O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Shartnomani ijro etish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
KITOB

 
2.5. Shartnomani ijro etish tartibi 
Shartnomani bajarish usuli. Har bir tomonning shartnoma bo‘yicha 
majburiyatlarini bajarish tartibi ma’lum meyoriy qoidalarga bo‘ysunadi.
Tajribadan ko‘rinib turibdiki, shartnomani bajarish bitta amalni, masalan 
do‘konda tovarlarni savdo-sotig‘i kabi amalni bajarish bilan tugamaydi. Aksariyat 
hollarda, shartnomani bajarish bu bir jarayon, yani ketma-ket bajariladigan 
amallarning ma’lum tizimidir. Ko‘rilayotgan jarayonda ikki asosiy ishni ajratib olish 
mumkin.
Shartnoma bajarishning moddiy pog‘onasi.
Mazkur pog‘onada ikki o‘zaro 
bog‘liq amal bajariladi: bir tomon bajargan ishni topshiradi va boshqa tomon 
bajarilgan ishni qabul qilib oladi. 
Majburiyatlarni bajarish tartibi amaldagi qonun hujjatlaridagi talablarga muvofiq 
bajariladi.
Shartnomani bajarish muddati.
Agar shartnomada uning bajarilish kuni 
belgilangan bo‘lsa, uni aynan shu kunda bajarish darkor. Agar shartnomada 
majburiyatning bajarilish muddati belgilangan bo‘lsa, uni aynan shu muddat ichidagi 
ixtiyoriy vaqtda bajarish mumkin. Umumiy qoidaga ko‘ra, ishtirokchi majburiyatni 
muddatidan oldin bajara olmaydi. Biroq, agar bu hol tomonlar uchun bu
shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, muqobil tomonning roziligi mavjud bo‘lsa yoki 
bu majburiyat mohiyatidan, ishlbilarmonlik yuzasidan kelib chiqsha, tomonlar 
majburiyatlarni muddatidan ilgari bajarishi mumkin. Aks holda, muqobil tomon 
bajarilgan ishni qabul qilmasligi yoki qabul qilib, qarshi tomondan, majburiyat o‘z 
vaqtida bajarmaganligi bois yetkazilgan ziyon uchun mablag‘ undirib olishi mumkin.
Shartnomani bajarish joyi. 
Agar shartnomani bajarish joyi shartnomada 
belgilanmagan bo‘lsa, umumiy qoidaga ko‘ra, majburiyat uni qabul qilib olayotgan 
ishtirokchi joylashgan hududda bajarishi kerak. 
Ammo bu qoidadan bazi istisnolar mavjud:
– ko‘chmas mulkni obekti o‘zining turgan joyida topshirish majburiyati;
– biror bir joyga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan yukni, uning birinchi yuk qabul 
qiluvchi turgan joyda topshirish majburiyati;


39 
– tadbirkorning tovar ishlab chiqarayotgan yoki saqlagan joyi xaridorga 
ma’lum bo‘lsa, uni o‘sha yerda topshirish majburiyati.
Shartnoma bahosi.
Maqsadli shartnoma ishtirokchilar tomonidan kelishilgan 
narxda baholanadi. Shartnoma tuzilganidan keyin narxni o‘zgartirish faqat 
shartnomada nazarda tutilgan holda mumkin.
Shartnomani bajarish usuli.
Bajarish usuli – bu bajarish jarayonidagi 
tomonlarning shartnomada belgilangan tartibdagi harakatlaridir. Umumiy qoidaga 
ko‘ra, agar tomonlar kelishuviga binoan majburiyatni qismlab bajarish nazarda 
tutilmagan bo‘lsa, majburiyat butunligicha bir marta bajarilishi shart. Tomonlarning 
shartnoma bo‘yicha majburiyatlari bir vaqtda bajariladi. Yana, agar kelishuvda aks 
holat kelib chiqmasa. Shuning uchun, shartnoma tuzishda tomonlar majburiyatlar 
qanday bajarilishini aniq va jiddiy belgilab berishlari zarur.
Shartnoma bajarilishing texnik-huquqiy pog‘onasi.
Mazkur pog‘onaning 
mohiyati - bajarilgan ishning miqdori va sifatini teksirish hamda buni rasmiy hujjatlar 
bilan tasdiqlashdir.
Bajarilgan ishni qabul qilib olgan shaxs qarama - qarshi tomonga tegishli 
hujjatni taqdim etishi shart. Faqat majburiyatning bajarilishigina, majburiyat olgan 
tomon uchun uning tugashini anglatadi. Bundan tashqari, majburiyat olgan tomon 
majburiyat bajarganligi haqida rasmiy hujjat olmasa, u o‘z zimmasiga olgan 
majburiyatlarni to‘laligicha bajargan bo‘lsa ham yuridik jihatdan qarzdor hisoblanadi.
Majburiyatlarning ixtiyoriy bajarilishi rasmiy hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak, 
aks holda, majburiyatlar bajarilmagan hisoblanadi.
Majburiyatlarning 
bajarganliligi 
haqida 
rasmiy 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
quyidagilar:
a) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) topshirish - qabul qilib olish akti;
b) tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) xaq to‘langanligi haqida, bank tomonidan 
tasdiqlangan, to‘lov qog‘ozi;
v) transport tashkilotidan yuk qabul qiluvchi manziliga yo‘naltirilgan, tovar
tushirib bo‘linganligi haqida kvitantsiya;
d) sotuvchi omboriga yuk tushirilishi haqida kvitantsiya;
e) qabul qilib oluvchining tilxati;
f) boshqa hujjatlar va guvohliklar.
Shuning uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi tuzayotgan bitimi uchun 
qaysidir qonunchilikni to‘g‘ri tanlab, uni o‘rganib, mo‘ljallab olishi kerak.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə