O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
KITOB

 
Bobning qisqacha mazmuni 
Shartnoma loyixasini tuzish jarayonida savdo operatsiyasini bosqichlarga bo‘lib 
chiqiladi, Kim, nimani, qayerda va qachon amalga oshirishi detallashtiriladi.
Shartnomaning kirish qismida shartnoma soni, uni tuzish sanasi va joyi hamda 
shartnoma tuzuvchi tomonlar ko‘rsatiladi. Shartnomaning sanasi - uning tuzilish 
vaqti va amal qilishining yakun sanasini belgilashga, demak bundan kelib chiqadigan
huquqiy oqibatni aniqlashga ta’sir etadi.
Tashqi savdo shartnomasining tarkibini shartlar, tomonlarning huquqi va 
majburiyatlari tashkil etadi.
 
Shartnoma predmetida tomonlarning huquqlari va 
majburiyatlari har bir tomonning majburiyatlarni bajarish muddati va joyi, usuli 
ko‘rsatiladi.
Majburiyat-fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs 
(qarzdor) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga: 
chunonchi, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, pul to‘lash 
yoki muayyan harakatdan o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa-qarzdordan 
o‘zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi!
 
Shartnomaning qo‘shimcha shartlariga tovarning sifati , yetkazib berish va qabul 
qilish,transport shartlari, sug‘urtalash,yuklash hujjatlari, o‘rash va markirovkalash. 
fors-major holatlar, arbitraj va boshqa shartlar kiradi. 
Umuman olganda, shartnoma – bu shartnomadir va hech qanday niyatlarga oid 
bayonnoma uni o‘rnini bosolmaydi. Shunday bo‘lsa ham, bunday bayonnomani 
imzolagan shaxslar zimmasiga ma’lum majburiyatlar yuklayshi mumkin.
Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlovchi vosita sifatida 
qarzdorga mulkiy ta’sir o‘tkazishning qo‘shimcha choralarini ko‘rsatishi mumkin, 
ular qarzdorni o‘z majburiyatlarini bajarishga undaydi hamda, qarzdor shartnoma 
bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasa yoki zarur darajada 
bajarmasa, qarz beruvchi manfa’tlarini qonitiradi.


47 
Neustoyka-ikki tomondan birining shartnomadagi biror majburiyatni vaqtida 
bajarmaganligi uchun olinadigan jarima. Undan tashqari, xorijda majburiyatlarni 
bajarish uchun mulkka huquqni zaxiraga olib qo‘yish usulidan keng foydalaniladi. 
Kafillik (kafolat) shartnomasi qarz beruvchi va kafil bo‘lgan shaxs o‘rtasida 
tuziladi. Kafillik (kafolat) tufayli kafil bo‘layotgan shaxs boshqa shaxsning 
(qarzdorning) majburiyatlarni to‘la yoki ishman bajarishi uchun javobgarlikni o‘z 
zimmasiga oladi. qarzdorning mablag‘i (faqatgina pul mablag‘i emas, balki boshqa 
mulki ham) etmagan holda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada kafil 
bo‘layotgan shaxsning va qarzdorning birgalikdagi javobgarligi (birgalikda kafil 
bo‘lish) nazarda tutilmagan bo‘lsa, kafil bo‘layotgan shaxs qarzdor majburiyatlari 
bo‘yicha qarz beruvchi oldida shubsidi Har (qo‘shimcha) javobgarlikni o‘z 
zimmasiga oladi.
Garov tufayli, qarz beruvchi, garov bilan ta’minlangan majburiyatini bajarmasa,
boshqa qarz beruvchilarga nisbatan garovga qo‘yilgan mulk bahosidan olinishi 
mumkin. Garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi«garov to‘g‘rishida»gi 
qonuni bilan tartibga solinadi.
 
Mulkchilik huquqini zaxiralashda zaruriy shartlardan birlari, bu yetkazib 
berishning bazis shartlari va to‘lov shartlaridir. Chunki ular bitimning eng katta 
qismini bajaradilar. Masalan, narx-navo darajasi, transportirovka masalasi, sxema va 
hisob-kitob tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, chunki undagi yo‘l qo‘yilgan 
xato va kamchiliklar shartnomani bajarilishini qiyinlashtiradi.
Zararlarni hisoblash uslubi, majburiyatlarni bajarishdagi kechiktirishlar yoki 
kafolatlangan tovar harakteristikasidagi farqlarga qarab shartnoma tuzayotganda 
tomonlar o‘zaro kelishadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə