154
sug‘urta qilingan shaxsga baxtsiz xodisa tufayli etkazilgan zararni to‘lash
majburiyatini olishdir.
Sug‘urta mukofoti
- bu sug‘urtachi sug‘urta (kemaning taxminiy shikasti yoki
halokati uchun javobgarliging o‘ziga olish) uchun oladigan to‘lovdir; sug‘urta
mukofoti summasi mukofot stavkasini sug‘urta summasiga sug‘urta shartnomasida
ko‘rsatilgan va sug‘urta qilinayotgan payitdagi
amaldagi qiymat summasidan
oshmaydigan summaga ko‘paytirish orqali olinadi.
KAF bitimlari
- inglizcha so‘z bo‘lib qiymat va fraxt degan ma’noni anglatadi,
yetkazib berish KAF bitimiga ko‘ra sotuvchi o‘z hisobidan manziligacha
shartnomada ko‘rsatilgan dengiz tashuvi shartnomasini tuzishi va yukni kemagacha
olib borishi zarur.
Sug‘urta polisi
– sug‘urta qiluvchi tomonidan beriladigan va sug‘urta
to‘g‘risidagi shartnomani tasdiqlaydigan hujjat.
Sug‘urta sertifikati
– sug‘urta jamiyati tomonidan sug‘urta qilinuvchiga
beriladigan hujjat bo‘lib, u sug‘urta o‘tkazilganligi va va polis berilganligini
tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: