O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Maqsad bayonnomasiga binoan shartnoma tuzish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135
KITOB

Maqsad bayonnomasiga binoan shartnoma tuzish. 
Umuman olganda, 
shartnoma – bu shartnomadir va hech qanday niyatlarga oid bayonnoma uni o‘rnini 
bosa olmaydi. Shunday bo‘lsa ham, bunday bayonnomani imzolagan shaxslar 
zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklayshi mumkin.
 
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga ko‘ra, tuzilishi kerak bo‘lgan 
shartnoma borasida olib borilgan muzokaralar ularning ishtirokchilari zimmasiga 
hech qanday huquq va majburiyatlarni yuklamaydi. Biroq, oxirgi vaqtda, tijorat 
hujjatlari turlari ichidan niyatlar haqidagi bayonnoma keng tarqalib bormoqda.
Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, bazi niyatlar haqida bayonnomalar tomonlar 
o‘rtasidagi muzokaralarni qayd etuvchi hujjatgina bo‘la olmay, bazi hollarda huquqiy 
kuchga ega hujjat ham bo‘lib xizmat qilmoqda.
Gap shundaki, amaldagi qonun hujjatlarida xomaki shartnoma kabi shakl ham 
nazarda tutilgan. Xomaki shartnomaga muvofiq, tomonlar kelajakda tovarlar, 
bajarilgan ish va boshqalarni, xomaki shartnomada belgilangan shartlar asosida, 
kimgadir topshirishga oid shartnoma tuzishga majburiyat oladilar. Bir qator 
hollarda, tadbirkorlar, niyatlarga oid bayonnomani imzolab, aslida o‘z zimmalariga 


37 
ma’lum huquq va majburiyatlarni olayotganlarini sezmaydilar. Agar xomaki 
shartnoma ishtirokchisi belgilangan shartnomani tuzishdan bosh tortsa, muqobil 
tomon sudga mos shartnomani tuzishga majburlash borasida davo bilan murojaat 
etishi hamda, shartnoma tuzishdan bosh tortayotgan tomondan, uning harakatlari 
oqibatida yetkazilgan zararni qoplash talabi bilan murojaat etishi mumkin.
Ijro uchun buyurtmani qabul qilish. 
Shartnoma buyurtmani bajarish uchun 
qabul qilib olish yo‘li bilan tuzilishi ham mumkin. Mazkur usul, ayniqsa, 
rejalashtirilgan iqtisodiyotda, xalq iste’moli mollari va ishlab-chiqarish texnika 
ahamiyatiga ega mahsulotni yetkazib berishga oid shartnomalarda keng ishlatilgan. 
Takidlash joizki, erkin tadbirkorlik sharoitida mazkur usul imkoniyatlari juda 
cheklangan.
 
Hozirgi paytda, bu usul vositachi idoralar va ularning mijozlari o‘rtasidagi 
munosabatlarda, vositachilik xizmatini ko‘rsatishga oid shartnoma tuzilganda keng 
ishlatiladi. Xususan, agar vositachi mijozdan olgan buyurtma bo‘yicha o‘zining 
etirozlarini shartnomada belgilangan muddatda bildirmasa, shartnomaning mazkur 
buyurtmaga tegishli qismini tuzilgan deb hisoblash mumkin. Biroq, vositachilik 
xizmatini ko‘rsatish shartnomada boshqa variantlar ham inobatga olingan bo‘lishi 
mumkin.
Zamonaviy tadbirkorlarda tez-tez quyidagi savol tug‘iladi: shartnomani telefon 
orqali tuzish mumkin-mi va «jentelmenlik kelishuv» qanday kuchga ega?
Umumiy qoidaga ko‘ra, bitim uchun qonun hujjatlarida yozma yoki boshqa 
shakl belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shaxslar 
harakatidan ushbu bitimni tuzish niyatlari borligi kelib chiqsa ham, bitim tuzilgan 
hisoblanadi. Ammo, oddiy yozma shaklni to‘ldirmaslik oqibatida tomonlarda nizo 
kelib chiqan holda, guvohlik ko‘rsatmalariga tayanish huquqidan maxrum bo‘ladilar, 
qonunda ko‘rsatilgan hollarda esa bitim yozma shaklining mavjud emasligi bitimning
haqiqiy emasligiga olib keladi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, shartnoma, umumiy hujjat yoki bir nechta o‘zaro 
bog‘liq hujjatlar jamlanmasi ko‘rinishida mavjud bo‘lmaganida, manfa’tdor shaxs 
bitim tuzilganini boshqa yo‘l bilan isbotlashga haqli (guvohlik ko‘rsatmalari bundan 
mustasno), masalan, tashkilotlardan olingan xatlar, tovarlarni tushirish yoki ularga 
xaq to‘lashga oid hujjatlar bilan va h.k.
Shartnoma imzolanishi uning tuzilganligini bildiradi. Qoida bo‘yicha, u o‘z 
ichiga korxona muxtor vakilining imzosi hamda tashkilot muxri bosmasini oladi. 
Shartnomadagi korxonaning muxri shartnoma imzolagan shaxsning vakolatlarini 
ishbotlab turadi. Biroq, shartnomada muxrning mavjud emasligi sharnomani 
avtomatik tarzda bekor qilmaydi. Umuman, shartnomadagi korxonaning muxriga 
juda katta ahamiyat berish kerak emas. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, 
shartnomada muxrning mavjud yoki mavjud emasligi uni haqiqiy yoki haqiqiy 
emasligi bilan hech qanday bog‘liq emasdir. Qonun «O‘zboshimchalar» vakolatlariga 
katta ahamiyat beradi. Shuning uchun, vakil etilmagan shaxs imzolagan 
shartnomadagi muxr uni haqiqiy qilmaydi, vaholanki, vakil etilgan shaxsning imzosi 
ustida muxrning yo‘qligi, baribir, shartnoma tuzilganligini anglatadi.
Shartnomani imzolash tomonlarning uni tuzishga xoxish-istaklarini bildiradi. 


38 
Unga muvofiq tomonlarda mos huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyat yuzaga keladi.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi boshqa tashqi savdo shartnomalari ichida eng 
muhimi hisoblanadi. Shunday shartnomani tuzish va ijro etish yo‘li bilan O‘zbekiston 
Respublikasitashqi savdosini asosiy qismini tashkil etuvchi tashqi iqtisodiy tovar 
ayirboshlash amalga oshiriladi. Bu ko‘rinishdagi shartnoma bilan qandaydir ishni 
bajarish yoki xizmat ko‘rsatish kabi shartnomalar o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, tashish, 
sug‘urtalash, litsenziyalash kabi shartnomalar. Chet el kontragentlari bilan tuzilgan 
bitimlar u yoki bu mamlakatning huquqiy normalari bilan tartibga solinib turiladi. 
Qo‘llaniladigan qonun ikki tomonning roziligi bilan amalga oshiriladi. Ko‘pgina 
mamlakatlarning qonunchiligida tashqi savdo bitimini tuzayotgan tomonlar, bitim 
qaysi mamlakatning qonunchiligi bo‘yicha boshqarilishini tanlashda mutlaqo 
erkindirlar. Ammo, bu borada bir qator murakkabliklar yuz bermoqda. Avvalam bor, 
qo‘llanilayotgan huquqiy tizimda bir qator tafovvutlar borligi ko‘zga taslanmoqda.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə