O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135
KITOB

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
Xalqaro shartnomalar huquqi: O’quv qo’llanma // Azimov M.M., Muminov A.R., Nugmanov N.A. va
Umarxanova D.Sh. – T.: TDYU nashriyoti, 2016, 210-bet. 


11 
 
 
I bob. XALQARO SHARTNOMALAR VA ULARNING
IQTISODIYOTDAGI O‘RNI 
1.1.Fanni o‘qitish zaruriyati va maqsadi 
1.2.Tashqi iqtisodiy bitimlar tushunchasi, mazmuni va belgilari 
1.3.Tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish shakli va tartibi 
1.4.Xalqaro shartnomalarning asosiy turlari 
1.5.Tashqi savdo shartnomalarining asosiy turlari 
1.1. Fanni o‘qitish zaruriyati va maqsadi 
Har qanday mamlakatning tashqi iqtisodiy siyosati umumiqtisodiy siyosatining 
tashkiliy qismi bo‘lib hisoblanadi. Davlat hamda ho‘jalik subyektlari 
daromadlarining o‘sishiga, savdo va raqobatbardoshlikni ko‘tarishga, qat’iy iqtisodiy 
barqarorlikka va kapitalni takror ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilgan, turli 
iqtisodiy va siyosiy chora-tadbirlar kompleksini o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarning ma’lum bir darajada shartnomalarsiz 
boshqariluvchi biror bir sohasini topish qiyin. Shartnomalar siyosiy va harbiy
hamkorlikni, iqtisodiy va moliyaviy aloqalarni, ilm-fan, texnika, madaniyat,
atrof-muhitni himoya qilish va boshqa doiralardagi hamkorlikni amalga oshiradi.
Shartnomalar asosida xalqaro tashkilotlar tuziladi va faoliyat olib boradi. 
Shartnomalar davlatning milliy tizimini tartibga solinishida ham muhim
ahamiyatiga ega. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
sharoitida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
iqtisodiyotida katta o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bundagi ijobiy holatlarga
tadbirkorlarimizning faol ishtiroki va mamlakatimiz savdo aylanmasining o‘sishini, 
shuningdek eksport-import operatsiyalarining jadal borayotganligini misol qilib 
olishimiz mumkin. Iqtisodiyotning barqarorlashib borishi bilan hozirgi kunda 
ko‘pgina yuridik shaxslarga xalqaro savdo shartnomalarini tuzishlariga sharoit 
yaratilmoqda.
Xalqaro shartnomalarning asosiy qismini oldi-sotdi shartnomalari tashkil 
etmoqda. Shuni aytish joizki, sobiq Sovet tuzimining yemirilishi, tashkilot va 
korxonalararo shartnomalarning ichki xo‘jalik shartnomalari toifasidan tashqi 
iqtisodiy shartnomalar toifasiga ko‘tarishga olib keldi. Ta’kidlash lozimki, bunday 
shartnomalarning soni tobora ortib borishi bilan ularning sifati yanada mustaxkam 
bo‘lishi talab etilmoqda.
Xalqaro bitim va kelishuvlar
fanining asosiy maqsadi, mamlakatlararo savdo-
iqtisodiy munosabatlarning yanada rivojlanib borishi sharoitlarida xalqaro oldi-sotdi 
shartnomalarining tuzilishi tartib-qoidalari, shart-sharoitlari, takomillashtirish 
yo‘llarini o‘rganishdir. Bunda eksportchining o‘z majburiyatlarini to‘sqinliklarsiz, o‘z 
vaqtida bajarishi hamda yetkazib bergan tovari uchun pul to‘lovining 
kafolatlanganligini bilishi, importchining tovarni o‘z vaqtida kelishilgan joyga 
beshikast yetkazilishining kafolatlanganligini hisobga olish muhimdir. Shuningdek, 


12 
fanining maqsadi tashqi savdosi kengayib borayotgan O‘zbekistonning tadbirkorlari
shartnomalarni tuzishlarida, e’tiborlarini qaratishlari kerak bo‘lgan eng muhim 
masalalarni o‘ganishdan iboratdir.
Xalqaro bitim va kelishuvlar fanining asosi 
tashqi iqtisodiy shartnomalarni 
tuzish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha zamonaviy munosabatlar hisoblanadi. Xalqaro 
tijorat amaliyotida tovarlarni oldi-sotdi kelishuvining moddiy shakli 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə