O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135
KITOB

 
5-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili. 
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining tili O‘zbekiston Respublikasining 


54 
davlat tili va boshqa ahdlashuvchi tomon tili hisoblanadi. 
Boshqa ahdlashuvchi tomon bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi 
xalqaro shartnomasining tili sifatida boshqa til tanlanishi mumkin. Xalqaro 
shartnoma matni tuzilgan til mazkur shartnomada ko‘rsatiladi va uning matnining 
autentikligi va rasmiyligi belgilanadi
9

Shartnomalar tili muammosi mavjud amaliy ma’noga ega
10
. Har bir til 
tegishli huquqiy tizimning o‘ziga xosligini tasvirlaydi. Huquqiy tizimlarning o‘ziga 
xosliklaridan kelib chiqib, shartnomada ishlatilgan 
tushuncha yoki termin turli tarzda tushunilishi mumkin. 
Masalan, ingliz tilida so‘zlashuvchi davlatlarda turli xildagi majburiyatlarni 
bildiruvchi 2 ta atama mavjud: 

yoki 
Ikki tomonlama shartnomalar ikkala taraf tilida tuziladi. Ikkala matn ham teng 
kuchga, aniqlikka, ishonchlikka ega. Tillar o‘rtasida nomutanosiblik kelib chiqqan 
vaziyatlarda shartnoma uchta tilda tuziladi. Barcha matnlar autent (asliga muvofiq) 
hisoblanadi, biroq nomutanosiblik holatida uchinchi til ustunlikka ega bo‘ladi.
Masalan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi shartnomalar o‘zbek, qozoq 
va rus tillarida tuziladi. Barcha matnlar autent hisoblanadi. Nomutanosiblik 
holatlarda ustunlik rus tiliga beriladi. 
Ko‘ptomonlama shartnomalarda bir necha tillarda tuziladi. BMT tashabbusi 
bilan qabul qilinadigan universal konvensiyalar 6 ta rasmiy tilda – ingliz, arab, 
ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida tuziladi. 
Matnlarning autentliligi ularning shartnoma tarkibini teng ravishda aks 
ettirishini bildiradi. Shuning uchun Vena Konvensiyasiga muvofiq
nomutanosiblik holatida “shartnoma obyekti va maqsadini hisobga olgan holda,
bu matnlar eng qulay kelisha oladigan ma’no e’tiborga olinadi” (4-band, 33-
modda). 
Har xil tilli matnlar bilan bog‘liq barcha qiyinchiliklarga qaramay, xalqaro
huquqshunoslikning doimiyligi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tushuncha
va normalaridan iborat yagona tilni shakllanishi jarayonini uyg‘otib turadi. Bu
jarayon nafaqat xalqaro huquq uchun balki tobora xalqaro huquq bilan o‘zaro
faol harakat olib borayotgan ichki huquq uchun ham katta ahamiyatga ega. 
Vena konvensiyalarida mazkur masalaga alohida modda bag‘ishlangan bo‘lib, 
bu vazifa nafaqat murakkabligi bilan, balki amaliy ahamiyatga ham egaligi bilan 
ajralib turadi. Turli tildagi matnlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar nafaqat
xalqaro huquq amaliyotida, balki davlatlaring ichki huquqi amaliyotida ham doimiy
ravishda yuzaga kelib turadi.
“Rasmiy matn” deganda aynan “rasmiy tarjima” atamasini tushunish 
maqsadga muvofiq. Bu tushunchalar autentliligi belgilangan shartnomalarning
9
http://lex.uz, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami 
10
Лукашук И.И. Язык международных договоров//РЕМП. 1992. СПб., 1994. – C.22. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə