O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


II bob.  SHARTNOMALAR VA ULARNING MOHIYATI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135
KITOB

II bob. 
SHARTNOMALAR VA ULARNING MOHIYATI 
2.1. Bitimlarni imzolashning asosiy qoidalari 
2.2. Shartnomaning tuzilishi va uning asosiy shartlari 
2.3. Shartnomaning matnini rasmiylashtirish tartibi
2.4. «Shartnoma» hujjatini tuzish 
2.5. Shartnomani ijro etish tartibi
2.6. Majburiyatlar ijrosini taminlash usullari 
2.7.Shartnoma shartlari buzilishiga javobgarlik. Zararlar tushunchasi
2.1. Bitimlarni imzolashning asosiy qoidalari 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati shartnomalar tuzish vositasida 
amalga oshiriladi. Umuman shartnoma – bu avvalom bor, shartnoma tuzuvchi 
tomonlarning ixtiyorlarini ifodalovchi, tomonlarning o‘zaro foydali manfaatlarini 
bajarishga yo‘naltirilgan hujjatdir. Uni tuzishda bir qator qoidalarga ahamiyat berish 
zarur.
Birinchi qoida – Siz nima “boshladingiz”, nima qilmoqchisiz va natijada
nima olmoqchisiz - aniq bilishingiz zarurdir. 
Tabiiyki,
s
iz
 
shartnomadan 
maksimal darajada iqtisodiy samara 
olishni istaysiz. Buning uchun siz nima ish 
rejalashtirishingizni aniq belgilab olishingiz kerak va maqsadga erishish mexanizmini 
shakllantirishingiz zarur. Vaholanki “nima istashingni o‘zing aniq bilib ol”, degan 
aqidaga hamma ham rioya qilmaydi. Bo‘lajak operatsiyaning aniq ideal modelini
yaratishga harakat qiling. Amallar ketma-ketligini, siz bajaradigan amallar, 
hamkoringiz bajaradigan amallar va h.k.belgilab oling. Bo‘lajak operatsiyaning 
ta’hminiy chizmasini chizib oling. Uni bosqichlarga va muddatlarga bo‘lib oling. 
Shartnoma tuzilishidan boshlab to uni bajarishgacha bo‘lgan davrning har bir 
bosqichida nima va qanday bajarilishi kerak, buning uchun nima kerak.
Tavakkalchilik darajasini hisoblab chiqing. Bundan keyin, siz bo‘lajak tadbir haqida
aniq tasavvurga ega bo‘lasiz hamda vaziyatdan voqif bo‘lasiz. So‘nggi maqsadga 
erishish oldidan qo‘yiladigan maqsad, masalan, vositachilik va “konsalting” 
xizmatlarini amalga oshirish, “umumiy ovqatlanish” nuqtasini yoki tijorat do‘konini 
ochish, ishlab chiqarish yoki qayta ishlashni tashkil qilish va boshqalar bo‘lishi 
mumkin. Mazkur boshlang‘ich maqsadga erishish mexanizmini amalga oshirish 
uchun uni sizga “nima”, “qancha”, ”qachon” kerakligi va oxir oqibatda bu “kimga” 
kerakligini aniqlashga keltiriladi.
Faraz qilaylik, siz xalq iste’moli mollari yoki oziq-ovqat mahsulotlarini o‘rash 
bilan shug‘ullanmoqchisiz. Demak, siz – “nima” -qanday mutaxassislar, asbob-
uskuna, bino va boshqalar kerak bo‘lishini, «qancha” - qanday moliyaviy resurs
sizda mavjudligini aniqlashingiz zarur. Kredit olishingiz natijasida qanday sarf-
xarajatlar ro‘y berishini; “qachon” – mazkur g‘oyani amalga oshirish qancha vaqt 
talab etishi va birinchi daromadni qachon olishingizni hisoblay biling. Sizning 
buyurtmachingiz kim bo‘lishini aniqlab olishingiz kerak. G‘oyada oxirgi savolga
yani “kimga”degan savolga birinchi navbatda javob berish zarur. Vaholanki, aynan 
shu javobga niyatingizning muvaffaqiyati va ahamiyati bog‘liqdir.


23 
Barcha ro‘y beradigan xarajatlarni maksimal aniqlikda hamda ularning 
qoplanish muddatini va keyinchalik daromad olinishini hisoblab chiqish zarur. 
Umuman, bu ish boshlashga arziydimi yoki yo‘qmi – shuni aniq hisoblab chiqish 
kerak.
Siz savdo munosabatlari o‘rnatmochi bo‘lgan mos xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
mavjudligini aniqlab olishingiz kerak. Siz “nima”, “qancha”, “qachon” va “kimga” 
savollarga javob berdingiz. Endi o‘z niyatingizni “kim”ning yordamida amalga 
oshirishingizni aniqlashtirib oling. “Kim” bilan shartnoma tuzasiz? Bizningcha 
quyidagilarni aniqlab olish zarur: 
-Talab etilayotgan asbob-uskunani kim yetkazib beradi?
-Asbob uskunalarni kim ishga tushirib yuboradi?
-Binoni kim talab etilgan darajada ta’mirlab beradi?
-U bilan bevosita kim ishlaydi?
-Mazkur xizmatni kim sotib oladi?
-Mazkur xizmatni kim sotadi? 
-Mazkur korxonani kim moliyalashtiradi?
Yuqorida sanab o‘tilgan savollarga javob berib bo‘lgandan so‘ng shartnoma 
shartlarini ta’riflashga o‘tish, mutaxassislardan maslahat olish uchun murojaat etish, 
barcha zarur hujjatlarni tayyorlash mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə