O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 «Shartnoma» hujjatini tuzish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135
KITOB

 
2.4. «Shartnoma» hujjatini tuzish 
Fuqarolik amaliyotida tuziladigan shartnomalarning ko‘pchiligi ikki tomonlama 
bo‘lib, yuqorida ko‘rsatigan olish-sotish shartnomasidan tashqari mahsulot yetkazib 
berish, mulk ijarasi, pudrat va boshqa shartnomalardan iborat.


33 
Shartnomalar xaq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga bo‘linadi. 
Xaq baravariga tuziladigan shartnomalarda bir taraf topshirgan mulkining xizmati 
evaziga pul yoki mulk bilan xaq oladi. Masalan, bir taraf vaqtincha foydalanish 
uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani uchun ijara xaqi to‘lashga majbur 
bo‘ladi. Bunday xaq baravariga tuziladigan shartnomalarga olish-sotish, mahsulot 
yetkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa shartnomalarni misol qilib ko‘rsatish 
mumkin. 
 
Tekinga tuziladigan shartnoma esa bir taraf boshqa taraf foydasiga xaq olmay
mulkni topshirishi, ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo‘yicha 
mulk egasi o‘z mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Mulkdan bepul 
foydalanish foizsiz qarz shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalar guruhiga 
kiritiladi. 
Shartnomalar tuzilish paytiga, mazmuniga qarab konsenpsual va real 
shartnomalarga bo‘linadi.Huquq va majburiyatlar taraflarning kelishuvi va 
shartnomani rasmiylashtirganlari zahoti paydo bo‘ladi. «Konsenpsual» so‘zi lotincha 
«konsensus» so‘zidan olingan bo‘lib, «kelishuv» ma’nosini bildiradi. Konsenpsual 
shartnomaga misol qilib olidi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga 
berish kabi shartnomalarni ko‘rsatsa bo‘ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat 
shartnomalar konsenpsual shartnomalar guruhiga kiradi.
 
«Real» so‘zi – lotincha «res» so‘zidan olingan bo‘lib, «ashyo» ma’nosini 
anglatadi. Real shartnomasiga misol qilib, qarz, omonat, hadya, mulkdan bepul 
foydalanish shartnomalarini ko‘rsatish mumkin. 
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo‘yicha 
shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda 
qatnashgan taraflar uchun paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs 
foydasiga qaratilib ham tuzilishi mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan 
shartnomaga misol qilib sug‘urta shartnomasini ko‘rsatish mumkin. Uchinchi shaxs 
shartnomada aloxida taraf bo‘lib hisoblanmaydi. Biroq qonun hujjatlarida yoki 
shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma 
bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab 
taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki 
o‘zgartirishlari mumkin emas. 
Shartnoma tuzgan shaxs majburiyatni uchinchi shaxsga nishbatan bajarilishi 
shart qilingan bo‘lsa, bu xaqda (boshqacha shart ko‘rsatilmagan bo‘lsa) 
majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga ko‘rsatilgan 
uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin. 
Shartnomalar, shuningdek ochiq shartnomalar, dastlabki shartnoma (axdnoma) 
kabi turlarga ham bo‘linadi. 
Tashkilotga murojaat qiladigan har bir shaxsga tovarlar sotish, xizmatlar 
ko‘rsatish sohasidagi vazifalarni (chakana savdo, umumiy transportda yo‘lovchi 
tashish, aloqa xizmati, elektr quvvati bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona 
xizmati va boshqalar) shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal 
ko‘rishga haqli emas (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari). 
Tovarlar, ishlar, xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning 


34 
boshqa shartlari bo‘yicha istemolchiga tegishli tovarlarni berishi, xizmatlar 
ko‘rsatishi, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy 
shartnoma tuzishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashkilot ommaviy shartnoma 
tuzishdan asossiz bosh tortganida xaridor uni sud orqali shartnoma tuzishga majbur 
qilish imkoniyatiga ega. 
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu, 
asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo‘lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki 
shartnomaning shakli to‘g‘risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy 
sanalmasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning muhim 
shartlarni beligilab qo‘yish imkonini beradigan shartlar bo‘lishi kerak. Dastlabki 
shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini olishi 
ko‘rsatiladi. Agar dastlabki shartnomada bunday muddat belgilab qo‘yilgan 
bo‘lmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil 
ichida tuzilishi shart. 
Shartnomaning mazmunini - bandlari (shartlari, rekvizitlar) tashkil etadi. 
Fuqarolik kodeksiga muvofiq agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim 
shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, sharnoma 
tuzilgan hisoblanadi. 
Shartnoma bandlari odatdagi va tasodifiy shartlarga bo‘linadi. Qonun 
hujjatlaridagi bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan 
shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur 
bo‘lgan shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Bazi shartnomalar uchun xos muhim 
bandlar qonun bilan belgilanadi. Chunonchi, mahsulotlar yetkazib berish to‘g‘risidagi 
Nizomning 25-bandida takidlanganidek, sharnomada yetkazib beriladigan mahsulot 
nomi, miqdori va sifati to‘g‘risidagi shartlar bo‘lmasada, shartnoma tuzilmagan 
hisoblanadi. 
Ayrim bandlar (shartlar)ning muhim bo‘lish-bo‘lmasligi shartnomaning 
xarakteriga qarab ham belgilanadi. Chunonchi, olidi-sotdi shartnomasini tuzilgan deb 
hisoblashi uchun uning ikki sharti: qanday narsaning sotilishi va buning uchun 
qancha pul to‘lanishi to‘g‘risida kelishilgan bo‘lishi talab qilinadi. 
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatiga oid munosabatni tartibga soladigan 
dispozitiv normalar bilan belgilangan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar 
odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasida mulkni may oyida 
(joriy) ta’mirlash shart qilib ko‘rsatilsa ham, ko‘rsatilmasa ham bo‘ladi, chunki bu 
shart to‘g‘risida FK da (dispozitiv xaraktyerdagi) ko‘rsatma berilgan. 
Tasodifiy shartlar umumiy huquq meyorlari bilan tartibga solinmagan 
masalalar bo‘yicha o‘zaro kelishuv bo‘lib ko‘riladi. Chunonchi, ijaraga olingan 
mulkni ta’mirlash muddati to‘g‘risida masala tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi. 
Shartnomada ayrim shartlar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab 
chiqilishi, belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga 
xavola qilinmagan hollarda taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari 
sifatida qollaniladi. 
Shartnomaning tuzilishi Fkning 364 moddasida ko‘rsatilganidek, taraflar 
o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda 


35 
kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi 
davr-shartnoma tuzishga taklif qilish davri bunga, oferta, shartnoma tuzishga taklif 
qiluvchi esa, oferent deb ataladi. 
Ikkinchi davr-shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklifni qabul qilish, bu aksept 
qabul qiluvchi esa, akseptant deb ataladi. 
Shartnoma tuzishning umumiy tarkibiga oid qoidalar FK ning 364-381-
moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytlishicha, agar shartnoma tuzish to‘g‘risidagi 
taklif (oferta) javob uchun muddat talab qilingan bo‘lsa bu holda shartnoma ikkinchi 
taraf (akseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi holdagina tuzilgan 
hisoblanadi. 
Shartnoma tuzilishi uchun taraflarning o‘zaro kelishuvining o‘zigina kifoya 
emas. 
Bu 
kelishuv 
tegishli 
shaklda 
rasmiylashtirilgan 
bo‘lishi 
shart. 
Shartnomalarning shakli FK ning 366-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq 
bo‘lishi shart. Unga asosan, agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun 
ma’lum shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda 
tutilgan xar qanday shaklda tuzilishi mumkin. 
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan 
shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan yetiboran, 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishilgan bo‘lsalar, 
garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan 
bo‘lmasada shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. 
Yozma shartnoma taraflar imzolagan hujjatni tuzish yo‘li bilan va pochta, 
telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki ishonchli suratda aniqlash imkonini 
beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almasish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. 
Oferta muayyan shaxsga va shaxslarga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin. 
Masalan, mahsulotni reklama qilish, o‘z xizmatini taklif yetib e’lon berish-
nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llagan oferta hisoblanadi. 
Oferta yuborilgan shaxsga uni qabul qilganligi haqida gi javobi aksept 
hisoblanadi. Aksept pullik va pisandsiz bo‘lishi shart. Agar qonunda ish muomalasi 
odatidan yoki avvalgi munosabatlaridan mano kelib chiqmasa, bu aksept bulmaydi.
Agar ofertaga javob uchun muddat tayinlanmasdan, o‘g‘zaki ravishda qilingan 
bo‘lsa, ikkinchi taraf (akseptant) bu taklifni qabul qilganligini darxol taklif qiluvchiga 
(ofertaga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo‘lsa, taklifni qabul qilganlik 
(aksept) to‘g‘risidagi javobni olish uchun lozim bo‘lgan normal vaqt davomida 
olingan taqdirdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga 
rozilik bildirish haqidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh 
tortish va ayni vaqtda yangi offerta hisoblanadi. 
Odatda shartnoma tuzilgan joy ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Agar shartnomada 
uning tuzilgan joyi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shartnoma offerta yo‘llagan fuqaroning 
yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi. 


36 
Fuqarolik kodeksida shartnomalar tuzishda taraflarning erkinligi haqidagi qoida 
mustaxkamlab qo‘yilgan. Binobarin, hech qaysi taraf shartnoma tuzishga majbur 
qilinmaydi. Biroq, ayrim hollarda majburiy shartnoma tuzilishi mumkin. Bunda 
shartnomani tuzishga majbur bo‘lgan taraf oferta olgan kundan boshlab 30 kun 
ichida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida, akseptdan voz kechish haqida yoki boshqa
shartlar asosida akseptlash haqida (shartnoma loyixasiga o‘zining e’tirozlari 
bayonnomasini qo‘shgan holda) bildirmog‘i lozim. 
Basharti, shartnoma tuzish oferent uchun majburiy bo‘lsa-yu, u o‘z takliflariga 
ko‘ra shartlar asosida akseptlash olsa (shartnoma loyixasiga e’tirozlar bayonnomasi 
bilan birga), u holda bu taraf bildirish-xabarnoma olingan yoki aksept muddati 
tamom bo‘lgan kundan boshlab 30 kun ichida kelishmovchiliklarni bartaraf etish 
uchun sudga murojaat qilishga haqli. 
Shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bos tortsa, ikkinchi taraf 
uni shartnoma tuzishga majbur etish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli. 
Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilayotgan 
ziyonni boshqa tarafga to‘lashi shart.
 
Mazkur usul shartnoma tuzishning aniq usulini tanlaganda eng maqbul variant 
hisoblanadi. Aynan, «shartnoma», «kelishuv» deb nomlangan hujjatda tomonlar
tijorat operatsiyasining barcha mavjud shartlarini va jiatlarini aniqlab oladilar. 
Mazkur usulning eng katta yutug‘i – u mavjud bo‘lganda shartnoma tuzish faktiga
oid nizoning o‘zi paydo bo‘lmaydi. Bu usul bilan ixtiyoriy xo‘jalik shartnomalari 
tuzilishi mumkin.
Amaliyotda quyidagi savol yuzaga keladi: tijorat savdo-sotigiga (yuk yetkazib 
berishga) oid shartnomaviy munosabatlar shartnoma asosida emas, kelishilgan 
tafsilotli ro‘yxat asosida rasmiylashtirilgan bo‘la oladimi? Tomonlar imzolagan 
tafsilotli ro‘yxat shartnomaviy munosabatlar o‘rnatilganligini tan oluvchi barcha 
muhim shartlarga ega emas. Hamda, belgilangan tartibda tuziladigan, yuk yetkazib 
berishga oid shartnomaning o‘rnini bosolmaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə