|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rtaSug‘urta e’loni (bordero)KITOBSug‘urta e’loni (bordero)
– sug‘urta qilinuvchi o‘z sug‘urta qiluvchisiga
taraflar o‘rtasida tuzilgan shartnomaning kuchi ta’sir qiladigan alohida yuk
jo‘natishlar haqida batafsil ma’lumotlar beradigan hujjatdir.
Kovernot – s
ug‘urta qilinuvchi tomonidan sug‘urta qiluvchini uning sug‘urta
haqidagi yo‘riqnomalari (sug‘urta agenti tomonidan sug‘urta qilinuvchi foydasiga
tuzilgan) bajarilganligi haqida xabar beradigan hujjatdir.
Jahon banki
- o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq beshta institutdan tarkib topgan ko‘p
tomonlama kredit tashkiloti.
Umumiy bozor
— ishlab chiqarish omillarini milliy chegaralar orqali erkin
ko‘chib o‘tishi ta’minlanadigan iqtisodiy integrastiya ko‘rinishi.
Jahon savdo tashkiloti
— xalqaro savdoni institustional va huquqiy asosini tashkil
etuvchi mustaqil davlatlararo tashkilot.
Franchayzing
— bir kompaniyaning boshqa yirikroq yoki bosh kompaniyaning
savdo markasi, tovar belgisi va boshqa atributlaridan foydalanish.
Xalqaro valyuta fondi
(XVF) — yirik hukumatlararo valyuta-moliya tashkiloti
bo‘lib, BMTning maxsuslashtirilgan muassasasi sifatida tartibga solish, maslahat berish
va moliya-kredit soxasidagi vazifalarni bajaradi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar
— mamlakatlar va hududlar o‘rtasidagi, xalqaro
tashkilotlar va korporastiyalar ishtirokidagi xo‘jalik aloqalari tizimi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperastiyasi
— ishlab chiqarish bosqichlarining
o‘zaro bir-birini to‘ldirishi va ularni muvofiqlashtirish maqsadida milliy iqtisodiy
komplekslarning hamkorlik qilishi.
Xalqaro shartnoma
- xalqaro huquq tomonidan tartibga solinadigan davlatlar
va xalqaro huquqning boshqa subyektlari o‘rtasidagi bitimdir.
Xalqaro shartnomaning muddati
– xalqaro shartnoma amalda bo‘ladigan
vaqt. Xalqaro shartnomalar muddatli va muddasiz bo‘ladi. Muddatli shartnomalar
o‘z navdatida aniq muddatli (masalan, 20 yilga) va nomuayyan muddatli (tomonlar
kelishishiga bog‘liq holda) bo‘ladi.
|
|
|