O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


partiyasini shartnomada belgilangan muddatlar ichida muntazam (vaqti-vaqti bilan)



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135
KITOB


partiyasini shartnomada belgilangan muddatlar ichida muntazam (vaqti-vaqti bilan) 
ravishda yetkazib berib turishni nazarda tutuvchi shartnomalarga aytiladi. Bunday 
shartnomalar qisqa muddatli (odatda 1yil) va uzoq muddatli (5-10 yil, bazan undan 
ham ko‘proq) bo‘lishi mumkin. 
Yuqorida ko‘rsatilgan ikkala shartnomaning bajarilishi qisqa hamda uzoq 
muddatli bo‘lishi mumkin. Ularni bir-birlaridan ajratib turuvchi asosiy narsa, bu 
bitim tomonlarining o‘zaro munosabatlaridir. Komlektli uskunalarni yetkazib 
berishni ko‘zlovchi shartnomalarda, eksportyor va importyor orasidagi munosabatlar 
katta muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Bunda tovarni yetkazib beruvchi 
komlektlarning to‘liq bo‘lishi va belgilangan muddat ichida yetkazib berilishiga 
hamda uning sifatiga to‘liq javobgar bo‘ladi.
To‘lov shartiga qarab shartnomalar yetkazilgan tovar uchun pul bilan hisob-
kitob qilish shaklida va tovar bilan to‘liq yoki bo‘laklab hisob-kitob qilish 
ko‘rinishida bo‘ladi. Pul shaklidagi hisob-kitobda tomonlar bilan muvofiqlashtirilgan 


32 
valyutada, shartnomada belgilangan to‘lovni amalga oshirish (naqd pul, oldindan 
to‘lov, kredit) va hisob-kitob shaklini (akkreditiv, inkasso, veksel, chek) orqali 
bajariladi. Hozirgi kunda to‘lovlarni aralash ko‘rinishida amalga oshirish keng 
tarqaldi. Masalan, shartnoma qiymatining 30-50% oldindan to‘lovni amalga oshirish 
orqali bo‘lsa, qolgan qismi akkreditiv orqali to‘lov amalga oshiriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan belgilardan tashqari, xalqaro oldi-sotdi shartnomasi 
o‘ziga xos bir spetsifik harakterga ham egadir. Bu tijorat harakteri bo‘lib, unda chet el 
elementi (chet el yuridik yoki jismoniy shaxsi)ning mavjudligidir. Ushbu shartnoma 
bo‘yicha sotuvchi molni (mulk, tovar) sotib oluvchi ixtiyoriga topshirishga majbur. 
Sotib oluvchi esa qabul qilib, uning pulini to‘lab berish majburiyatini oladi. Bunday 
ko‘rinishdagi shartnomalarni rus olimi Musin V.A. shunday ta’riflaydi: "Tashqi 
savdo oldi-sotdisi, avvalambor oldi-sotdining turli ko‘rinishi bo‘lib, bunda shunday 
majburiyat turadiki, tovarga egalik huquqini boshqa bir shaxsning mulkiga o‘tkazib 
berish tushunilsdi. Tashqi savdo oldi-sotdi shartnomasining predmeti bo‘lib, mulk 
hisoblanadi. Tashqi savdoning tarkibiga xususan, mashina va ehtiyot qismlar , temir 
rudasi va neft, gaz, xalq iste’moli mollari va boshqalar kiradi. Oxirgi yillarda xalqaro 
savdoda asosiy o‘rinni mashina, asbob uskuna va extiyot qismlarning komplekt 
holdagi savdosi egallamoqda. Bu borada shuni aytish darkorki, xalqaro savdo 
muxitida, turli mamlakatlar tovar va xom ashyo eksporti va importi ustidan turlicha 
nazorat o‘tkazadilar.
Xalqaro oldi-sotdi shartnomasining tarkibiga kelsak, shuni aytish kerakki, 
xatlarning turli ko‘rinishlari bo‘lgani kabi shartnomalar ham bir necha yuz ming 
yillar mobaynida xalqaro tijorat amaliyotining takomillashib, rivojlanib borishi 
tufayli, hozirgi kunga kelib, ma’lum bir belgilangan ko‘rinishiga ega. Natijada tashqi 
savdo shartnomasi ma’lum bir darajada standart, unifikatsiyalashtirilgan ko‘rinishga 
ega bo‘lib, hozirgi kunda ham qo‘llanilib kelmoqda. Shu sababli shartnoma etarli 
darajada ananaviy va konservativ hujjat hisoblanadi va agarda uning shakli uzun yoki 
eskiroq bo‘lib ko‘rinsa, uni tuzatish yoki soddalashtirishga hojat yo‘qdir.
Tashqi savdo shartnomasining strukturasi, (har qanday yozma shartnoma kabi) 
ketma-ketlikda raqamlar bilan belgilangan shartnoma shartlarining joylashuvi bo‘lib, 
ularning har biri o‘z-o‘zidan aloxida bir tashqi savdo bitimining ijro etilishi bo‘yicha 
konkret savollarni boshqarib, tartibga solib turuvchi bo‘limlarni namayon etadi. 
Bunday bilimlar tashqi sado shartnomasida odatda 11 tadan 151 tagacha bo‘ladi. 
Klassik variantdagi tashqi savdo shartnomasining shartlari «umumiylikdan 
aloxidalikka» printsipi asosidagi ketma-ketlikda joylashtiriladi. Unda avval umumiy, 
boslang‘ich axborot va ma’lumotlar (nima, qancha, qaysi sifatda, narx, qaysi bazis 
shartlarda sotiladi) joylashtiriladi. Keyin esa, bitimni amalda qanday bajarilishiga 
javob beruvchi shartlar (tovarni topshirish, qabul qilish, to‘lov shartlari, transport 
shartlari, jarima va pretenziyalar, arbitraj, sud va shu kabilar) joylashtiriladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə