O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135
KITOB

Shartnomaning tuzilishi 
Shartnomaning umumiy holdagi tuzilishini (2.2.1-jadval) orqali ko‘rishimiz 
mumkin. 
Shartnomaning kirish qismida shartnoma soni, uni tuzish sanasi va joyi hamda 
shartnoma tuzuvchi tomonlar ko‘rsatiladi. 
Shartnomaning sanasi - uning tuzilish vaqti va amal qilishining yakun sanasini 
belgilashga, demak bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatni aniqlashga tasir etadi.
Agar tomonlar shartnomani har xil vaqtda imzolashsa, u oxirgi tomon 
imzolagandan keyin haqiqiy hisoblanadi.
Aksariyat hollarda kirish qismida shartnomaning nomi ham ko‘rsatib o‘tiladi 
(savdo-sotiq shartnomasi, komissiya sharnomasi, yuk yetkazib berish shartnomasi
vositachilik xizmatlarini ko‘rsatishga oid shartnoma va h.k.). Bu esa huquqiy 
munosabatlarning xususiyatini aniqlab olishga va, mos ravishda, shartnomaning tub 
mohiyatini uning matnini o‘qimasdan turib tushunishga imkoniyat beradi.
Ta’kidlab o‘ganimizdek, shartnoma preambuladan boshlanadi. Unda 
tomonlarning to‘liq yuridik nomlari ko‘rsatiladi hamda qaysi tomon sotuvchi va qaysi 
tomon sotib oluvchiligi ham ko‘rsatiladi. Shartnomaning birinchi betida 
rasmiylashtirish raqami, joyi va tomonlarning qo‘l o‘ygan kuni ko‘rsatiladi. 
Masalan, Shartnoma №20571 elektron tovarlar eksporti. 
Toskent sh. 29.04.17y. 
"Sotuvchi" - "Elektro" korxonasi. Toskent sh. 
"Sotib oluvchi" - AOOT "Strela" Riga sh. 
Shartnomaning predmeti.
 № 
Bo‘lim nomi 
Mazmuni 
1. 
Kirish 
Shartnoma soni, shartnoma tuzish joyi va sanasi, tomonlar 
nomi
2. 
Shartnoma predmeti
Tovar nomi va uning tavsiflari
3. 
Yetkazib berish bazisi 
Tavakkalchilikni o‘tishi vaqti, INKOTERMS 2010 
4. 
Narxi 
O‘lchov birligi, narx bazisi va darajasi, mustaxkamlash usuli
5. 
To‘lovlar 
Valyuta, to‘lov muddati va shakli. 
6. 
O‘ralishi 
Turi, sifati, o‘lchovlari, to‘lov usuli va markirovka
7. 
Yuk ortish tartibi
Ogohlantirish 
8. 
Topshirish-qabul qilib 
olish 
Xususiy mulkga o‘tkazish 
9. 
Reklamatsiya 
Sifati va miqdoriga oid davolar, taqdim etish muddati va 
bartaraf etish tartibi.
10. 
Kafolatlar 
Amal qilishning va xizmat ko‘rsatishning kafolatli muddati
11. 
Jarima sanktsiyalari
Penya, jarimalar 
12. 
Fors-major 
Tomonlarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan ozod 
etish
13. 
Arbitraj 
Nizolarni hal etish tartibi, Arbitraj organi va joylanishi


26 
Bu bo‘limda tashqi savdo shartnomasining ko‘rinishi, tovar va uni yetkazib 
berishning bazis shartlari qisqa qilib ifodalanadi. Masalan, unda bunday ko‘rsatilishi 
mumkin. Ko‘p hollarda shartnomalar rus tili va ingliz tillarida tuzilganligi uchun, rus 
tilidagi ko‘rinishini ko‘raylik: " Продавец продал, а Покупател купил на условиях 
FOB ( в редакциях INKOTERMS-2010), порт г. Санкт-Петербург три фрезерно
станка типа….."

Agar shartnomaning predmeti bo‘lib, murakkab texnologik 
xarakterdagi tovar bo‘lsa, odatda shartnomada "Texnologik shartlar" yoki 
"Texnologik spetsifikatsiyalar" kabi maxsus bo‘limlar ko‘rsatiladi. Bu holda" 
shartnomaning predmeti" degan bo‘limda tovarga qisqacha ta’rif berilib, maxsus 
bo‘limlarga xavola etiladi va ushbu bo‘limda tovarning texnologik tavsifnomalari 
berilib, uning qiymati ko‘rsatiladi. Bu borada o‘lchov birligini hisobga olib, uni 
ko‘rsatish zarur. Katta hajmdagi tovarlar savdosida og‘irlik o‘lchov birliklari bilan 
o‘lchanadigan tovarlarni shartnomada ko‘rsatilganidek og‘irlikda yuklash juda 
mushkuldir. Masalan, ruda metallarini yoki paxta tolashini temir yo‘l yoki kema bilan 
tashiganda, uning og‘irligi xavo namligi tufayli shartnomada belgilangan xajm yoki 
og‘irlikdan bir muncha og‘ir yoki engilroq bo‘ladi. Shuning uchun bunday 
muammolardan qochish maqsadida shartnomada tovarning hajmi yoki og‘irligi 
belgilanayotganda, ma’lum bir foyiz chegirma beriladi yoki bo‘lmasa "atrofida" 
so‘zi qo‘llaniladi. Mashina va texnika-texnologiyalar kabi uzoq muddat 
qo‘llaniladigan tovarlar va istemol predmetlari dona, komplekt, juftlik va shu kabi 
o‘lchovlavrda ko‘rsatiladi. Kompleks obektlarni ta’mirlash uchun mashina, asbob-
uskuna, materiallar kabi tovarlarni yetkazib berish shartnomalarida, tamirlanishi 
uchun inventar, material va boshqa xom-ashyo va ekspluatatsiya qilingan 
materiallardan tashqari yetkazib berishga eksporter majburdir degan ibora ham 
qo‘llanilishi mumkin. 
Shartnoma 
ishtirokchilari 
bo‘lmish 
tomonlarni 
ta’riflash 
jarayonida 
shartnomada, ularning davlat ro‘yxati reestrida qayd etilgan, to‘liq firma nomi, 
shartnoma bo‘yicha keyingi nomi, masalan “ish bajaruvchi”, “yuk yetkazib 
beruvchi”, “ijarachi”, “buyurtmachi”, shuningdek imzolayotgan shaxsning lavozimi, 
familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi. Agar shaxs ishonchnoma asosida 
harakat qilayotgan bo‘lsa, uni ham ko‘rsatish lozim. Mazkur holat, keyinchalik u yoki 
bu shaxs shartnomani imzolashga huquqi yo‘q edi, degan etiroz yuzaga kelishini 
bartaraf etadi, aks holda, bu kontragentning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini 
bajarish masuliyatini bekor qiladi. Ushbu maqsadda, amaldor shaxsning shartnoma 
imzolashga oid haqiqiy vakolatlarini teksirib ko‘rish lozim, bu uning shaxsini 
tasdiqlovchi va vakolatlari aniqlovchi hujjatlarni teksirish bilan amalga oshiriladi. 
Mazkur hujjatlar qatoriga, korxonaning har bir amaldor shaxsi vakolatlarini belgilab 
beruvchi, korxona nizomi ham kiradi.
Agar shaxs ishonchnoma asosida harakat qilsa, nixoyatda extiyotkor bo‘lishi 
lozim. O‘zbekiston RespublikasiFuqarolik Kodeksida, ishonchnomaga quyidagi 
talablar belgilangan:
- yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma raxbar tomonidan imzolanib, 
unga ushbu yuridik shaxsning muxri bosiladi (138-moddaning 1-bandi); 
- davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa mulkiy 


27 
boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik 
shaxsning bosh buxgalteri tomonidan ham imzolanishi kerak (138-moddaning 
2-bandi); 
- ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar 
ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil 
mobaynida o‘z kuchini saqlaydi (139-moddaning 1-bandi); 
- berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas (139-moddaning 
2-bandi). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə