O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Vena Konvensiyasining amal qilish sohasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135
KITOB

 
4.3. Vena Konvensiyasining amal qilish sohasi 
Konvensiyaning 91-moddasiga muvofiq, uni imzolagan davlatlar tomonidan 
ratifikatsiya qilinishi, qabul qilinishi yoki tasdiqlanishi kerak. Shunday qilib, 
ishtirokchi-davlat Konvensiya majburiyligiga rozilik berishi ratifikatsiyadan farqli 
shaklda ham bo‘lishi mumkinkiligi nazarda tutilgan. Har holda, Konvensiyaning 
yakuniy bandlaridan ko‘rinib turibdiki, uning tuzuvchilari mazkur hujjatni 
faqatgina ratifikatsiya qilish kerak degan fikrdan yiroq edilar. Shuningdek
“O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi FK ga muvofiq
faqatgina ratifikatsiya federal qonun shaklida amalga oshirilishi lozim (17-modda), 
shartnomani qabul qilish yoki tasdiqlash esa, mazkur shartnomani qabul qilish 
qaysi idora zimmasida bo‘lishiga qarab federal qonun shaklida ham, O‘zbekiston 
RespublikasiPrezidenti, O‘zbekiston RespublikasiHukumati, ijro xokimiyatining 
federal idoralari aktlari shaklida ham (6-moddaning 2-bandi, 20-modda) amalga 
oshirilishi mumkin.
Shunday qilib, tomonlar munosabatlari MDH tasir doirasiga ham, 1980 
yildagi mahsulotlarni xalqaro savdo-sotiq shartnomalari haqidagi Vena 
Konvensiyasi tasir doirasiga ham tushib qolsa, birinchi navbatda MDH bandlari 
bajarilishi lozim, Konvensiya esa subsidiar (yordamchi) holatda ishlatiladi.
Xalqaro shartnomalardan foydalanilganda hakamlar va munosabat 
ishtirokchilari ularni izohlash zaruriyatiga duch keladilar. Bunda izohning, 
xalqaro huquqda, avvalambor, 1969-yildagi xalqaro shartnomalar haqidagi Vena 
Konvensiyasida nazarda tutilgan vositalari ishlatilishi zarur (31-33-modda). 
Izohlashning asosiy vositalari - bu bevosita shartnomaning matni (jumladan, so‘z 
boshi, ilovalar hamda shartnomaga ta’luqli ixtiyoriy bitimlar va hujjatlar). 
Shartnomaga izohning yoki uning bandlaridan foydalanishga doir ishtirokchilar 
o‘rtasidagi keyingi ixtiyoriy kelishuv, “Xalqaro huquqning ixtiyoriy mos 
meyorlari”dir. Tomonlarning rejalarini aniqlashtirish uchun izohlashning 
qo‘shimcha vositalariga, jumladan shartnoma tuzishda ishlatilgan tayyorlov 
hujjatlari va vaziyatlariga murojat etish mumkin. 
Fuqaro-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi aksariyat shartnomalar o‘z 
ichiga izohlashga oid qoidalarni oladi. Masalan, 1980 yildagi mahsulotlarni 
xalqaro savdo-sotig‘i shartnomalari haqidagi Vena Konvensiyasi 7-moddasining 1 
bandida takidlanishicha: “Mazkur Konvensiyani izohlashda xalqaro xususiyatlarni 
hamda undan foydalanishda umumiylikka erishish borasida ko‘maklashish 
zaruriyatini hisobga olish lozimdir”. 1988- yilda qabul qilingan xalqaro moliyaviy 
lizing haqidagi Konvensiyaning 6-moddasida, 1988- yildagi xalqaro o‘tkazish 
veksellari va oddiy veksellar haqidagi Konvensiyaning 4-moddasida ham aynan 
shunday bandlar mavjud. 


64 
Ko‘p tildagi shartnomalarni izohlashda va ulardan foydalanishda ham ma’lum 
muammolar yuzaga keladi. Bunda quyidagi qoidalarga: shartnomalarni turli tildagi 
matnlarini maksimal darajada ishlatish qoidasi, turli tildagi matnlarda aks etgan 
umumiy manoni o‘rnatish qoidasiga amal qilish lozim. Masalan, 1980 yildagi 
mahsulotlarni xalqaro savdo-sotig‘i haqidagi shartnomalari Vena Konvensiyasining 
1-moddasida keltirilgan “tomonlarning tijorat korxonasi” degan iboraning oddiy
ma’nosini sof ingliz tilidagi mazmuniga muxrojat etmasdan anglash oson emas. 
Mazkur tushunchani izohlash natijasida gap xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida 
namayon bo‘layotgan korxona haqida yoki fuqarolik huquqlari obektlari haqida 
emas, balki ish operatsiyalarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan doimiy joy 
haqida borayotganini anglash mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə