O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/135
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#160524
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135
KITOB

Yuklash yo‘riqnomasi
– yuk va uni tashish munosabati bilan eksport 
qiluvchining talabi haqidagi batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. 
Yetkazib berishga ruxsatnoma –
xaridor tomonidan beriladigan hujjat bo‘lib, 
u tovarning yuklab-jo‘natishga tayyor ekanligi haqida sotuvchidan xabar olgandan 
keyin tovarlarni jo‘natishga ijozat beradi. 
Yuklashga ruxsatnoma
– bu hujjat vositasida sotuvchi yoki yukni oluvchi 
yukni oluvchini tovarlarning jo‘natilganligi haqida xabardor etadi. 
Konosament - 
bu kema egasi tomonidan yukni jo‘natuvchiga yuk dengiz yo‘li 
orqali tashish uchun qabul qilib olinganligini tasdiqlab beriladigan hujjatdir. 
Yuklash topshirig‘i – 
yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib yukni 
jo‘natuvchi yoki yukni oluvchi tomonidan odatda transport-ekspeditorlik firmasining 
blankasiga rasmiylashtiriladigan va ekspeditorga topshiriladigan operastiyalarning 
ro‘yxatini hamda ularni bajarish bo‘yicha batafsil yo‘riqnomalarni o‘z ichiga olgan 
hujjatdir. 
Investistiya -
bu subyekt ixtiyoridagi vaqtincha ortiqcha bo‘lgan barcha 
moliyaviy, moddiy va boshqa boyliklarni kelajakda iqtisodiy manfaat ko‘rish uchun 
boshqa biror subyektga sarflashdir. 
Moliyaviy investistiyalar
– bu tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning 
pul birliklari, banklardagi omonatlar, depozit sertifikatlar, akstiyalar, obligastiyalar, 
vasiqalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar hamda ularga tenglashtirilgan boyliklar 
kiradigan investistiyalardir. 
Moddiy investistiyalar
- bu tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-
uskunalar, inshootlar, kommunikastiyalar va boshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish 
fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradigan investistiyalardir. 
Aqliy (intellektual) investistiyalar
mulkiy huquqlar shaklidagi 
investistiyalar aqliy mehnatga oid shakldagi investistiyalar va tabiiy resurslardan 
foydalanish shaklidagi investistiyalardan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   135




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə