O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqida



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135
KITOB

 
4.2. Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqida 
1980 Vena Konvensiyasi 
Tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga solish xalqaro shartnomalar, xalqaro urf-
odatlar hamda xalqaro tashkilotlarning aktlari bilan amalga oshiriladi.
Ichki meyoriy aktlardan farqliroq, xalqaro shartnoma bu – davlatlarning 
shartnomaviy meyorlar mazmuni (yani, shartnoma matni) xususidagi kelishuvi va 
ushbu meyorlarning shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar uchun yuridik 
majburiy meyorlar sifatida tan olinishidir. 
Agar shartnoma mazmunidan, undan foydalanish uchun davlat ichki aktlarini 
tuzish talab etilmasa, bevosita xalqaro shartnoma meyorlaridan foydalaniladi. 
Bunda, O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalarining meyorlaridan bevosita 
foydalanishga imkon bermaydigan xususiyatlar qatoriga, jumladan shartnomada 
qayd etilgan, ishtirokchi davlatlar tomonidan o‘z ichki qonun hujjatlariga 
o‘zgartirishlar 
kiritish 
haqidagi 
ko‘rsatmalar 
kiradi. 
O‘zbekiston 
Respublikasixalqaro shartnomalari yuridik kuchining nishbati bir qator omillarga 
boјliq:
1) shartnoma qabul qilish darajasidan (davlatlararo, hukumatlararo, 
idoralararo);
2) rozilik berish shaklidan (ratifikatsiya, qabul qilish, qo‘shilish va boshqalar);
3) shartnomani tadbiq etish usulidan (fakultativ yoki majburiy). O‘zbekiston 
Respublikasihukumati tomonidan majburiyligiga rozilik berilgan O‘zbekiston 
Respublikasixalqaro shartnomalari, O‘zbekiston RespublikasiHukumati Qarorlari
O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti farmonlari, shuningdek, ijro xokimiyatining
idoralari aktlari oldida ustunlikka ega. O‘zbekiston Respublikasifuqarolik 
munosabatlarini tartibga soluvchi idoralararo xalqaro shartnomalari faqatgina 
mazkur idora aktlariga nisbatan ustunlikka ega. 
Masalan, MDHga azo davlatlarning tashkilotlari o‘rtasida mahsulotlarni 
yetkazib berish umumiy shartlariga oid Bitimining (MDH, YUS) hamda 1980 
yildagi mahsulotlarni xalqaro savdo-sotig‘i to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasiga 


62 
mutanosibligi masalasini o‘rganib chiqamiz. Bu yerda M.G.Rozenbergning nuqtai 
nazarini asosli deb hisoblash mumkin, uning fikricha, 1980- yilda qabul qilingan 
Vena konvestiyasining 90-moddasiga ko‘ra, bu Konvensiya mazkur davlatlar 
qatnashgan boshqa xalqaro shartnomalar ijrosiga ta’sir etmaydi.
Shuning uchun, agar shartnoma MDH, YUS amal qilish sohasiga tegishli 
bo‘lsa, unda aynan shu hujjatdan foydalaniladi.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi FK ga 
tayanib, quyidagicha takidlanadi, 1980- yildagi Vena Konvensiyasining 90-
moddasida “Xalqaro bitim” tushunchasi faqat ratifikatsiya qilingan shartnomalarni 
nazarda tutadi. Bu tasdiqlarga quyida keltirilgan sabablarga ko‘ra qo‘shilish qiyin:
Birinchidan, 1980- yildagi Vena Konvensiyasining 90-moddasini inkor etish 
mumkin emas, chunki biror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yangi 
xalqaro shartnoma mavjud bo‘lsa, unda u bu vaziyatda o‘zi mazkur munosabatlarni 
tartibga solishdan voz kechadi.
Ikkinchidan, Vena Konvesiyasining ratifikatsiya qilinganligiga hamda 
1992- yildagi Bitim hukumatlararo akt ekanligiga ishora o‘z-o‘zidan yuridik 
mohiyat masalani hal etmaydi. 1969- yildagi xalqaro shartnomalarda huquq
to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi hamda umumiy xalqaro huquq qoidalariga ko‘ra 
har bir xalqaro shartnoma majburiy shartda bajarilishi kerak. Adabiyotda haqqoniy 
takidlanganidek, davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo shartnomalar 
o‘rtasidagi tafovutlarga qaramay, “ularning barchasi, umuman olganda, davlat 
shartnomalari hisoblanadi” va ularning darajasidan qatiy nazar, “ Xalqaro huquqga 
muvofiq bir xil yuridik kuchga egadir” 
Biroq, takidlash joizki, xalqaro shartnomalarning o‘zaro mutanosibligi 
haqidagi masala mutloq qo‘yilmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi“Xalqaro 
shartnomalarining Arbitraj masalalariga qo‘llanishi haqida”gi Qarorida 
takidlanishicha: “Ikki tomonlama xalqaro shartnoma hududiy va umumiy 
xususiyatdagi ko‘p tomonlama shartnomalarga nisbatan maxsus meyoriy akt 
hisoblanishini sud inobatga oladi”. Shunday qilib, maxsus meyoriy akt umumiy 
akt oldida ustunlikka ega. 
Uchinchidan, “O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi 
FK asosida qurilgan, yuridik kuchiga oid xalqaro shartnomalarning mutanosiblik 
ierarxiyasi faqatgina xalqaro shartnomalarning O‘zbekiston meyoriy aktlariga 
nisbatan yuridik kuchining nishbatiga tegishlidir. Ratifikatsiya qilingan xalqaro 
shartnoma O‘zbekiston RespublikasiHukumatining qaroriga nisbatan ustunlikka 
egaligi haqidagi faktdan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnoma hukumatlararo 
xalqaro shartnomadan ustun ekanligi kelib chiqmaydi. Bunday yondashuv
qonunga o‘ta keng mano berish deb, hisoblanishi mumkin.
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari tizimida aynan 
ratifikatsiya qilinganlari eng yuqori yuridik kuchga ega. Biroq, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutstiyasi “O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari 
to‘g‘risida”gi FKda bizga quyidagini xulosa qilishga imkon beradi. Xalqaro 
shartnomalar meyorlarining O‘zbekiston Respublikasiqonunlari meyorlariga 
nisbatan ustunlik qoidasi faqatgina ratifikatsiya qilingan va O‘zbekiston 


63 
Respublikasida rasman e’lon qilingan xalqaro shartnomalarini nazarda tutadi, 
O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari meyorlarini ichki davlat 
munosabatlariga qo‘llash qoidasini, faqatgina shu shartnomalarni bajarishga 
rozilik ratifikatsiyadan boshqa shaklda berilgani uchun ishlatmaslikka asos yo‘qdir. 
Bu yerda, rozilik aynan federal qonun shaklida berilgani katta ahamiyatga ega.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə