O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Chapter 10. The role of contracts in the economy of Uzbekistan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
KITOB

Chapter 10. The role of contracts in the economy of Uzbekistan
141 
10.1. The role of contracts in the economy of Uzbekistan
141 
10.2. Importance of contracts in terms of liberalization of economy
142 
10.3. Registration of import and export contracts process
144 
GLOSSARY
147 
LITERATURE
156 



KIRISH 
Bitim va kelishuvlar insonlararo muloqotning zaruriy instituti hisoblanadi. 
Ularsiz o‘zaro muloqot mavjud bo‘lmaydi. Ular yordamida o‘zaro hamkorlikdagi 
faoliyatlar kelishib olinadi, munozaralar hal qilinadi. Ularsiz qadimgi qabilalar ham 
davlatlar ham ish yurita olmaganlar. Shuning uchun ham davlatlararo munosabatlar 
huquqiy boshqarilishi kerak degan fikr shakllanmasidan ancha oldin davlatlararo
shartnomalar tuzish boshlanganligi tasodif emas. Shartnoma orqali qanchalik muhim
masalalar hal etilsa, uning muvaffaqiyati ham, ahamiyati ham shunchalik muhim 
hisoblanadi.
Shartnomalar globalizatsiya sharoitida mutlaqo o‘zgacha ma’no kasb etdi. 
Davlatlar borgan sari bir-birlari bilan chambarchas bog‘lanib bormoqdalar. Hech bir
davlat boshqa davlatlar bilan rivojlantirilgan munosabatlar tizimisiz faoliyat olib
bormaydi. Xalqaro munosabatlarning bu murakkab tizimi shartnomalar va ular 
asosida tuzilgan xalqaro tashkilotlar yordamida tartibga solinadi.
Xalqaro shartnomalar kompaniyalar uchun global yoki xalqaro bozorda 
ishlashda o‘z xatarlarini cheklash uchun qo‘llaniladigan asosiy huquqiy vositadir. 
Agar kompaniya o‘z mahsulotini yoki xizmatlarini jahon bozoriga chiqarishni 
rejalashtirayotgan bo‘lsa, transport ekspeditorlari va savdo soliq agentlari kabi bir 
nechta tomonlardan bitta yoki bir nechta shartnoma talab qilinadi. 
Xalqaro aloqalarni mo‘tadil ravishda qo‘llab quvvatlashda shartnomalarning
ahamiyatidan kelib chiqib, ularga rioya qilish yuqori darajadaligi bilan ajralib
turadi. Shartnomalarsiz xalqaro aloqalarning zamonaviy tizimi mavjud bo‘la olmas 
edi. Shartnomalarga rioya qilmaslik, ularni bajarmaslik kabi alohida holatlar shuni
izohlaydiki, ularning tarkibi mavjud holatni alohida inobatga olmagan holda
tuzilgan. MDH mamlakatlari miqyosida shartnomaviy munosabatlar tajribasi
bunga yaqqol misol bo‘la oladi. 
Hozirgi kunda shartnomalar davlatlarning o‘zaro hamkorligidagi 
harakatlarining deyarli barcha ko‘rinishlarini o‘z ichiga olgan murakkab, ko‘pqirrali
global tizimni o‘zida mujassamlashtirgan. Bu jihati bilan shartnomlar
davlatlarning huquqiy tizimidan yuqorilab o‘zib ketadi va yangidan yangi
muammolarni keltirib chiqaradi. Shartnomalarning tuzilish jarayoni bir maromda
o‘sib borishda davom etadi. Bularning barchasi xalqaro shartnomalarni
o‘rganishga dunyoning yangicha ko‘rinishi va ilm-fan taraqqiyotini hisobga olgan 
holda alohida o‘zgacha ma’no beradi.
Taklif qilinayotgan yondashuv shartnomalarning o‘ziga hos xarakterli
belgilariga ishora qiladi. Xalqaro huquq subyektlari o‘rtasidagi kelishuvlar ham 
xalqaro shartnoma bo‘la oladi. Shartnomaning tub mohiyati - kelishib olayotgan 
tomonlarning roziligi, kelishuv – nafaqat shartnomani, balki oddiy xalqaro huquq
normalarining vujudga kelish usulidir. Bu normalarning orasidagi farq ularning
tuzish jarayoni va amal qilinishidir.
Kelishuvlar tomonlarning erkin xohish – istagi, roziligini o‘zida aks 
ettiradi. Bu xohish-istaklar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir tomonlama (bir 
tomonning xohishi bilan) o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Shartnomalarda yuzaga chiquvchi xohish-istak, maqsadlar qotib qolmaydi


10 
(doim yangidan-yangilari paydo bo‘ladi). Shartnomalarning tarkibi – ma’lum bir 
darajada shartnoma matnini o‘zgarishsiz, ehtiyojdan kelib chiqib o‘zgartirilishi
mumkin. Biroq bu o‘zgartirishlar o‘zaro aniq yozilgan yoki og‘zaki holda kelishib 
olingan bo‘lishi lozim.
Mazkur o‘quv qo‘llanmada xalqaro shartnomalar va ularning iqtisodiyotdagi 
o‘rni, shartnomalar va ularning mohiyati, xalqaro shartnomalarni tasniflash,
ularning shakli, tuzilishi va nomi, kuchga kirishi, bekor qilinishi, to‘xtalishi va 
shartnomaning ijrosini ta’minlash usullari, xalqaro shartnomalar tuzishda 
muzokaralar, xalqaro tovarlar oldi-sotdi shartnomasi, tashqi iqtisodiy shartnomalar 
bo‘yicha hisob-kitoblar, xalqaro moliyaviy lizing shartnomasi, xalqaro savdoda 
sug‘urta, tashqi iqtisodiy bitimlarni xalqaro nazorati, O‘zbekiston iqtisodiyotida 
shartnomalarning roli va shu kabi masalalar o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari, amaliyotchi mutaxassislar yordamida O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalar borasidagi tajribasi va ularning xalqaro 
munosabatlarda o‘ziga xos o‘rniga egaligi masalalari yoritib berilgan
1

O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar xo‘jalik 
subyektlarining milliy va xalqaro darajada o‘z faoliyatini amalga oshirishning eng 
oddiy mexanizmlarini yaratishga qaratilgan. Korxonalar faoliyatini turli bitimlar 
imzolashdagi xatolarni kamaytirgan holda zamonaviy talablar asosida yuritish 
zaruriyati ushbu jarayonning natijasi va savdo sohasidagi eng muhim va murakkab 
masala hisoblanib, “Xalqaro bitim va kelishuvlar” fanini o‘qitish zaruriyatini 
belgilaydi.
Fanni o‘qitishning asosiy maqsadi – xalqaro oldi-sotdi shartnomalari sohasida 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar amaliyoti va mazmunidan kelib chiquvchi shartnomalarni 
imzolash qoidalarini o‘rganishdir. Fanni o‘qitishning asosiy vazifalari xalqaro 
shartnomalar va ularning iqtisodiyotdagi roli, shartnomalar va ularning mohiyati, 
tashqi iqtisodiy bitimlarni xalqaro tartibga solish, tovarlarni yetkazib berish shartlari 
va tartibi, tashqi iqtisodiy shartnomalar bo‘yicha hisob-kitoblar, yuklarni xalqaro 
tashish shartnomalari kabi masalalarni o‘rganishdan iborat. 
“Xalqaro bitim va kelishuvlar” fani o‘quv rejasidagi bir qator fanlar bilan 
bog‘langan. Ular jumlasiga “Xalqaro savdoni rivojlanish tendensiyalari” hamda 
“Zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kabi fanlarni kiritish mumkin.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə