to‘lash O‘zbekiston Respublikasining
fuqarolik protsessual qonunchiligi asosida amalga oshiriladi, agar shartnomada
boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa.
Dostları ilə paylaş: