O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135
KITOB

ofertaga 
quyidagicha talqin beriladi: "Shartnoma 
tuzish uchun bir yoki bir necha shaxslarga yo‘naltirilgan taklifga-
oferta
deyiladi. Bu 
taklif yetarli darajada aniq belgilangan bo‘ladi, unda tovarning bahosi va hajmi aniq 
ko‘rsatilishi lozim bo‘ladi". 
Konvensiyada oferta kuchga kirishi yoki (otziv)ga qarab quyidagi savollarni o‘z 
ichiga olgan:
1) Oferta adresat tomonidan qabul qilinganida kuchga kiradi. 
2) Oferta qaytarilmas bo‘lsa ham, oferent tomonidan qaytarilishi mumkin. Agar 
qaytarilishi to‘g‘risidagi ma’lumot ofertadan oldin yoki birga kelsa. 
(
15-modda, 
Konvensiya). 
Konvensiyaning 17-moddasiga ko‘ra esa, oferta qaytarilmas bo‘lishiga qaramay, 
oferent tomonidan rad etish javobi kelganda, o‘z kuchini yo‘qotadi. 
Aksept 1980 yil Vena Konvensiyasining 18-modda, 1 punktiga ko‘ra, "oferta 
yo‘naltirilgan adresatning qo‘yilgan ofertaga rozilik javobidir. Javob bermaslik 
yoki harakatsizlik aksept bo‘lib hisoblanmaydi". Smittgoff akseptga quyidagi 
talablarni qo‘yadi: "Aksept shartsiz va iborasiz bo‘lishi lozim. Aks holda u birinchi 
martali oferta uchun rad etish ma’nosini anglatadi. Agar oferent izohli akseptni 
qabul qilib, unga aniq javob bermasa, u holda shartnoma tuzilmaydi. Oferent 


20 
o‘zgartirilgan akseptga javob berishga majbur emas. 
Konvensiyaning 19-moddasi, akseptga qo‘shimcha yondashuvlavrni o‘zida 
namayon etgan: "Ofertaga o‘zida qo‘shimcha chegaralashlar va boshqa 
o‘zgartirishlarni aks ettirgan aksept, ofertaga rad etuvchi javobdir va u o‘zi bilan 
qarshi ofertani namayon etadi". 
Agarda aksept kech kelsa, unda nima bo‘ladi degan savol ham tug‘ilishi 
mumkin. Vena Konvensiyasi avvalambor, akseptning muddati tugashini ham
tartibga solib turadi. Masalan, Konvensiyaning 20-moddasiga asosan, aksept
uchun muddatning tugashi, oferentning telegramma yuborgan kunidan yoki
xatning sanasidan hisoblanadi. Agar bunday sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa,
konvertdagi sanadan boshlanadi. Ofertaning muddati adresat qabul qilgan
paytdan boshlab, oferent tomonidan telefon, teletayp va boshqa aloqalar
orqali o‘rnatilishi mumkin. Bundan tashqari, bu muddatga ish bo‘lmagan
kunlar, bayram kunlari ham kiradi. Faqatgina, xabar bayram kuni yoki dam
olish kuni deb bir kunga kachiktirilib qolsagina, u qabul qilinadi. 
Konvensiyaning 24-moddasiga ko‘ra esa, oferta yoki aksept qabul
qilinganligi to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar qilinsa, qabul qilingan
hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə