O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
KITOB

multivalyutaga oid 
qo‘shimchani
ishlatish mumkin, unga ko‘ra so‘m kursi o‘zgarganda to‘lov miqdorini 
qayta hisoblash, bir necha oldindan belgilangan valyutalarga nisbatan o‘rta hisobda 
amalga oshiriladi.
2.7. Shartnoma shartlari buzilishiga javobgarlik. Zararlar tushunchasi
Umumiy qoida bo‘yicha shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq 
o‘zlashtirilishi va bekor qilinishi mumkin. 
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi 
hollardagina o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin: 
Ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa; 
Fuqarolik Kodeksi boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga 
holatlarda; 
Taraflarning biri shartnomani buzish ikkinchi tarafga shartnoma tuzishga umid 
qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada. 
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga ko‘p darajada zarar 
yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani bajarishdan bosh tortsa yoki qisman bosh tortib, qonun 
yoxud taraflarning kelishuviga mos kelmasa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan va 
o‘zgartirilgan hisoblanadi. 
Vaziyatni taraflar oldindan ko‘ra olganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari 
yoki boshqa shartlar bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan darajada o‘zgartirishi jiddiy 
o‘zgarish hisoblanadi. 
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish 
to‘g‘risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi ( basharti qonun hujjatlaridan, 
shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqa tartib kelib chiqmasa). 
Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi 
tarafdan rad javobi olganidan keyingina sudga taqdim etishi mumkin. Yoxud 
qonunda shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa – 
o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o‘zgartirish yoki bekor 
qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin. 
Jarima sanksiyalari va ko‘rilgan zararlarni qoplash. 
Jarima sanksiyalari 
shartnomadagi majburiyatlarni bajarmaganlik yoki unda belgilanmagan shartlarni 
bajarganlik uchun o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda ular tovarni belgilangan muddatda 
yetkazib bermaganligi uchun, tovarning sifati va texnik darajasi shartnomaning 
shartiga zid kelsa, to‘lov majburiyatlarini bajarmaganlik yoki kechiktirilganligi 
uchun qo‘llaniladi. Kontragentlar tijorat munosabatlarining umumiy qoidasi bo‘lib, 
«jarima sanktsiyalari o‘zlarining hajmi va hisoblanish tartibi bilan majburiyatlarni 
bajarish uchun majburiy bo‘lishi kerak. Importyorlar tomonidan o‘rnatilgan 
asoslanmagan jarima sanktsiyalari, eksportyorlar tomonidan tijorat takliflarida 
narxlarning yuqorilashishi kabi javobli harakatlarga olib kelmoqda.


46 
Tovarlarni yetkazib berishni kechiktirilishi sharoitida jarima sanktsiyalari har bir 
kechiktirilayotgan muddat (soat, kun, oy) uchun o‘sib boradi va bunda majburiyatini 
bajarmayotgan tomonga zarur choralarni ko‘rishi uchun, holatni to‘g‘rilashga sharoit 
yaratib turadi. Odatda bu jarima sanktsiyalari yetkazilmagan tovarning umumiy 
summasidan 5 yoki 10 % atrofida chegaralanadii.
Zararlarni hisoblash uslubi, majburiyatlarni bajarishdagi kechiktirishlar yoki 
kafolatlangan tovar harakteristikasidagi farqlarga qarab shartnoma tuzayotganda 
tomonlar o‘zaro kelishadi.
Shuningdek shartnomada zarar ko‘rishning chegaralangan hajmi ko‘rsatiladi. 
Bunda agar zarar belgilangan chegaradan o‘tib ketsa, shartnomani bekor qilib, 
belgilangan kafolatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, albatta agar bu 
shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa. Kafolat mablag‘larini olgan importyor o‘zining 
qilgan harajatlari va ko‘rgan zararlariga ishlatadi. Tomonlar har doim o‘zlarining 
javobgarliklarini chegaralashga harakat qiladilar. Eksportyorlar o‘zlarini bilvosita 
zararlarni qoplashdan qochishga harakat qiladilar. Bunday muammolarni eng 
kafolatlangan yechimi bo‘lib, sug‘urta hisoblanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə