O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135
KITOB

 
Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:
www.gov.uz, 
www.cer.uz, 
www.tsue.uz, 
www.lex.uz, 
www.mf.uz, 
www.cbu.uz, 
www.mfа.uz, www.aci.uz, www.mf.uz, www.mineconomy.uz, 
www.stat.uz, www.imf.org, www.oecd.org, www.worldbank.org, www.wto.org, 
www.unctad.org  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


49 
III bob. XALQARO SHARTNOMALAR TUZISHDA MUZOKARALAR 
3.1.Muzokaralarga tayyorgarlik
3.2.Muzokara olib borish xulqi 
3.3.Muzokaralardagi delegastiyalar 
3.4.Vaqtni xis etish. Muzokaralar jarayonining ahamiyati 
3.5.Shartnoma va muzokaralar tili 
3.6.Muzokaralar olib borishdagi qoidalar
 
3.1. Muzokaralarga tayyorgarlik 
Korxona vakillari tomonidan uyushtiriladigan qabul xalqaro korxonalar 
o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga xizmat qiladi. 
Bunday qabullarda xorijiy korxona vakililari o‘z davlatlari siyosatini tushuntiradilar, 
o‘zlari turgan mamlakat haqida axborot to‘playadilar va muhim muamolalar bo‘yicha 
fikr almashadilar. Shuning uchun har bir qabul uning uyushtiruvchilari va 
mehmonlar uchun muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Qabul vaqtida korxona vakili uning korxonasini qiziqtirayotgan axborotlarni 
olish, boshqa manbalardan olingan axborotlarning qay darajada to‘riligini qiyoslash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘z korxonasining tegishli siyosatini ishlab chiqish uchun 
zarur bo‘lgan ro‘y berayotgan voqealarni ta’riflash korxona vakillari faoliyatining 
muhim sohasi bo‘lib, u hozirgi kunda yuqori baholanadi. 
 
Bunda axborot to‘plash shakli va usullari, tahliliy obyektivlarga salbiy ta’sir 
qiluvchi subyektiv holatlarga katta ahamiyat beriladi. Shu bilan birga korxona 
vakililari tayyorlagan hisobotlardan korxona tashqi siyosati yo‘nalashini belgilashda 
foydalanish ham muhimdir. Korxona vakillari uchrashuvlari Potsdam (1945 ), shu 
bilan birga Dubarton-Oks shaharlarida o‘tkazildi. 1945- yildagi San-Franstisko 
konferensiyasida BMT Ustavi qabul qilindi.
Hozirgi paytda ko‘p tomonlama korxona vakillari uchrashuvlari asosan ikki 
shaklda: aniq maqsadli chaqiriluvchi xalqaro anjumanlar va xalqaro tashkilotlar 
sessiyalari shaklida amalga oshirilmoqda.
Xalqaro anjumanlar ayrim hollarda kengash deb ham ataladi (Yevropa 
xavfsizlik kengashi). Ko‘p tomonlama korxona vakillarining yana bir yig‘ini xalqaro 
tashkilotlarning yillik sessiyalaridir. Bular BMT Bosh Asshambleyasining yillik 
sessiyasi, shu bilan birga ko‘p sonli tashkilotlarning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, 
YUNESKO, YUNISEF va boshqalarning shu kabi tadbirlari va boshqalar.
Xalqaro kengash, anjuman va tashkilotlarning turli-tumanligiga qaramay
ularning muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun muayyan tartibga, aniq me’yorlar va 
qoidalarga rioya qilishi lozimki, ular mazkur anjumanlarning faoliyatini tartibga solib 
turadi. 
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni (yangi tahriri 2017- yil 3- aprel) ning 14, 15 va 16 moddalari 
xalqaro shartnomalar tuzishda muzokaralar olib borishga bag‘ishlangan bo‘lib, 
quyida bu moddalar o‘z aksini topgan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə