O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135
KITOB

Kafillik. 
Kafillik (kafolat) shartnomasi qarz beruvchi va kafil bo‘lgan shaxs 
o‘rtasida tuziladi. Kafillik (kafolat) tufayli kafil bo‘layotgan shaxs boshqa 
shaxsning (qarzdorning) majburiyatlarni to‘la yoki qisman bajarishi uchun 
javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Qarzdorning mablag‘i (faqatgina pul mablag‘i 
emas, balki boshqa mulki ham) yetmagan holda, agar qonun hujjatlarida yoki 
shartnomada kafil bo‘layotgan shaxsning va qarzdorning birgalikdagi javobgarligi
(birgalikda kafil bo‘lish) nazarda tutilmagan bo‘lsa, kafil bo‘layotgan shaxs qarzdor 
majburiyatlari bo‘yicha qarz beruvchi oldida subsidiar (qo‘shimcha) javobgarlikni 
o‘z zimmasiga oladi.
 
Kafil shaxs sifatida faqat tijorat tashkilotlari emas, balki notijorat tashkilotlar 
ham chiqishi mumkin, masalan, jamoat va diniy tashkilotlar, matlubot jamiyatlari, 
xayriya fondlari va h.k. Kafil shaxs sifatida mulkdor moliyalashtirayotgan 
muassasalar, jumladan byudjet tashkilotlar ham xizmat qilishi mumkin, biroq, bu 
holda, tezkor boshqaruv huquqida mulkka egalik qilayotgan muassasa o‘z 
majburiyatlari bo‘yicha faqat unda mavjud pul mablag‘lari bilan javob beradi, ular 
yetishmagan holda esa, muassasa majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni tegishli mulk 
egasi o‘z zimmasiga oladi.
Kafil shaxslar bir nechta bo‘lishi ham mumkin, agar kafillik (kafolat) 
shartnomasida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular qarz beruvchi oldida 
birgalikda javob beradilar. Kafil bo‘layotgan shaxs qarzdor o‘rniga barcha 
majburiyatlar bo‘yicha javob beradi, jumladan jarima va foizlar to‘lash, yetkazilgan 
zararni oplash va h.k., agar kafillik shartnomasida boshqa narsa nazarda tutilmagan 
bo‘lsa.
Agar kafil shaxs qarzdor o‘rniga barcha majburiyatlarni bajargan bo‘lsa, unga 
qarz beruvchining barcha huquqlarii o‘tadi. Kafil shaxs qarzdordan uning o‘rniga 
to‘lagan pul miqdorinii qayta talab etish huquqiga ega.
Kafil shaxs qarzdor o‘rniga qarz beruvchiga nisbatan majburiyatlarni bajarsa, 
qarz beruvchi, qarzdorga nsbatan talablarni tasdiqlovchi hujjatlarni kafil shaxsga 
topshirishi va mazkur talabni ta’minlovchi huquqlarini o‘tkazishi lozim.
Agar qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarsa, kafillik (kafolat) 
tugaydi. Kafillik (kafolat), shuningdek, agar majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan 
vaqtdan bir yil o‘tib qarz beruvchi kafil shaxsga davo bildirmasa tugagan 
hisoblanadi. Agar majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa 
yoki talab etilish vaqti bilan aniqlangan bo‘lsa, kafillik (kafolat) kafillik (kafolat) 
shartnomasi tuzilgan kunidan ikki yil o‘tgandan keyin tugatqiladi.
Kafillik bitta yagona «kafillik shartnomasi» deb nomlangan hujjat tuzish bilan 
rasmiylashtirilishi mumkin. Ammo, amalda ayniqsa, bank faoliyatida, kafolat 
ananaviy ravishda kafolat xati shaklida rasmiylashtiriladi.
Kafolat xatlari bir shart bilan ishlatiladi va o‘zining yuridik ahamiyatiga ega 


43 
bo‘ladi - kafil shaxsning qarz beruvchiga yuborilgan kafolat xati qarz beruvchi 
tomonidan qabul qilib olinadi va u yozma ravishda ( xat, telegramma, 
telefonogrhamma yordamida) kafil shaxsga kafolat xatini olganligi haqida xabar 
beradi.
Agar, qarz beruvchi kafil shaxsga kafolat xatini olganligi haqida xabar bermasa, 
Arbitraj sudi kafillik (kafolat) berayotgan shartnoma matnidan foydalanadi. Agar
qarz beruvchi va kafil shaxs o‘rtasidagi shartnomada mazkur kafolat xatiga ishora 
mavjud bo‘lsa, unda kafil shaxs va qarz beruvchi o‘rtasida kafillikka (kafolatga) 
nisbatan tegishli shartnomaviy munosabatlar o‘rnatqilgan hisoblanadi. Kafolat xatiga 
ishora mavjud bo‘lmasa, qarz beruvchi va kafil shaxs o‘rtasida shartnomaviy 
munosabatlar o‘rnatilganligini tasdiqlovchi asos mavjud bo‘lmaydi, tomonlar 
o‘rtasidagi kafillik (kafolat) shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi.
Kafillik (kafolat) kafil shaxs tomonidan qarz beruvchi va qarzdor o‘rtasida 
tuzilgan shartnomaga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin, 
uning majburiyatlar kafil shaxs tomonidan ta’minlanadi.
Kafillik (kafolat) shartnomasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak:
aniq qaysi shartnoma, qaysi muddatga majburiyatga ega va qanday pul miqdoriga 
kafolatlanadi. Aks holda, kafillik shartnomasi haqiqiy deb hisoblanmasligi mumkin.
Garov. 
Garov tufayli, qarz beruvchi, garov bilan ta’minlangan majburiyat 
bajarilmasa, boshqa qarz beruvchilarga nisbatan garovga qo‘yilgan mulk bahosidan
olinishi mumkin. Garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi1998 yil 1 maydagi
№14-1 sonli «garov to‘g‘rishida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Agar boshqa narsa 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, arbitraj yoki sud qarori bilan, qarz beruvchining talablari 
garovga qo‘yilgan mulk bahosidan undiriladi. garov predmeti sifatida buyumlar
korxonaning qimmatli qog‘ozlari, mulkiy huquqlari, shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, garovga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan 
ixtiyoriy mulk qabul qilinadi.
 
Shartnomada yoki qonun hujjatlarida garovga qo‘yilgan mulk, garovga mulk 
qo‘yyuvchi ixtiyorida qolishi yoxud garovga qo‘yilgan mulk garov oluvchiga 
topshirilishi nazarda tutilishi mumkin.
Umumiy birgalikdagi mulk, faqat boshqa mulkdorlar roziligi bilan garovga 
qo‘yilishi mumkin.
Garov haqidagi shartnoma yozma ravishda tuzilishi kerak. Garov haqidagi 
shartnomada garov turini, garov bilan ta’minlangan talab mazmunini, uning 
miqdorini, majburiyatlarni bajarish muddatini, garovga qo‘yilgan mulkning tarkibi va 
bahosini belgilovchi shartlar, shuningdek, boshqa shartlar bo‘lishi shart.
Garov haqidagi shart garov bilan ta’minlangan majburiyat paydo bo‘layotgan 
shartnomaga kiritilishi yoki boshqa aloxida hujjat sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.

Garovga mulk qo‘yuvchilar
 – 
tadbirkorlik faoliyati subyektlari
– 
quyidagilarga 
majburdirlar:
 
– garovlarni qayd etish kitobini to‘ldirishi;
– garov yuzaga kelganidan keyin 10 kun o‘tgunga qadar kitobga, o‘z ichiga,
garov turi va predmetiga oid ma’lumotlar hamda garov ta’minlayotgan majburiyat 
miqdori haqida ma’lumotlarni olgan qaydni kiritish;


44 
– ixtiyoriy manfa’tdor shaxsga kitobni taqdim etish.
Garovga mulk qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqini 
saqlab qoladi, agar qonun va shartnomada aksi qayd etilmagan bo‘lsa. Bunda, 
faqatgina qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajara olmasagina, mulk 
garov ushlab turuvchiga o‘tadi.
Agar garov predmeti bo‘lib avval garovga qo‘yilib bo‘lgan mulk xizmat ilsa, u 
boshqa bir majburiyatning bajarilishini ta’minlasha, avvalga garovga olib 
turuvchining huquqlariini to‘laligicha saqlanib qoladi. Keyingi garovga olib 
turuvchining talabalari avvalgi garovga olib turuvchining talablari qondirilgandan 
so‘ng garov predmetining qolgan bahosidan qondiriladi.
Garovga olib turuvchi o‘z talablarini, majburiyatni o‘z vaqtida bajarmasligi bois 
yetkazilgan ziyon, foizlar, qonun va shartnomada nazarda tutilgan holda esa – jarima 
ham garovga qo‘yilgan mulk evaziga to‘la xajmda ondirish huquqiga ega.
Garovga qo‘yilgan mulk hisobidan qarzni undirish sud, Arbitraj sudi yok tretey 
sudi Qarori bilan amalga oshiriladi, agar qonunda boshqa narsa nazarda tutilmagan 
bo‘lsa.
Garovga qo‘yilgan mulkni jarima hisobiga to‘lash O‘zbekiston Respublikasining 
fuqarolik protsessual qonunchiligi asosida amalga oshiriladi, agar shartnomada 
boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə