O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Ilm-fan va ilmiy texnika sohasining rivojlanishi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə141/171
tarix18.01.2022
ölçüsü0,82 Mb.
#82942
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171
127791 УМК Ўзб.энг янги тарихи 2021-22

Ilm-fan va ilmiy texnika sohasining rivojlanishi.


O„zbekiston Fanlar akademiyasining ilm-fan rivojiga qo„shgan hissasi. Mamlakat va millat kelajagi ko‗p jihatdan ilm-fan hamda jamiyatning intellektual salohiyatiga bog‗liq. Eng zamonaviy ilmlarni egallamasdan, mamlakat milliy manfaatlariga xizmat qiluvchi fan sohalarini rivojlantirmasdan, fundamental, nazariy tadqiqotlar olib bormasdan jamiyatni taraqqiy ettirish mumkin emas.

Islom Karimov respublikaga rahbar bo‗lib tayinlangan kundanoq boshqa sohalar singari ilm-fan sohasiga ham muhim e‘tibor qaratdi

O‗zR Fanlar akademiyasi respublika taraqqiyotida amalga oshirilayotgan va barcha sohalarda sodir bo‗layotgan islohotlar samaradorligini oshirishda muhim o‗rin tutadi.

1989 yil 28 noyabrda O‗zbekiston SSR Fanlar akademiyasida bo‗lib o‗tgan uchrashuvda Islom Karimov ilm-fanni yuksaltirish borasida mavjud muammo va vazifalarga atroflicha to‗xtalib, fan sohasidagi kadrlarni ko‗paytirish va yoshartirish zarurligini alohida ta‘kidlagan edi.

Respublika rahbariyati tomonidan 1990 yildan boshlab mamlakat va chet ellardagi nufuzli ilmiy markazlar doktoranturalarida amaliyot o‗tash uchun yosh olimlarimizga yuzta o‗rin ajratish

masalasini SSSR Fan va texnika davlat komiteta oldiga qo‗yilishi bu boradagi ulkan amaliy tadbirlarning debochasi edi. Mazkur taklifda biotexnologiya, molekulyar genetika, robototexnika sistemasi, mashinasozlik texnologiyalari, demografiya iqtisodiyoti kabi sohalarda, fan-texnika taraqqiyotining boshqa asosiy yo‗nalishlarida ilmiy kadrlar tayyorlash ko‗lamini kengaytirish masalasi ham ilgari surilgan edi. Unda ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish, olimlar faoliyatini respublika xo‗jaligi taraqqiyoti uchun ustuvor bo‗lgan sohalarga yo‗naltirish belgilandi. "Fanga iste‘dodli yoshlarning kirib kelishini ta‘minlash uchun oliy maktabning, hatto, umumta‘lim maktablarining faoliyati takomillashtirilishi rejalashtirildi. Ushbu rejalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

-iste‘dodli va iqtidorli yoshlarni izlab topish, qo‗llab-quvvatlash hamda ularning qobiliyatini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish;

-maxsus respublika fondini tashkil etish hamda iqtidorli bolalar uchun maktablar va internatlar tarmog‗ini vujudga keltirish, yosh olimlar uchun turli mukofotlar ta‘sis etish;

-fanni mablag‗ bilan ta‘minlash muammolarini puxta ishlab chiqish, yangi institutlar tashkil etish, mavjud institutlarni o‗zgartirish;

-suv muammolari va atrof muhitni muhofaza qilish instituti va boshqa bir qancha institutlarni tuzish;

-respublikada uzog‗i bilan 2010 yilgacha ilmiy siyosat konsepsiyasini xamda O‗zbekistonda fan va texnikani rivojlantirishning tegishli dasturini ishlab chiqish.

O‗zbekiston rahbari jamiyat taraqqiyotida olimlarning o‗rni masalasiga to‗xtalib o‗tar ekan, "Hozir har bir olim, ayniqsa, jamiyatshunos olim o‗z ilmiy faoliyatini respublika muammolariga, o‗z xalqi va butun mamlakatimiz taqdiriga muvofiqlashtirishi lozim. Ravshanki, bunday intilish jamiyatshunos olimlar ilmiy va ijtimoiy faoliyatining birligi xarakterini, ularning respublika ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtirokini belgilab berishi kerak", deb ta‘kidlash bilan birga, ilmiy xodimlar o‗z fikrlarini erkin, mas‘uliyat bilan ifoda etishlari uchun sharoit yaratish, ularning ijodiy va ijtimoiy faolligini rag‗batlangirish, ilmiy tadqiqotlarni bajarish uchun davlat buyurtmalarining tanlov tizimini shakllantirishini ham bayon etdi.

O‗zbekistonda mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi. Iqtisodiy qiyinchiliklar, o‗tish davri muammolariga qaramasdan, mavjud ilm-fan infrastrukturasi bir tomondan saqlab qolindi, boshqa tomondan esa uning yanada rivojlanishi uchun huquqiy, ma‘naviy, iqtisodiy asoslar yaratildi.

Ilm-fan rivojiga mamlakat rivojlanishining ustuvor yo‗nalishi sifatida qaraldi. O‗zR rahbari ta‘kidlaganidek, "Mamlakatni jadal rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalarni amalga oshirishda fanni va ilmiy infrastrukturani rivojlantirish g„oyat muhim ahamiyatga ega. Tarixan O„zRda shakllangan intellektual salohiyat XXI asr bo„sag„asida o„zining rivojlanish darajasi jihatidan, innovatsion kashfiyotlar imkoniyatlari bilan hozirgi vaqtda jahondagi ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlardan ilgarilab ketgan" (Karimov I.A. O„zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: O„zbekiston, 1998. B. 625.)

Mustaqillikning dastlabki yillarida respublika Fanlar akademiyasi oldida qisqa vaqt ichida ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish sohasida zamonaviy talablarga mos tizimni yaratish, O‗zbekistonda ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlarini mablag‗ bilan ta‘minlashning samarali tizimini shakllantirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining moddiy texnikaviy hamda tajriba bazasini rivojlantirish kabi aniq va muhim vazifalar turardi.

1991 yilga kelib, O‗zbekiston Fanlar akademiyasida asosiy fondlarning 34 foizi, fondlar faol qismining 46 foizi yemirilib, ishdan chiqib bo‗lgandi. Ularni sotib olish uchun berilgan talabnomalar SSSR Fanlar akademiyasining moddiy-texnika ta‘minoti idoralari tomonidan atigi 25-28 foizga qondirilgandi, xolos. Mazkur ehtiyojlar uchun valyuta mablag‗lari deyarli ajratilmagandi.

O‗zbekiston hukumati bunday ziddiyatli vaziyatni o‗z vaqtida anglab yetdi. 1992 yil yanvarda O‗zbekistonda fan-texnika taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida Respublika Kengashi tashkil etildi. Ilm-fanning ustuvor ahamiyagga ega ekanligini e‘tiborga olib, mamlakat Prezidenti 1992 yil 3-4 mart kunlari bo‗lib o‗tgan Fanlar akademiyasining yig‗ilishida qatnashdi

va nutq so‗zladi. Shuningdek, 1991-1992 yillarda O‗zbekistonda ilm-fanni rivojlantirish, uni xalkdro andozalar darajasida taraqqiy etishini ta‘minlashga oid qator tadbirlar o‗tkazildi. Bu o‗rinda O‗zRning birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1992 yil 18 fevraldagi Farmoniga binoan O‗zR Fan va texnika Davlat qo‗mitasi tuzilganini alohida ta‘kidlash lozim. Shuningdek, mamlakat rahbarining 1992 yil 31 martdagi Farmoniga binoan Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) ham tashkil etildi

O‘zR Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi „Ilm-fan va innovatsiya faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‗g‗risida―gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining mazkur farmonning ijrosini ta‘minlashga yo‗naltirilgan qarori ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo‗ldi. Respublika Fanlar akademiyasi qoshida Ilmiy ishlanmalarni ichki va tashqi bozorda targ‗ib etuvchi va tarqatuvchi innovatsiya tijorat markazi tashkil etildi. 1997-yilda Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar akademiyasi qayta tiklandi.

1992 yil 5 mayda O‗zR Fanlar akademiyasi umumiy majlisida yangi Nizom qabul qilindi. O‗zR Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 14 avgustda o‗z qarori bilan mazkur Nizomni tasdiqladi. Shuningdek, O‗zR Fanlar akademiyasi muassasalari va tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‗lash shartlari O‗zR Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 26 dekabrdagi yagona tarif jadvaliga muvofiq qayta ko‗rib chiqildi. Yangi Nizomga binoan, ilmiy-tadqiqotlar mavzulari O‗zbekiston Fanlar akademiyasi muassasalari va tashkilotlarining takliflari asosida, fundamental tadqiqotlar ko‗lamini kengaytirish va saviyasini oshirishni, ilmiy ishlanmalarning amaliy ahamiyatini, ularning ustuvor yo‗nalishlarga muvofiqligini hisobga olgan holda shakllantirilishi belgilandi.

O‗zRning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1992 yil 8 iyuldagi "Fan va innovatsiya faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida"gi Farmoni, uni amalga oshirish yuzasidan O‗zR Vazirlar Mahkamasining "Fanning rivojlanishini davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash tadbirlari va innovatsion faoliyat haqida"gi qarori mamlakat ilmiy salohiyatini yanada oshirishda muhim omil bo‗ldi.

O‗zbekistonda ilm-fanni yanada rivojlantirish, bu boradagi ish samaradorligini oshirish maqsadida O‗zR Vazirlar Mahkamasining 1992 yilda "Fan va innovatsiya faoliyatini qo‗llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu hujjat Fanlar akademiyasi faoliyatini tubdan yaxshilash, umuman, ilm-fanning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etdi. Fanlar akademiyasi institutlarining 64 ta ishlanmalari xalq xo‗jaligi turli tarmoqlariga joriy etildi, yana 55 ta ishlanma amalda foydalanishga tayyorlab qo‗yildi. Ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini bajarish uchun 1992 yilda davlat byudjetidan 440,1 mln. so‗m ajratildi. Bu 1991 yildagiga nisbatan 366,4 mln. so‗m ko‗p edi.

O‗zRning birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993 yil 5 noyabrda Respublika Fanlar akademiyasining 50 yillik yubileyiga bag‗ishlab o‗tkazilgan tantanali yig‗ilishda nutq so‗zlab, mazkur ilmiy dargoh oldida turgan muhim vazifalarni belgilab berdi.

"Birinchidan, ma‘naviy hayotimizni, ilm-fanimiz faoliyatini, izlanishlarimizni mana shu eski mafkura qoliplaridan xalos etish, kerak bo‗lsa, tafakkurimizni mutelik iskanjasidan forig‗ qilishimiz zarur. Olimlarimiz har qanday tazyiqdan ozod bo‗lishlari kerak.

Ikkinchidan, biz dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar safiga kirishni maqsad qilar ekanmiz, avvalambor, olimlarimiz, ularning ilmi, obro‗si olamda mashhur bo‗lishi, jahon ilm-fanining yuksak mezonlariga mos bo‗lishi darkor. Bugun biz olib borayotgan barcha ilmiy izlanishlar dunyodagi eng nufuzli ilm dargohlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi, ularning ko‗magi, tajribalari bilan boyitiliish kerak.

Uchinchidan, yurtimizda nodir iste‘dodli olimlar ko‗payishi lozim, ammo biz ularning soniga qarab emas, sifatiga qarab baho beramiz. Zamon ehtiyojlarini ularning oldiga vazifa qilib qo‗yar ekanmiz, albatta, bugungi zamonga munosib shart-sharoitlar ham yaratib berishimiz zarur. Shundagina biz boshqa el-elatlar orasida ajralib turadigan buyuk millatga aylana olamiz.

To‗rtinchidan, ilmu fan taraqqiyoti biz uchun eng ustuvor sohalardan biridir. Bu sohada xizmat qiladigan odamlarning saviyasi, obro‗si haqida g‗amxo‗rlik qilishimiz, ularning hayotimizga qo‗shadigan hissasiga qarab e‘tibor berishimiz shart" (Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-j. -T.: O„zbekiston, 1996. B. 79-80).

O‗zR Fanlar akademiyasi tizimida faoliyat ko‗rsatayotgan ilmiy xodimlarning yosh jihatlari ham yuqoridagi kabi chora-tadbirlarni ko‗rishni taqozo etardi. Masalan, 1995 yil ma‘lumotlariga ko‗ra, Respublika Fanlar akademiyasida 503 nafar fan doktorlari orasida 1 nafari 35 yoshgacha, 11 nafari 40 yoshgacha bo‗lgan.

O‗zbekiston Fanlar akademiyasi faoliyatini yanada rivojlantirishda mamlakat Prezidenti tomonidan 1996 yilda tashkil etilgan "Fundamental tadqiqotlarni qo‗llab-quvvatlash‖ jamg‗armasi katta ahamiyat kasb etdi. Mazkur jamg‗arma faoliyatini belgilovchi meyoriy- huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va jamg‗arma Kengashi tuzildi. Fanlar akademiyasiga ajratilgan davlat byudjetining 5 foizini tashkil etuvchi bu jamg‗arma mablag‗lari hisobidan eng dolzarb ilmiy muammolarni hal etishga bag‗ishlangan 131 ta tanlov loyihalarini bajarish uchun 16 mln. so‗m ajratildi. Bundan tashqari, akademiyaning 26 ta ilmiy loyihasi O‗zR Fan va texnika davlat qo‗mitasi o‗tkazgan tanlovda g‗olib chiqdi va 2,23 mln. so‗m miqdorida mablag‗ oldi. 1996 yilda 29 ta xalqaro konferensiya o‗tkazildi. 1998-2000 yillarda tashkil etilgan 230 ta respublika va xalqaro konferensiyalarda ko‗plab xorijiy davlatlar olimlari qatnashdi.

Davlat tomonidan sarflanayotgan mablag‗larning samaradorligi juda past bo‗lganligi sababli Islom Karimovning 1998 yil 27 iyuldagi 277-sonli farmoyishiga asosan O‗zbekiston Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari attestatsiyadan o‗tkazildi.

1998 yilning oktabr oyida ilmiy-tadqiqot institutlarining 1829 nafar ilmiy xodimi davlat attestatsiyasidan o‗tkazilib, ularning 3,1 foizi egallab turgan lavozimiga noloyiq, deb topildi.

O‗zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalariga muvofiq tarzda ilmiy ustuvorliklarni shakllantirish va ilmiy-texnik rivojlantirishni ta‘minlash maksadida Vazirlar Mahkamasi huzurida Ilmiy-texnika taraqqiyotini rivojlantirish Kengashi tuzildi. Ushbu Kengashga katta vakolatlar berilib, uni respublika Bosh vaziri boshqarishi belgilab qo‗yildi. Bu fan-texnika sohasida yagona davlat siyosatini o‗tkazishda u yoki bu tarmoq manfaatlari va yuzaga kelishi mumkin bo‗lgan tarmoqlararo ziddiyatlarni bartaraf etish imkonini berdi. Muvofiqlashtirish Kengashi qoshida tashkil etilgan ikki ijro organi Fan va texnologiyalar markazi va yirik ilmiy hamda investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‗tkazish Kengashi qabul qilingan qarorlar samaradorligi monitoringini amalga oshirish, shu bilan birga, "Qaror ijro" xalqasi bo‗ylab aylanma aloqani ta‘minlashga qaratildi.

O‗zbekiston hukumati mamlakatda ilm-fan rivojiga katta hissa qo‗shgan olimlarni doimo qo‗llab-quvvatlab, rag‗batlantirib keldi. Xususan, qator olimlarimiz Habib Abdullayev, Sodiq Azimov, Ubay Oripov, Toshmuhammad Sarimsoqov, Sa‘di Sirojiddinov, Obid Sodiqov, Hamid Sulaymonov, Sobir Yunusov, Toshmuhammad Qori-Niyoziy, Yahyo G‗ulomovlar Prezidentning 2002 yil 23 avgustdagi Farmoniga binoan "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi. Shuningdek, Fanlar akademiyasi Al-Xorazmiy nomidagi, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi, Habib Abdullayev nomidagi medallarni ta‘sis etdi.

O‗zR Fanlar akademiyasi tarkibida 107 nafar akademik bo‗lib, ulardan 8 nafarini ayollar tashkil etadi.

O‗zbek olimlari tomonidan topilgan ixtiroga Prezidengimiz Islom Karimovning tashabbusi bilan "Samarkand" nomi berildi. 2010 yil 27 mayda Garvard Xalqaro kichik sayyoralar markazi olimlari bu yangilikni e‘tirof etishdi va bu yangilik 70135 sirkulyari orqali butun dunyoga e‘lon qilindi.




Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə