O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Muzokaralardagi delegastiyalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135
KITOB

 
3.3. Muzokaralardagi delegastiyalar
Korxona vakillarining suhbati amaliyotdagi eng qiyin va murakkab, eng muhim 
va mas’uliyatli, eng qiziqarli va foydali tadbir hisoblanadi. 
Korxona vakillari suhbat olib borish sirlarini bilmasa, shu bilan birga o‘zi 
turgan mamlakatda o‘zaro foydali hamkorlik aloqalarini olib bormaydigan xodimning 
o‘zini to‘laqonli korxonaning vakil shaxsi deb hisoblashga ma’naviy huquqi yo‘qdir. 
Ko‘p hollarda tayyorlanadigan hujjat shaxsiy suhbatlar, uchrashuvlar, baxslar 
natijasidan iborat bo‘lishi mumkin. Mazkur hujjat korxona faoliyatini faol 
tomonlarini qayd etadi va umumlashtiradi.
Korxona vakillari suhbatlarining aniq vazifalari korxonaning tashqi siyosiy 
programmasi, milliy manfa’tlari va xorijiy korxona bilan o‘zaro munosabatlari 
xususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Korxona vakillari suhbati quyidagi maqsad va yo‘nalishlarga ega: 
- o‘zi turgan hamkor mamlakatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo, madaniy va 
ilmiy munosabatlarni rivojlantirish; 
- o‘z korxonasiining tashqi siyosatini bayon qilish; 
- o‘zi turgan mamlakat bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga intilish; 
- barcha qiziqtirgan masalalar bo‘yicha o‘zi turgan mamlakatning pozitsiyalarini 
aniqlash; 
- o‘zi turgan mamlakatning tashqi va ichki siyosati, unda ro‘y berayotgan 
siyosiy, iqtisodiy va boshqa jarayonlarni chuqur o‘rganish, korxona va jamoat 
arboblari haqida ma’lumotga ega bo‘lish; 
- o‘zi turgan mamlakat bilan o‘z korxonasi o‘rtasidagi ko‘p tomonlama 
aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar va takliflar haqida markazni doimo 
xabardor qilib turish. 
Muzokaralarning xalqaro-huquqiy asosi sifatida umumtan olingan 
prinsiplarni ko‘rsatish mumkin. Chunki, ko‘pchilik davlatlarning asosiy qonunlari 
mazkur prinsiplarga tayanadi. 
Muzokaralar institutini tartibga soladigan alohida Konvensiya mavjud emas. 
Faqat 1999- yil 20- yanvardagi BMT Bosh Assambleyasining “Xalqaro
muzokaralarni olib borish prinsiplari va qoidalari” nomli rezolyutsiyasi katta 
ahamiyatga ega.
Muzokaralar yuridik ahamiyatidan ko‘ra ko‘proq siyosiy ahamiyatga ega. 
Muzokaralar og‘zaki va yozma shakllarda bo‘ladi.
Muzokara jarayonida konferensiya ishtirokchilari, ya’ni kimlar ishtirok etishi
masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda delegatsiya vakolati davlat
boshlig‘i, hukumat boshlig‘i yoki tashqi ishlar organiga berilishi nazarda
tutilmoqda. Delegatsiya jo‘natayotgan davlat uning tarkibini belgilab beradi.
Konferensiya mansabdor shaxslari uning raisi, rais o‘rinbosari, konferensiya 
qo‘mitalarining har birining ma’ruzachisi, tahririyat qo‘mitasi raisi kabi mansabdor
shaxslardan iborat bo‘ladi. Ularni saylash yoki tayinlashda umumiy geografik 


53 
adolat tamoyiliga rioya qilinishi lozim. 
Konferensiyaning asosiy organlari plenum, bosh qo‘mita, tahrir qo‘mitasi,
vakolatlarni tekshiruvchi qo‘mita, asosiy qo‘mitalar, yordamchi organlar
kotibiyatdan iborat bo‘ladi. 
Korxonalar o‘rtasidagi aloqalar haqidagi 1961 yilgi Vena Konvensiyasining 3-
moddasiga muvofiq vakolatxonalarning bu xususdagi vazifasi quyidagilar: 
a) o‘zi turgan mamlakatda akkreditastiya qilingan korxonaning vakilining 
mavjud bo‘lishi; 
b) o‘zi turgan mamlakatda akkreditatsiya qilingan korxona va uning fuqarolari 
manfa’tlarini xalqaro huquq doirasida himoya qilish; 
s) o‘zi turgan mamlakat bilan muzokaralar olib borish; 
d) barcha qonuniy vositalar bilan o‘zi turgan mamlakatdagi sharoit va voqealarni 
aniqlash hamda ular haqida o‘z hukumatini xabardor qilish
e) ikki korxona o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rag‘batlantirish. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə