O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Yakkachoʻpda bajariladigan mashqlar



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə3/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Sport mahoratini oshirish

Yakkachoʻpda bajariladigan mashqlar
Sport gimnastikasida yakkachoʻp shunday jihozki, unda faqat tebranish, siltanish mashqlari bajariladi. Shuning uchun gimnastning mahorati uning mushak quvvatini kam sarf qilib, oʻzining harakat kuchidan oqilona foydalanishdan iborat boʻladi. Biroq panjalarni bukish uchun ancha yuqori boʻlishi kerak, chunki katta koʻlamdagi tebranish mashqlarini bajarishda hosil boʻladigan va gimnastni yakkachoʻpdan uzishga intiladigan markazdan qochuvchi harakat kuchi hosil boʻladi. Yakkachoʻpning oʻqi (gorizontal, dumaloq metall shaklida) gimnast aylanma harakatlar bajaradigan mavjud (haqiqiy) temirdan iborat. Oʻqni ushlashning besh usuli bor:

  1. ustidan ushlash: osilish holatida kaftlar pastga qaratilgan bo‘ladi;

  2. pastdan ushlash: shu holatda har ikki qoʻ1 ham oxirigacha supinatsiya qilingan boʻlib, kaftlar yuqoriga qaratilgan, katta barmoq tashqariga qaratilgan boʻladi;

  1. har xil ushlash: bir qoʻ1 – yuqoridan, ikkinchisi – pastdan ushlagan boʻladi;

  2. teskari ushlash: har ikki qoʻl ham oxirigacha pronatsiyalangan kaftlar gimnastning oʻziga qaratilgan, katta barmoqlar tash­qariga qaratilgan boʻladi;

  3. chalishtirib ushlash: kaftlarning ichki yuzalari tashqariga qaratilgan, bilaklar kaft-bilak boʻg‘ini oldida bir-birining ustiga chalishtirilgan, kichik barmoqlar bir-biriga tegib turib, katta bar­moqlar tashqariga yoʻnaltirilgan boʻladi.

Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ushlash usullari ushlash kengligi bilan ham farqlanadi. Ustidan ushlaganda kaftlar orasidagi masofa yelka kengligidan kichik boʻladi. Pastdan ushlaganda – yelkalardan biroz kengroq; har xil ushlaganda – taxminan yelka kengligida; teskari ushlashda – koʻpincha yelkadan kengroq (ammo shaxsiy boʻladi, chunki avval yelka boʻg‘inining harakatchanligiga bog‘liq) boʻladi. Ushlashning barcha hollarida katta barmoq qolgan toʻrt barmoqqa qarama-qarshi joylashadi.
Hozirgi davrda yakkachoʻpda bajariladigan mashqlar kishini hayratda qoldiradi, chunki ular hech toʻxtamasdan, qaltis vaziyatda bajariladi. Bu hol hatto sport gimnastikasini yaxshi tushunmaydigan kishiga ham yaxshi gimnastga ham xatosiz harakatlar uyg‘unligini, dadillikni, oʻz harakatlarini fazo va (tayanch holda) dastakli otda boshqara olish kabi sifatlarni koʻra olish imkoniyatini beradi. Yakkachoʻpda bajariladigan asosiy mashqlar quyidagilardan iborat:
- baland yakkachoʻpdagi bu holat beistisno hamma mashqlarni boshlash uchun dastlabki holatdir. Osilishda tananing toʻg‘ri holati yetarli koʻlamda tebranishni boshlash va keyinchalik siltanish uchun, ayniqsa, muhimdir. Osilish holatida gimnastning tanasi maksimal toʻg‘rilangan boʻlishi kerak. Bunga koʻkrak-oʻmrov va yelka boʻg‘inidan choʻzilish, shuningdek, bel qismidagi mushaklarni boʻshashtirish orqali erishiladi. Tirsak boʻg‘inlari ham toʻg‘rilangan, lekin taranglashmagan boʻlishi zarur. Oyoqlar tos-son va tizza boʻg‘inlaridan toʻg‘rilangan, oyoq uchlari choʻzilgan va juftlashtirilgan boʻladi. Osilish holatiga quyida bayon etiladigan koʻrsatmalarga rioya qilgan holda yaxlit oʻrgatish usuli bilan oʻzlashtirish lozim.
Tana pastki qismlarini tarbiyalashda uning toʻg‘ri holati zarur boʻlgan mushak guruhlarini tarang tortish orqali erishiladi, bu esa tebranish davomida ham saqlanadi. Osilish holatida bukilish yoki yozilish (kerishish) taqiqlanadi. Koʻpincha boshning notoʻg‘ri holati: orqaga yoki oldinga tashlash, koʻkrakka engashtirish bu xatoliklarga sabab boʻladi. Toʻg‘ri holatda bosh ham toʻg‘ri tutiladi va u qoʻllar orasida boʻladi.
Bukilib-yozilib tebranish va yoy shaklida siltanish – yetarli koʻlamda tebranishni ta’minlaydigan harakatlardir.
Gimnast osilish holatidan qorin pressi va son oldi mushaklarini tarang tortib, oyoqlarini burchak hosil qilgunga qadar koʻtaradi (gorizontal holatgacha koʻtarish shart emas, oʻtmas burchak qilib koʻtarish ham mumkin). Keyin keskin qisqa harakat bilan oyoqlarini pastga yoʻnaltiradi va bel qismidan kerilgunga qadar orqaga siltaydi. Bunday harakatlar tananing old yuzaligidagi mushaklarini choʻzadi va keyinchalik tos-son, yelka boʻg‘inidan (bu anatomik jihatdan yelka boʻg‘ini uchun yozilish boʻladi), shuningdek, umurtqa pog‘onasining bel qismidan tez bukilish uchun yordam beradi.
Yozilish tugashi bilan bukilishni boshlash zarur (sport bilan shug‘ullanishni birinchi pog‘onasida shug‘ullanuvchilarda eng koʻp uchraydigan xato – orqaga siltanganda toʻxtab qolishdir). Bukila borib, gimnast imkoniyati boricha tezroq oyoqlarini yakkachoʻp oʻqiga tizzasini (boldir oʻqning oʻrtasidan boʻlsa, yana ham yaxshi) yaqinlashtirishga harakat qiladi va tanasi oldinga yoʻnalgunga qadar oyoqlarni shu holatda ushlab turadi, tos-son va yelka boʻg‘inida toʻg‘rilanib, oyoqlarni oldinga va yuqoriga keskin yoʻnaltiradi. Bunda butun tana oldinga tebranishni soʻnggi nuqtasi holatida boʻlishi kerak. Kerishishga yoʻl qoʻymaslikning yaxshi usuli shug‘ullanuvchilarga oyoq uchlariga qarashni tavsiya qilishdir.
Osilish holati harakatida tebranish – (90-rasm) birin-ketin oldinga va orqaga bajariladigan tebranishlardan iborat. Toʻg‘ri tebrana olish baland yakkachoʻpda gimnastika umumiy kursi mashqlarini muvaffaqiyatli oʻrganishning asosidir. Toʻg‘ri tebranishda quyidagi holatlar ketma-ket boʻlishi kerak:

  1. orqaga tebranishning oxirgi holatida tana toʻla toʻg‘rilangan yoki biroz bukilgan boʻladi. Nazorat uchun eng yaxshi usul – talaba oʻz oyoq uchlariga qarashini tavsiya qilamiz;

  2. tik holatda tananing toʻg‘rilangan (osilish holatidagidek) holati;

  1. oldinga tebranishning oxirgi holatida gavda biroz bukilgan boʻladi (gimnast oʻz oyoq uchlarini koʻrib turishi kerak).


Orqaga siltanib, sakrab yerga tushish.Oldinga tebranishning oxirgi nuqtasidan tik holatga oʻtayotib gimnast oyoqlarini orqaga yoʻnaltiradi va keradi. Ayni vaqtda u toʻg‘ri qoʻllari bilan yakkachoʻp oʻqini bosib chiqib, tana-yelka burchagini kamaytiradi. Oxirgi harakatda u tovon va yelka boʻg‘ini yoʻnalish tezligini tenglashtiradi, ya’ni gimnastning gavdasi oldinga harakatlana boshlaydi. Orqaga tebranishning oxirgi nuqtasida gavdaning kerishgan holatini saqlab, sportchi yakkachoʻp oʻqini qoʻyib yuboradi, qoʻllarini yuqoriga, tashqariga koʻtaradi, sakrab qoʻnadi.

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə