O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomasini moddiy-huquqiy tartibga solish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
KITOB

Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomasini moddiy-huquqiy tartibga solish 
Har bir davlat xalqaro savdo munosabatlariga o‘zgacha ta’sir etadi va bu uning 
jahon hamjamiyati subyekti sifatidagi obro‘sini shakllantiradi. Aynan shu sababli 
davlatlar tashqi bozorda o‘zining korxonalari va firmalari faoliyat olib borishi uchun 
ijobiy sharoit yaratishga harakat qiladi. Xalqaro iqtisodiy aylanmada yanada ijobiy 
huquqiy tartibni tashkil etish bo‘yicha jahon darajasidagi tadbirlarda qatnashish, 
hamda ushbu jarayonga yanada ko‘proq davlatlarning qo‘shilib borishi shunday
vaziyatga erishishning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, bunda kelishayotgan 
mamlakatlar o‘rtasidagi u yoki bu savdo operatsiyalarini huquqiy tartibga solishdagi 
barcha bahslar va muammolar qisqartiriladi. Bu esa jamiyatning yanada rivojlanishi 
va turli mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro munosabatlarni yaxshilanishiga 
yordam beradi. 
 
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi xalqaro shartnomalar turi sifatida adabiyotda 
quyidagicha 
ta’riflanadi: 
bu, 
“mamlakatlar 
o‘rtasidagi 
savdo-iqtisodiy 
munosabatlar borasida davlatlarning huquq va majburiyatlarini belgilovchi”, 
“umuman iqtisodiy munosabatlarning huquqiy tartibini, savdoga oid dengizda 
suzish, savdo transporti, tranzit, bir mamlakatning jismoniy va yuridik shaxslari 
faoliyatini boshqa mamlakat hududida belgilovchi”, “davlatlar o‘rtasidagi tashqi 
iqtisodiy savdo sohasidagi huquq va majburiyatlari borasidagi kelishuvi”dir.
Biroq, mohiyati jihatidan, bunday shartnomalar aniq mahsulot aylanishini juda 
kam holatlarda tartibga soladi. Adabiyotda qabul qilinganidek, ular “milliy 
jismoniy va yuridik shaxslarning harakat doirasini” (shartnoma ishtirokchisi 
bo‘lgan davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari o‘rtasida kelishuvlarning 
umumiy huquqiy tartibini) belgilaydi yoki tashqi iqtisodiy bitimlar “qabul qilingan 
xalqaro savdo shartnomalarga zid bo‘lmasligi kerak”. L.A. Lunst “savdo 
shartnomalari va bitimlari tashqi savdo kelishuvlarini tartibga soluvchi huquqning 
manbasi”ligini takidlab, ular “tashqi savdo bo‘yicha davlatlararo majburiyatlarni 
belgilaydi, tashqi savdo kelishuvlari esa fuqaro-huquqiy munosabatlarni keltirib 
chiqaradi” deb ko‘rsatadi.
Fuqarolik munosabatlarni xalqaro huquqiy tartibga soluvchilar qatoriga xalqaro 
shartnomalardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitustiyasiga (15-modda, 4-
band) va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (7-modda, 1-band) muvofiq, 
“Xalqaro huquqning barcha tan olgan qoida va me’yorlari” kiradi. Bazi federal 
qonunlarda ham bunday qoida va meyorlarga ishorani topish mumkin. Masalan, 2003 


61 
yildagi “tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asoslari 
to‘g‘rishida”gi Fning 40- moddasiga muvofiq, tovarlar, xizmatlar va aqliy mulkning 
tashqi savdosiga cheklov choralari xalqaro huquq, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro 
shartnomalarining barcha tan olgan qoidalari va meyorlariga asosan kiritiladi. 
Xalqaro huquqning barcha tan olgan meyorlari deb, davlatlarning xalqaro 
hamjamiyati tomonidan “huquqiy meyor sifatida” tan olngan qoidalarga aytiladi. 
Bunday meyorlar asosan davlatlararo munosabatlarda huquqiy tartibga soluvchi 
vosita sifatida xizmat qiladi, tashqi iqtisodiy kelishuvlar va boshqa fuqarolik 
munosabatlarni tartibga solishda ularning o‘rni cheklangan. L.A. Lunst takidlashicha, 
qarama - qarshi qonunlarni tadbiq etishga oid bir necha masalardagina xalqaro 
O‘zbekiston Respublikasiga huquq manbai sifatida murojat etish mumkin. 
Ziddiyatli, 
kollizion
huquqda O‘zbekiston Respublikasio‘rni, ba’zi hollardan tashqari, davlat 
suvereniteti asosidan kelib chiqan me’yorlar bilan chegaralanadii 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə