O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


Ikkinchi qoida - mo‘ljallangan shartnoma loyihasini o‘zingiz tayyorlang



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135
KITOB

Ikkinchi qoida - mo‘ljallangan shartnoma loyihasini o‘zingiz tayyorlang
uni kontragentga ishonmang, shartnomaning “egasi” bo‘ling.
Bu holda, 
shartnomada o‘z manfa’tingizni maksimal darajada aks ettirasiz hamda kontragent 
tomonidan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmasligi yoki kerakli darajada 
bajarmasligini shartnomaga tegishli shartlar kiritish yo‘li bilan himoyalagan bo‘lasiz.
Aks holda, agar shartnoma “egasi” kontragent bo‘lib qolsa, siz o‘z talablaringizni 
shartnomaning mavjud shartlariga moslashtirishingizga to‘g‘ri keladi. Bu sizning 
manfa’tingizni qog‘ozda bayon etilishini ancha qiyinlashtiradi. 
Uchinchi qoida – shartnomani huquqshunosingiz ko‘rib, ijobiy javob 
bermasidan avval imzolamang.
Bu, har bir tadbirkor bilishi kerak bo‘lgan, eng muhim qoidalardan biridir. 
O‘zining ahamiyati bo‘yicha bu qoida “biznesmenning oltin qoidasi” bo‘lishi lozim.
2.2. Shartnomaning tuzilishi va uning asosiy shartlari 
Shartnoma loyihasini tuzish jarayonida savdo operatsiyasini bosqichlarga bo‘lib 
chiqiladi. Ularning davomiyligi shartnoma tuzilgan vaqtdan boshlab to shartnoma 
ishtirokchilari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajargunga qadar ularni amalga 
oshirish tartibi beligilanadi. Kim, nimani, qayerda va qachon amalga oshirishi 
detallashtiriladi.
Bunda zarur yordamni huquqshunosingiz yoki ushbu sohada ixtisoslashgan biror 
bir konsalting firmasi berishi mumkin. Shartnoma huquqiy hujjat bo‘lgani bois 
huquqiy oqibatga ega. Binobarin huquqshunos, o‘z ixtisosiga ko‘ra, bu borada bazi 
“nozik” tomonlarni biladi va me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishdir.
Huquqshunosingiz u yoki bu shartning huquqiy oqibatini tushuntirib beradi, biror bir 
moddaning bandini tarifini taklif etadi va h.k. Odatda, huquqshunos maslahatlari 


24 
qonunchilikni buzishdan hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ziyondan himoya 
qiladi, umuman bankrotlikni oldini oladi. Shartnoma loyihasini kelishgan holda 
tuzish unga huquqiy jihat beradi, boshqa so‘z bilan aytganda, shartnoma huquqiy 
jihatdan savodli tuziladi. Unda jumlalarning turli izohlanishi va har xil 
tushunmovchiliklarni maksimal darajada oldi olinadi. Ta’kidlash joizki, shartnomani 
huquqiy 
jihatdan 
savodli 
tuzish 
ishtirokchilar 
tomonidan 
shartnomaviy 
majburiyatlarni talab etilgan darajada bajarmasligidan va turli xil tavakkalchilikdan 
himoya qiladi. Undan tashqari, shartnoma tuzishning eng asosiy talabi – bu 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə