O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta


Reklamaning bevosita va bilvosita turi



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə34/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Marketing 08972

Reklamaning bevosita va bilvosita turi, ayniqsa, keng tarqalgandir. Bevosita reklama tijorat asosida amalga oshiriladi. Unda reklama beruvchining
shaxsan topshiriladigan ma’lumotlari asosida biror xabarnoma, xizmat yoki tovari haqidagi barcha ko’rsatmalari yoritiladi. Bilvosita reklama - reklamani to’g’ridan- to’g’ri emas, balki qandaydir niqoblangan holda, ko’zga tashlanmaydigan, bilintirilmagan holda ustalik bilan amalga oshiriladi. Bunda reklama beruvchi ko’rsatilmaydi va reklama vositasidan ham foydalanilmaydi. Masalan, «Iqtisodiyot va hisobot» respublika jurnalida «Neksiya» engil avtomashinasi tijorat yo’li bilan Toshkent shaxrining Xalqlar Do’stligi 15-uyi sotilishi haqidagi xabar bevosita reklamaga kiradi. Lekin shu jurnalda e’lon qilingan engil avtomashinalar haqidagi ilmiy maqolada «Neksiya»ning boshqa shu toifadagi mashinalarga nisbatan ustunligi haqida fikr bildirilsa, bu «Neksiya» mashinasini bilvosita reklamasidir. Biror firmaning prezidenti yoki xizmatchisi, ishchisining u yoki bu xatti-harakati haqidagi axborot, kinofilmlarda film qahramonlarining mashinalarda bir-birini quvishida u yoki bu mashinani quvib o’tib ketishi, ag’darilmay aylanib to’xtab qolishi va hokazolar ham shu reklama turiga kiradi.
Reklamalar himoya qilish, birlashtirish, (ittifoq) korporativ yoki kirish va kiritish maqsadlari uchun qo’llanuvchi reklamalarga ham guruhlanadi. O’z nomidan ma’lumki bunday maqsadda amalga oshirilayotgan reklamalar ko’p hollarda tadbirkor, ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlarni bozorlarga kiritish yoki raqobatchilardan himoya qilish va nihoyat uni engish uchun uyushmalar tuzish, birlashib harakat qilish kabi maqsadlarda amalga oshiradilar. Bozorga kirib olgach esa o’z tovarlarini raqobat kurashida engib chiqish, himoya qilish uchun ham shu turdagi reklamalardan foydalanadilar. Bu reklamalarda firmani xalq, davlat oldidagi xizmatlari, uning obro’si urg’u bilan ko’rsatiladi. Unda davlatning firmaga ko’rsatayotgan marhamati, masalan kreditlar, buyurtmalar berishda uni boshqa firmalarga nisbatan a’lo ko’rishi, yoqtirishi, litsenziyalar berishda, sug’urtalar qilishda imtiyozlar berishi ta’kidlanadi. Bu bilan firmaning tovar yoki xizmatlarini naqadar qadrli, noyob, sifatli ekanligiga xaridorning diqqati jalb qilinadi.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə