O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135
KITOB

Birinchidan
, chet el raqibi bilan shartnoma shartlarini muvofiqlashtirayotganda, 
uni to‘g‘ri tuzish tartibini belgilovchi qonun-qoidani bilish kerak; 
Ikkinchidan
, agar tomonlarning biri imperativ huquqiy normalarga qarshi 
bo‘lgan shartnomaning muvofiqlashtirilgan shartlarini bajarmasa, ularni sud tartibida 
taqsimlab bo‘lmay qoladi.
Uchinchidan
, shartnomani tuzayotib, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisa va 
holatlarni oldindan bilib, ularga mos ravishda shartlarni qo‘yish mumkin emas; 
Agar shartnoma bo‘yicha yuz bergan salbiy holat, shartnomada ko‘zda 
tutilmagan bo‘lsa, u holda belgilangan mamlakatning kolizion normalari bilan hal 
etiladi. Lekin, ayrim holatlarda mamlakatlarning kollizion normalari bir-birlariga 


40 
qarama-qarshilik qiladi. U holda, kollizion normalarni unifikatsiya qilishga 
mo‘ljallangan xalqaro Konvensiyalar orqali xal etiladi. (masalan 1955-1986 
yillardagi Gaaga Konvensiyasi). 
Tashqi savdo bitimini tuzayotib, tomonlar huquqlariini belgilashlari kerak 
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, tashqi savdo bitimidagi munosabatlar qaysi 
qonunchilik asosida amalga oshirilishi yoki tartibga solinishini belgilash kerak 
bo‘ladi. Lekin, bitimga qo‘yiladigan shartlar, ikki tomonning kelishuvi asosida 
amalga oshiriladi. Bunday qonunchilikni tanlash avtonomlik prinsipi deyiladi. 
Ko‘pgina mamlakatlarda shartnomalarni lokalizastiyalash printsipi joriy etilgan: 
bunda tomonlar tuzayotgan bitim bilan bog‘liq har qanday huquqni tanlash 
imkoniyatiga ega boladilar. Yuqoridagi avtonomlik printsipidan kelib chiqqan holda, 
shuni aytish mumkinki, tashqi savdo bitimini tuzayotganda tomonlar qaysi 
qonunchilik asosida boshqarilib turishini ko‘rsatib o‘tmasalar, u holda quyidagi aniq 
manziliga ega bo‘lgan tomonlar faoliyat ko‘rsatib, ular mamlakatining qonuni asosida 
boshqarilib, tartibga solinib turiladi: 
Shartnomadagi majburiyatlar nuqtai nazaridan, shartnomaning shartlari ikkiga 
yani majburiy va qo‘shimcha shartlarga bo‘linadi. Shartnomaning 
majburiy shartlari
– bu zaruriy shartlar bo‘lib, bitimni ijro etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan eng muhim va 
printsipial masalalarni mujassamlashtirgan va shartnomaning shartida albatta 
ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan shartlardir. Modomiki, ularning birortasi ifoda etilmasa
bitimni ijrosi qiyinlashadi, ayrim hollarda esa umuman bajarib bo‘lmaydi. Boshqacha 
qilib aytganda bu shunday baza, asoski, usiz shartnoma tashqi savdo shartnomasi deb 
hisoblanmaydi. Bu borada shuni nazarda to‘tish kerakki, normal tashqi savdo 
shartnomasi faqatgina majburiy shartlar bilangina chegaralanib olishi kerak emas. 
Unda shuningdek, ananaviy ravishda qo‘shimcha shartlar, bitimni bajarish jarayonida 
duch kelishi mumkin bo‘lgan barcha nyu’anslar nazarda tutilib, bitimning 
bajarilishini maksimal ravishda engillashtiruvchi shartlar aks ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə