O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135
KITOB

 
2.3. Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi 
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, agar shartnomaning barcha ahamiyatli 
shartlari bo‘yicha tomonlar bir to‘xtamga kelgan bo‘lsalar, shartnoma tuzilgan 
bo‘ladi. Shartnoma tuzilgan vaqt deb, kelishuvga belgilangan shakl berilgan vaqt 
hisoblanadi.
Shartnomalar bir necha usulda tuziladi, ulardan asosiylari quyida keltirilib, tahlil 
etilgan. Ammo, ixtiyoriy holda, shartnoma tuzish usuli ishtirokchilar ixtiyorida qoladi 
hamda aniq bir shartnomaning xususiyati va ixtisosiga bog‘liqdir.
Oldi-sotdi shartnomasi
 
-tashqi savdo operatsiyalari ishtirokchilarining huquq va 
majburiyatlarini 
belgilaydigan 
asosiy 
tijorat 
hujjati 
bo‘lib, 
unda 
savdo 
ayirboshlashiga doir harakatlar majmui bayon etiladi. 
Shartnomaning amal qilish mexanizmi asosiga uning tarkibi, taraflarning o‘zaro 
majburiyatlari hajmi, to‘lov shartlari, yetkazib berishlarning bazis shartlari, 
sug‘urtalash shartlari, texnik shartlar, shartnoma pozitsiyalarini buzganlik uchun 
sanktsiyalar qo‘yilgan. Demak, tashqi savdo shartnomasining mexanizmi deb tashqi 
savdo bitimi tarkibiy unsurlarining majmui va ularning kontragentlar bilan 
kelishilgan yuridik meyorlarga muvofiq, hamkorligini hisoblash mumkin. 
Fuqarolik kodeksiga ko‘ra, 
shartnoma 
- bu ikki tomonlama yoki ko‘p 
tomonlama tuziladigan bitimdir. Doktorinada esa shartnoma deganda, tomonlarning 
o‘z huquqi va majburiyatlarini o‘rnatishi, o‘zgartirishi va tugatishi tushuniladi. Oldi-
sotdi shartnomasida kamida 2 ta subyekt ishtirok etadi, aks holda, kelishuv 


31 
bo‘lmaydi. Xalqaro oldi-sotdi shartnomasi-bu shunday hujjatki, unda sotuvchi 
shartnomada ko‘rsatilgan tovarni ikkinchi tomonning mulkiga o‘tkazib berishi kerak. 
Ikkinchi tomon ham o‘z navbatida tovarni qabul qilib, uning pulini to‘lab berishi 
kerak.
Shartnomalar quyidagicha rasmiylashtirilishi mumkin: 
• muddatli shartnoma - tovarni qatiy belgilangan muddatda yetkazib berilishini 
nazarda tutadi va muddat buzilgan taqdirda xaridor shartnomani bekor qilishga 
haqlidir; 
• uzoq muddatli shartnoma - 3-5 yil va undan ko‘proq muddatga tuziladi; 
mahsus shartnoma - loyixalash, montaj ishlari, texnik xizmat ko‘rsatish, 
sinovlar o‘tkazishga va xokazolarga tuziladi; 
• chegarali shartnoma - keyin aniqlashtirilishi kerak bo‘lgan asosiy shartlarnigina 
o‘z ichiga oladi; 
• niyatlar shartnomasi - xaridorning tovarni qatiy majburiyatlarsiz xarid qilish 
niyatini belgilaydi. 
Bayon etish shakliga ko‘ra oldi - sotdi shartnomalari yozma shaklda tuzilishi 
kerak. Lekin xalqaro amaliyotda ko‘pincha bitimlar og‘zaki shaklda, telefon orqali, 
auksionlar, birjalarda tuziladi. Biroq keyin og‘zaki kelishuv albatta yozma shartnoma 
bilan tasdiqlanib, ikkala taraf tomonidan imzolanadi. Shu paytdan boshlab 
taraflarning majburiyatlari ham paydo bo‘ladi. 
Ko‘pincha xalqaro savdoda ikki tarafli shartnomalar uchraydi, shuning uchun 
uning tarkibi, tuzilishi, amal qilish jarayoniga zarur etibor berilishi kerak. 
Xalqaro oldi-sotdi shartnomalarining turli ko‘rinishlari mavjuddir:
Birlamchi yetkazib berish shartnomasi- bir vaqtning o‘zidagi kelishuv bo‘lib, 
shartnomada ko‘rsatilgan tovar miqdorini, belgilangan muddatdagi sanada yetkazib 
berishdir. Tovarni yetkazib berish belgilangan muddat ichida bir yoki bir necha 
marotaba amalga oshiriladi. Belgilangan majburiyatlar bajarilishi bilan shartnoma 
bekor qilinadi. Birlamchi shartnomalar qisqa muddatli va uzoq muddatli yetkazib 
berishli shartnomalari bo‘lishi mumkin.
Davriy yetkazib berishli shartnomalari- belgilangan miqdordagi tovarlar 
Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə