O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


Reklamalar xuruj qiluvchi (agressiv) yoki tanishtiruvchi



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə35/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Marketing 08972

Reklamalar xuruj qiluvchi (agressiv) yoki tanishtiruvchi oddiy, sipoh, xotirjam, tushuntirish xarakteriga ega ham bo’lishi mumkin. Bunday reklamalar berilayotgan reklama axborotining hususiyatidan kelib chiqadi. Masalan,
«Neksiya» engil avtomashinasining endigina ishlab chiqarilishi zavodda o’zlashtirilayotgan davrida reklama ma’lumotnoma, tanishtirish tarzida berilmog’i, unda mashinaning o’ziga xosligi, ustun tomonlari, tezligi, tejamkorligi kabi xizmatlariga urg’u beriladi. Bunday reklama iste’molchilarga yaxshi va yangi
«Neksiya» mashina markasi paydo bo’lganligi haqida xabar beradi. Uni sotib olish mumkinligini xaridorga tushuntiradi va uqtiradi. Biroq, bu mashina bilan bozorlarimiz to’lib bo’lgan taqdirda xuruj qiluvchi reklama turini qo’llash maqsadga muvofiqdir. Bunda, endi Asaka avtomashinalar ishlab chiqaruvchi zavodning «Neksiya» engil avtomashinasining boshqa shu turdagi va toifadagi engil avtomashinalardan afzallik tomonlari uqtirilib, katta urg’u bilan bu mashinaning qanday go’zal dizaynga ega ekanligi, tejamkorligi va shu bilan birga qanchalik tezkorligi, boshqarishning oddiyligi, haydovchini charchatmasligi (sotilgandan so’nggi unga ko’rsatiladigan xizmatlarning qulayligi kabi fazilatlari bo’rttirib ko’rsatiladi).
Ba’zan ortiqcha xarajatli reklamalar ham qo’llaniladi. Bunday reklamaning maqsadi bozorda raqobatchilarni sindirish va engishdir. U reklama xarajatlarini keragidan ortiqcha bo’lsa ham amalga oshiriladi. Bunday yuqori xarajatlarga raqobatchilarning qurbi etmay, o’z tovarlarini yaxshi reklama qilolmay dog’da qoladilar va raqobat kurashida engiladilar.
Ayrim bozorlarda qo’llanishi mumkin bo’lgan tovar strategiyasiga monand reklamalar bir xil yoki har xil bo’lishi mumkin. Bir xilda amalga oshiriladigan reklamalar bozorlarning xilma-xilligi, regionlar va viloyatlarning bir-biridan qanday farq qilish xususiyatlaridan qat’iy nazar bir xilda olib borildi. Bu reklama xarajatlarini tejashga, reklama matnini tuzishni soddalashtirish, uning ta’sir doirasini kengaytirish imkonini beradi. Biroq, bu reklama ayrim hollarda bozorlar, regionlarning xususiyatlarini hisobga olmagani tufayli kutilmagan yomon oqibatlarga ham olib kelishi, qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Masalan, 4 raqami Yaponiyada udum ma’nosini bildiradi va bu raqam yaponlar uchun reklamada bo’lmasligi lozim yoki yashil rang musulmon mamlakatlarida muqaddas hisoblanadi . Demak, uni tovarlarni o’rash-joylash reklamasida berilmasligi maqsadga muvofiqdir. Cho’chqa go’shti musulmon mamlakatlarida umuman tanovul qilinmaydi va u musulmonlar uchun reklama qilinmasligi lozim.
Reklamaning muhim xususiyatlaridan biri, uni talabga qarab o’zgarib borishi, moslashuvchanligi va unga ta’sir eta olishidir. Agar marketing dasturi talabni avvalgi holida ushlab turishni, uning tushib ketmasligini istasa, u holda qo’llab-quvvatlovchi reklamadan foydalaniladi. Uning maqsadi-xaridorlarga mahsulot haqida eslatib turishdir. Agar o’zlashtirilgan bozorning imkoniyatlari tugagan bo’lsa, reklama bozorning yangi segmentlariga yoki reklama qilinayotgan narsaning ustun tomonlariga tayanadi. Bular xarid qilishning an’anaviy, yangi obro’si, modaga mos kelish kabi xususiyatlardir.
Shunday ham bo’ladiki, marketing dasturi talabni kamaytirishni maqsad qilib qo’yadi (masalan tamaki mahsulotlari). Bu holda antireklama qo’llaniladi (chekishning zararli oqibatlari haqida). Agar talabni oshirish, sotishni ko’paytirish vazifasi qo’yilsa, reklama tadbirlari hamma imkoniyatlardan foydalanadi. Bu reklama murojaatlari, mavsumlari va usullari; sotuvning tezlashtiriluvchi, induvidual sotuv va hokazolar. Shuningdek, talabni bir mahsulotdan boshqasiga ko’chiruvchi reklamalar asosida ham butun bir kompleks tadbirlar yotadi. Turli marketing kontseptsiyalarida reklama faoliyati va uni o’tkazish tadbirlari haqida, bu qiyin va murakkab ish haqida aytilgan fikrlar uncha to’la tushuncha bera olmaydi.
Har bir reklama tadbiri - bu mahsulotning xususiyati, xaridorlarning keng kontingentiga, sotish va iste’mol shartlari, reklama agentlarining ruhiy xususiyatlari, hamda hujjatlashtirish san’atini o’z ichiga olgan individual yondashishdir. Shunday ekan, yuqorida keltirilgan hollarni barcha bozor va mamlakatlarda bir xil reklama qilinishi xunuk oqibatlarga olib kelishi tabiiy bir holdir. Shuning uchun ham har xil bozor, mamlakat va viloyat regionlarda ularni hususiyatlarini hisobga olgan holda, har xil reklama usullari va vositalaridan foydalanmoq lozim. Reklamalar berilayotganda tovar va xizmatlarning ayrim xislatlari ozroq bo’rttirib ko’rsatilishi mumkin, biroq u yolg’on darajasiga
ko’tarilishi mumkin emas, chunki xaridorni bir marta bo’lsada aldash, undan umrbod ajralib qolish demakdir. Bundan tashqari yolg’on reklama korxonaning imidjiga «yolg’onchi» tamg’asini ilib qo’yib, umuman sinishiga ham olib kelishi mumkin. Umuman olganda har qanday «yolg’on» reklama davlat va qonun tomonidan ta’qiqlanadi va ta’qib ostiga olinadi. Bunday reklama beruvchi jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ta’qiqlangan reklamalarga raqobatchilar haqida bo’hton tarqatish, uning obro’siga, hurmatiga putur etkazish, nafsoniyatiga, izzatiga tegish kiradi. Ta’qiqlangan reklamalarga alkogol ichimliklar ichishni, giyohvandlik va sigaretalar chekishni, portlovchi moddalar va qurol-yaroq ishlab chiqarish, atrof- muhitni buzish kabilar ham kiradi. Umuman raqobatchi firmaning tovar va xizmatlarida mavjud bo’lgan har qanday kamchiliklarni ko’rsatish va reklama qilish noto’g’ri hisoblanadi.
Reklamani amalga oshirishda to’g’ri vositalar va usullardan foydalaniladi. Ular ichida to’g’ridan-to’g’ri, bevosita reklama qilish vositalari alohida o’rin egallaydi. Bu reklamani reklama agentlari tomonidan bo’lajak xaridor va doimiy xaridorlar bilan uchrashib adabiyotlar, varaqalar, xatlar va boshqa har xil reklama materiallarini tarqatish bilan amalga oshiriladi. Ular aloqa qilish muassasalari (pochta, telefon, telegraf) orqali ham yo’naltirilishi mumkin. Matbuot reklamasi gazeta, jurnal, ma’lumotnomalar, firmalarning byulletenlari orqali amalga oshiriladi. Bosma usulida qilinadigan reklama prospektlar, kataloglar, bukletlar, plakatlar, otkritka, kalendarlar va boshqa usuldagi mahsulotlar yordamida qilinadigan reklamalardir. Ekran reklamasi televidenie, kino, poliekran, slayd- proektsiyalar orqali amalga oshiriladi. Reklama qilishda radio, telefon, telegraf, fakslar ham muhim rol o’ynaydi.
Sirtqi reklama maxsus yirik va kichik gabaritli plakatlarni elektrlashtirilgan pannolar, EHMda programmalashtirilgan pannolardan foydalanib, harakat qiluvchi yozuvlar orqali, reklama ko’rgazmalarida tovarlarning o’zini namoyish etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Transport vositalariga har xil plakatlar, e’lonlar, yozuvlar yopishtirish, ularning devorlarini bo’yash, yozish, rasmlar, grafiklar, sxemalar chizish orqali reklama qilish. Tovarlarni sotish joyida reklama o’z ichiga do’kon vitrinalariga ularni qo’yish, savdo zallariga ko’rgazmalar, tovar belgilari, planshetlar osish yo’li bilan qilinadi.
Esdaliklar, har xil hadyalar berish orqali tovar va xizmatlarni reklama qilish keyingi yillarda ayniqsa tez rivojlanib bormoqda. Bunday hadya va esdaliklar qimmat bo’lmasada, kishilar uchun kundalik ehtiyojlariga zarur buyumlar bo’lmog’i lozim. Masalan, talaba, o’qituvchi, ilmiy xodimlar uchun ruchka, qalam, daftar, kitob, kichik kompyuter, papka va hokazolar, ayollarga ro’zg’or xaltachalari va boshqalarni berish maqsadga muvofiqdir. Bularning biron-bir ko’rinarli erida tovar belgisi, firmaning nomi albatta ko’rsatilgan bo’ladi.


    1. Yüklə 210,77 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə