O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Muzokara olib borish xulqi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135
KITOB

 
3.2. Muzokara olib borish xulqi 
Bugungi kunda muzokaralar jamiyat, korxonaning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy 
hayotning ajralmas qismi bo‘lib qoldi. Hozirgi kunda aholining juda katta qismi 
xalqaro munosabatlarda muzokaralarning amaliy zaruriyati va muzokaralar olib 
borish san’atini egallash zarurligini tushunib etdilar.
Harbiy korxonalar siyosiy, ijtimoiy xayotdagi ziddiyatlarni tinchlik yo‘li bilan 
xal qilinishi, uning mexanizmlarini ishlab chiqish asosan II-jahon urushidan so‘ng 
amalga oshirildi.
Muzokaralarda asosan jiddiy masalalarni xal qilish jarayonidan foydalaniladi. 
Vujudga kelgan muommalarni qonunchilik yoki boshqa meyoriy hujjatlar asosida xal 
qilish mumkin bo‘lsa, unda muzokaralarga ehtiyoj sezilmaydi. Muzokaralar asosan 
ikki tomon uchun manfa’tli bo‘lgan muammoni muhokama qilish va birgalikda qaror 
qabul qilinishi uchun zarur hisoblanadi.
Siyosat bobida muzokaralar o‘z qarashlari, g‘oyalari ishonchlarini targ‘ib qilish 
uchun qo‘llanishi mumkin. Bu holat "Sovuq urush" davriga xarkterli edi. Ayrim 
hollarda muzokaralardan paydo bo‘lgan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun foydalanish 
mumkin.
Tarixiy jihatdan muzokaralarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va uning shakllari 
uch yo‘nalishda boradi:
Muzokaralar olib borish uchun uning mohiyatini tushunib etish lozim. 
Muzokaralar birinchi navbatda muammoni xal qilishga qaratilgan qo‘shma hamkorlik 
faoliyatidir. Muzokaralarda odatda ikki qatnashchi bo‘lib, ularning manfa’tlari 
umuman bir xil bo‘ladi, qisman esa bir-biriga mos kelmaydi. Har bir aniq faoliyatda 
moslik yoki nomoslik nisbati ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin. Ular har bir 
muzokarada uchraydi. Muzokaralarning turli ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularni 
asosan ikkita katta guruhga bo‘lish mumkin:
1. Bo‘ron va ziddiyatli holatlarni tartibga solish bilan bog‘liq muzokaralar;
2. Hamkorlik doirasida olib boriladigan muzokaralar.
Bo‘ron va ziddiyatli holatlarda muzokaralarda zo‘ravonlik harakatlari maydonga 
chiqishi mumkin. Bu esa muzokara ishtirokchilarining zimmasiga aloxida mas’uliyat 
yuklaydi. Bunday hollarda tomonlar uchinchi shaxs-vositachilar yordamiga muxtoj 
bo‘ladilar. 
Muzokaralarning 
qanday 
darajada 
o‘tkazilishi, unda qancha 
korxonalarning ishtirok etishi, muzokaralar bir marta o‘tkazilishi yoki doimiy 
o‘tkazilib turilishiga ko‘ra farqlanadi. Ko‘p tomonlama muzokaralar nisbatan 
murakkab tuzilishga egadir. Bunday muzokaralarda o‘zaro maqbul bo‘lgan qaror 
qabul qilish qancha qiyin kechadi va bu jarayonning uch asosiy bosqichini ajratib 
ko‘rsatish mumkin: 
muzokaralarga tayyorlanish; 
ularni o‘tkazish; 
muzokaralar natijalarini tahlil qilish va erishilgan kelishuvlarni bajarish.
Muzokara tomonlar muzokara o‘tkazishga o‘tirishlaridan oldinroq boshlanadi. 
Muzokaralarga tayyorlanish o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki yo‘nalish bo‘yicha ish olib 
borishni nazarda tutadi. Bular tashqi masalalar va muzokaralarning asosiy qismini 


52 
tayyorlash, tashkiliy masalalarga delegastiyalarni shakllantirish, uchrashuv joyi, vaqti 
hamda har bir majlisning kun tartibi va boshqalar kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə