O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Tashqi iqtisodiy bitimlar tushunchasi, mazmuni va belgilari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135
KITOB

 
1.2. Tashqi iqtisodiy bitimlar tushunchasi, mazmuni va belgilari 
Tashqi iqtisodiy kelishuvlarning huquqiy mexanizmi yaxshi ishlab chiqilganiga 
qaramay, ma’lum darajada murakkabdir. Uning murakkabligi, shartnomalarga sifatli 
tadbiq etishda qarshilik qilayotgan kollizion normalarning ko‘pligi bilan ifodalanadi. 
Bunday kollizion normalarning ko‘pligiga asosiy sabab, mamlakatlarda qonunlar 
bajarilishining turli xilligidir. Bu muammo o‘z yyechimini yaqin kelajakda 
topmasligi tahmin qilinmoqda. Shuning uchun ham hozirgi kunda bu masalani 
o‘rganishga bo‘lgan zaruriyat o‘z mazmuniga egadir. Bu yerda gap tashqi savdo 
shartnomalarini tuzish, rasmiylashtirish va uning ijrosi haqida ketmoqda.
Tashqi savdo shartnomalarini puxta tuzilishi va bajarilishi uchun, unda ishtirok 
etayotgan tomonlar quyidagi savollarni e’tiborga olishlari darkor: 

Kelishuv nima, uning ko‘rinishlari, shakllari va bajarish shartlari;

Tashqi savdo kelishuvlari nimalarni o‘zida aks ettiradi, uning ko‘rinishlari va 
tarkibi; 

Tortishuvni muhokama etish tartibi, tan olish mexanizmi va arbitraj 
qarorlarining bajarilishi.
Tashqi iqtisodiy shartnomalardagi tomonlar orasida yuzaga keladigan 
tortishuvlarni yyechimini topishda arbitraj amaliyoti va joriy etilgan qonunchilik 
mavjuddir. Xalqaro shartnomalarni tayyorlashda statistika, ilmiy va so‘rov usullari 
qo‘llanilishi mumkin.
Fuqarolik kodeksida ko‘rsatilishicha, shartnoma- bu ikki yoki undan ortiq 
shaxslarning fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va tugatish 
to‘g‘risidagi kelishuvdir. Ko‘rsatilgan ifoda aynan shartnoma bitimini nazarda tutadi.
Bitim-
bu eng keng tarqalgan huquqiy dalillarning ko‘rinishlaridan biridir. 
Fuqarolik kodeksida bitimga shunday talqin beriladi: 
Bitim-
bu fuqaro va yuridik 
қилиниши. Парламент аъзолари учун амалий қўлланма. –Т.: БМТ Тараққиёт дастури, 2012. – Б.7-8. 


15 
shaxslarning harakati bo‘lib, ular fuqarolik huquqi va majburiyatlarini o‘rnatish, 
o‘zgartirish va tugatishga yo‘naltirilgandir. Shunday qilib bitimni quyidagi belgilar 
tavsiflaydi: 
a) Bitim-bu insonlarning harakatidir. 
b) Bitim-bu huquqiy harakatlar. 
v) Bitim fuqarolarning huquqiy munosabatlarini o‘rnatish, o‘zgartirish va 
tugatishga yo‘naltirilgandir. 
g) Bitim- bu fuqarolarning huquqiy munosabatlarini yuzaga keltiradi. 
Нissiy harakatlar bitimga ham xos bo‘lgan ruhiy holatdir.Bunda shaxslarga 
huquq va majburiyatlarni amalga oshirish kabi xoxish va maqsadlarni ko‘rsatadi. 
Bunday xoxish ichki iroda deb ataladi. Biroq ichki irodaning o‘zi kamlik qiladi.
Xalqaro bitimlar va kelishuvlarlar fani tashqi iqtisodiy faoliyatda 
shartnomalarni tuzish, undagi shartlarni bajarish, sud amaliyotiga doir qonunchilik va 
yuzaga kelayotgan kamchiliklarni ham yoritadi. Shuningdek, tijorat tashkilotlarining 
tashqi savdo shartnomasini tuzishga bo‘lgan qiziqishini chorlaydigan savollarni ham 
ko‘rib chiqadi.
Xalqaro bitimlar va kelishuvlar
 
fanining normativ asosini BMTning 
«tovarlarning xalqaro oldi-sotdisida shartnomalar» nomli Konvensiyasi (Vena 1980-
y), «Xalqaro savdoda qo‘llaniladigan huquqi» Konvensiyasi (Gaaga, 15- iyun 1955-
y), «Xalqaro Arbitraj» kabi qonunchilik va boshqa normativ aktlar tashkil etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə