37
ma’lum huquq va majburiyatlarni olayotganlarini sezmaydilar. Agar xomaki
shartnoma ishtirokchisi belgilangan shartnomani tuzishdan bosh tortsa,
muqobil
tomon sudga mos shartnomani tuzishga majburlash borasida davo bilan murojaat
etishi hamda, shartnoma tuzishdan bosh tortayotgan tomondan, uning harakatlari
oqibatida yetkazilgan zararni qoplash talabi bilan murojaat etishi mumkin.
Ijro uchun buyurtmani qabul qilish.
Shartnoma buyurtmani bajarish uchun
qabul qilib olish yo‘li bilan tuzilishi ham mumkin. Mazkur usul, ayniqsa,
rejalashtirilgan
iqtisodiyotda, xalq iste’moli mollari va ishlab-chiqarish texnika
ahamiyatiga ega mahsulotni yetkazib berishga oid shartnomalarda keng ishlatilgan.
Takidlash joizki, erkin tadbirkorlik sharoitida mazkur usul imkoniyatlari juda
cheklangan.
Hozirgi paytda, bu usul vositachi idoralar va ularning mijozlari o‘rtasidagi
munosabatlarda, vositachilik xizmatini ko‘rsatishga oid shartnoma tuzilganda keng
ishlatiladi. Xususan, agar vositachi mijozdan olgan buyurtma bo‘yicha o‘zining
etirozlarini shartnomada belgilangan muddatda bildirmasa, shartnomaning mazkur
buyurtmaga tegishli qismini tuzilgan deb hisoblash mumkin. Biroq,
vositachilik
xizmatini ko‘rsatish shartnomada boshqa variantlar ham inobatga olingan bo‘lishi
mumkin.
Zamonaviy tadbirkorlarda tez-tez quyidagi savol tug‘iladi: shartnomani telefon
orqali tuzish mumkin-mi va «jentelmenlik kelishuv» qanday kuchga ega?
Umumiy qoidaga ko‘ra, bitim uchun qonun hujjatlarida yozma yoki boshqa
shakl belgilanmagan bo‘lsa, ushbu bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shaxslar
harakatidan ushbu bitimni tuzish niyatlari borligi kelib chiqsa ham, bitim tuzilgan
hisoblanadi. Ammo, oddiy yozma shaklni to‘ldirmaslik oqibatida tomonlarda nizo
kelib chiqan holda, guvohlik ko‘rsatmalariga tayanish huquqidan maxrum bo‘ladilar,
qonunda ko‘rsatilgan hollarda esa bitim yozma shaklining mavjud emasligi bitimning
haqiqiy emasligiga olib keladi.
Boshqa so‘z bilan aytganda,
shartnoma, umumiy hujjat yoki bir nechta o‘zaro
bog‘liq hujjatlar jamlanmasi ko‘rinishida mavjud bo‘lmaganida, manfa’tdor shaxs
bitim tuzilganini boshqa yo‘l bilan isbotlashga haqli (guvohlik ko‘rsatmalari bundan
mustasno), masalan, tashkilotlardan olingan xatlar, tovarlarni tushirish yoki ularga
xaq to‘lashga oid hujjatlar bilan va h.k.
Shartnoma imzolanishi uning tuzilganligini bildiradi. Qoida bo‘yicha, u o‘z
ichiga korxona muxtor vakilining imzosi hamda tashkilot muxri bosmasini oladi.
Shartnomadagi korxonaning muxri shartnoma imzolagan shaxsning vakolatlarini
ishbotlab turadi. Biroq, shartnomada muxrning mavjud emasligi sharnomani
avtomatik tarzda bekor qilmaydi. Umuman, shartnomadagi
korxonaning muxriga
juda katta ahamiyat berish kerak emas. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra,
shartnomada muxrning mavjud yoki mavjud emasligi uni haqiqiy yoki haqiqiy
emasligi bilan hech qanday bog‘liq emasdir. Qonun «O‘zboshimchalar» vakolatlariga
katta ahamiyat beradi. Shuning uchun, vakil etilmagan shaxs imzolagan
shartnomadagi muxr uni haqiqiy qilmaydi, vaholanki, vakil etilgan shaxsning imzosi
ustida muxrning yo‘qligi, baribir, shartnoma tuzilganligini anglatadi.
Shartnomani imzolash tomonlarning uni tuzishga xoxish-istaklarini bildiradi.
38
Unga muvofiq tomonlarda mos huquqlar, majburiyatlar va mas’uliyat yuzaga keladi.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi boshqa tashqi savdo shartnomalari ichida eng
muhimi hisoblanadi. Shunday shartnomani tuzish va ijro etish yo‘li bilan O‘zbekiston
Respublikasitashqi savdosini asosiy qismini tashkil etuvchi
tashqi iqtisodiy tovar
ayirboshlash amalga oshiriladi. Bu ko‘rinishdagi shartnoma bilan qandaydir ishni
bajarish yoki xizmat ko‘rsatish kabi shartnomalar o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, tashish,
sug‘urtalash, litsenziyalash kabi shartnomalar. Chet el kontragentlari bilan tuzilgan
bitimlar u yoki bu mamlakatning huquqiy normalari bilan tartibga solinib turiladi.
Qo‘llaniladigan qonun ikki tomonning roziligi bilan amalga oshiriladi. Ko‘pgina
mamlakatlarning qonunchiligida tashqi savdo bitimini tuzayotgan tomonlar, bitim
qaysi mamlakatning qonunchiligi bo‘yicha boshqarilishini tanlashda mutlaqo
erkindirlar. Ammo, bu borada bir qator murakkabliklar yuz bermoqda. Avvalam bor,
qo‘llanilayotgan huquqiy tizimda bir qator tafovvutlar borligi ko‘zga taslanmoqda.
Dostları ilə paylaş: