O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 BMT Konvensiyasi bo‘yicha shartnoma imzolash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135
KITOB

4.4. BMT Konvensiyasi bo‘yicha shartnoma imzolash 
BMT Konvensiyasi mandatida (YUNSITRAL) xalqaro savdo huquqlarini 
tenglashtirish va unifikatsiyalash belgilab qo‘yilgan. Xalqaro savdo huquqlarini 
unifikatsiya qilishning asosiy maqsadi xalqaro savdo sotiq munosabatlarida yuridik 
jihatdan aralashuvni qisqartirishdan iboratdir. 1966- yilda BMT Bosh Assambleyasi 
tomonidan YUNSITRAL xalqaro tashkiloti tuzildi. 
YUNSITRAL o‘z faoliyati davoimda to‘rtta qonuniy hujjatga asos soldi. 
Ulardan birinchishi bu tovarlar oldi–sotdi shartnomalari bo‘yicha xalqaro 
Konvensiya (KMKPT). Ikkinchi meyoriy hujjat – 1974- yilda Nyu – York shaxrida 
qabul qilingan xalqaro tovarlar oldi – sotdisida muhim ahamiyat kasb etdi. 
Uchinchi qonuniy hujjat – bu 1978- yilda qabul qilingan tovarlarni dengiz yo‘li 
orqali ortib jo‘natish bo‘yicha BMTning Konvensiyasi bo‘lib, mazkur meyoriy hujjat 
shuningdek Gamburg qoidalari deb ham tanilgan bo‘lib, xalqaro konosamentlarni 
nazorat qiladi. 
1987- yilning avgust oyida YUNSITRAL xalqaro miqyosda oddiy va o‘tkazma 
veksellar to‘g‘risidagi Konvensiyani qabul qilgan bo‘lib, mazkur Konvensiya BMT 
bosh Assambleyasi tomonidan 1988- yilda tasdiqdan o‘tgan. Bundan tashqari 
YUNSITRAL xalqaro tashkiloti 1976- yildagi arbitraj qoidalarini qabul qildi.
YUNSITRAL tarkibiga 36 ta a’zo mamlakat va qariyb shuncha kuzatuvchi 
sifatidagi mamlakatlar kiradi. 
Tovarlarni oldi-sotdisi bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
konvensiyasi
Nyu – York.11 – 12 aprel 1988- yil 
Kotibiyat xati: 
Xalqaro miqyosda tovarlarni oldi – sotdisini nazorat qiluvchi yagona haqiqiy 
meyoriy hujjatni tayyorlash 1930- yilda shaxsiy huquqlarni unifikatsiya qilish xalqaro 
tashkiloti tomonidan Rim shaxrida boshlangan. Ikkinchi Jaxon Urushi natijasida 
vujudga kelgan vaziyat tufayli yuz bergan uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng mazkur 
loyixa 1964- yilda Gaaga shaxrida o‘tkazilgan diplomatik konferensiyada tanishtirildi 
va ikkita Konvensiya, yani «tovarlar oldi – sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi» qonun
va «Tovarlar oldi – sotdi shartnomalarini tuzish to‘g‘risidagi» qonun qabul qilindi.
Mazkur ikkita Konvensiya imzolangandan so‘ng ularga qarshi ko‘pgina salbiy 


65 
fikrlar bildirila boshlandi. Buning natijasida yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni 
bartaraf etish maqsadida YUNSITRAL xalqaro tashkiloti mazkur ikkala 
Konvensiyani o‘rganib chiqishga qaror qildi. Qanday o‘zgartirishlar mazkur ikkita 
meyoriy hujjatni turli huquqiy va ijtimoiy – iqtisodiy tizimdagi mamlakatlar 
tomonidan keng miqyosda tan olinishi mumkinligini aniqlashni o‘z oldiga maqsad 
qilib qo‘ydi. Ushbu o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 1980- yilning 11- aprel sanasida 
diplomatik Konferensiya tomonidan xalqaro tovarlar oldi – sotdi shartnomalari 
to‘g‘risidagi Konvensiya qabul qilindi. 1988- yilning 31- yanvarida Konvensiyaning 
ishtirokchilari yana to‘rtta davlatga ko‘paydi, ular Avstriya, Meksika, Finlandiya va 
Shvetsiya davlatlari edi. Konvensiya to‘rtta katta bo‘limdan tashkil topgan. Birinchi 
bo‘limi Konvensiya qo‘llanilish sohalariga taaluqli va umumiy qoidalardan tashkil 
topgan. Ikkinchi bo‘limda xalqaro miqyosda tovarlar oldi – sotdi shartnomalarini 
imzolashni tartibga soluvchi huquqiy qonuniy meyorlardan iborat. Uchinchi bo‘lim 
sotuvchi va xaridorlarning majburiyatlari va huquqlariga taaluqlidir.
Konvensiyaning qo‘llanilish sohalari va umumiy qoidalari.
BMTning xalqaro 
miqyosda tovarlar oldi – sotdisi bo‘yicha (KMKPT)ni ko‘rsatadigan faoliyat sohalari 
Konvensiyaning birinchi oltita moddasida o‘z aksini topgan. Konvensiyada 
qo‘llanish sohalariga nima kiradi va nima tegishli emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. 
3 – moddada oldi – sotdi shartnomalari va xizmat ko‘rsatish shartnomalari 
o‘rtasidagi mavjud ikkita farq ko‘rsatib o‘tilgan. Qayta ishlash yoki ishlab chiqarish 
uchun mo‘ljallangan tovarlarni yetkazib berish shartnomasi oldi – sotdi shartnomasi 
hisoblanadi, qachonki tovarlarga buyurtma beruvchi tomon mahsulot tayyorlash yoki 
qayta ishlash uchun muhim bo‘lgan materiallarni yetkazib berish majburiyatini o‘ziga 
olmagandagina yuz beradi. Qachonki tovarlarni yetkazib beruvchi tomonlarning 
majburiyatlari asosan biror bir ishni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish bilan belgilangan 
bo‘lsa, Konvensiya qo‘llanilmaydi. 
Ko‘pgina mamlakatlarda oldi – sotdi munosabatlarining hamma urinishlari 
maxsus qonuniy va huquqiy meyorlar bilan tartibga solinib turiladi. 
Bir qancha moddalarda (4 – modda) Konvensiyaning predmeti shartnoma tuzish 
bilan bog‘liq muammolar, shuningdek shartnomadan kelib chiquvchi sotuvchi va 
xaridorning huquqlari va majburiyatlari bilan cheklanadi. Xususan, Konvensiyada 
shartnomaning haqiqiylik muddati, sotilgan tovarga egalik qilish huquqi yoki tovarga 
jismoniy shikast yetkazilgan holda sotuvchining majburiyatlari bo‘yicha yuzaga 
keladigan muammolarga to‘xtalmagan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə