Glossariy affekt



Yüklə 37,82 Kb.
səhifə1/13
tarix10.10.2023
ölçüsü37,82 Kb.
#126508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
GLOSSARIY


GLOSSARIY


Affekt (latincha affectus – ruhiy hayajonlanish, qiziqish) qisqa muddatda va shiddat bilan sodir bo’ladigan hissiy, hayajonli jarayon: hulq-atvor, hatti-harakat ustidan nazoratning susayishi tufayli ro’y beradigan kuchli his-tuyg`u (g`azablanish, qo’rqish, nafratlanish, shodlanish). Mutaxassislar normal va patologik affektlar borligini, shuningdek, affektiv reaksiyalarga ozroq yoki ko’proq moyil bo’ladigan shaxslar ham bo’lishini ta’kidlashadi. O’zida affektiv reaksiyaga nisbatan hislarga erk bermaslik insondagi normal psixik holat hisoblanadi. Affektlar ta’siriga beriluvchi kishilar odatda olomon orasida sarosimalik uyg`otishga moyil bo’ladilar.
Anglash – psixik mazmunni ongsizlikdan aktiv belgi shaqliga ko’chirishdan iboart psixik jarayoni bo’lib, bu mazmunni boshqa kishilarga yetkazib berish imkonini beradi. Anglamoq o’ziga xabar bermoq, o’z tajribasi hisiyoti, ehtiyoji, qiziqishi va b. to’g`risida o’ziga tushuntirish demakdir. Anglash demak nimadir to’g`risida o’z-o’ziga hisob berishdir. Sub’ektiv holda u yoki bu vaziyat, kechinma va boshqalarni aniq-ravshan va nazorat qilinadigan in’ikosidir.
Amaliy psixologiya – ijtimoiy amaliyotning turli sohalaridagi amaliy vazifalarni hal qilishda foydalaniladigan amaliy bilimlar va texnologiyalar majmuasidir. Amaliy psixologiyaning muhim xususiyati shundaki, u yoki bu vazifalar ularning manfaatlari uchun hal etilayotgan iste’molchi yoki buyurtmachini hamisha ko’rsatish mumkin.
Aql– insonning ma’naviy va ruhiy faoliyatida barcha oliy narsalar xodiaslarni qanday bo’lsa, aynan shunday xolda bilish qobiliyati, mavxum fikrlash va tushunchalar yaratish xususiyati.
Ahloq - ijtimoiy ong shaqllaridan biridir. Kishilarning tarixan tarkib topgan hulq – atvori, yurish – turish, ijtimoiy va shaxsiy xayotga o’zaro, shuningdek jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga solib turuvchi barqarormuayyan norma va qoidalar yig`indisi.
Attraksiya– (lotincha so’z – attrahere –yoqtirish, o’ziga jalb etish) – bu bir insonning boshqa bir insonga ijobiy munosabati asosida yoqishi va yoqtirish, o’zaro mobillikni tushuntiruvchi emotsional hisdir.

Yüklə 37,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə