O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


-mavzu. Voleybol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə14/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59
Sport mahoratini oshirish

8-mavzu. Voleybol o‘yinida shug`ullanuvchilarning o‘yin texnikasini
takomillashtirish va mahoratini oshirish.


Reja:
1 Texnik tayyorgarlikning vazifasi, bosqichlari,uslublari va vositalari
2Texnik tayyorgarlikni maqsad va vazifalarini amaliyotda joriy etish
3Texnik mahoratni shakllantiruchi omillar
Texnik tayyorgarlikning vazifasi, bosqichlari,
uslublari va vositalari

Sportchilarni musobaqalarda ishtirok etish faoliyati ularni ma’lum sport turiga xos bo`lgan harakat malakalarini maromiga yetkazib bajarishlarini taqazo etadi. Harakat malakasini mahorat bilan ijro etish, musobaqalarda g`alaba qozonish – bu ko`p yillik sport trenirovkasini evaziga namoyon bo`lishi mumkin. Harakat malakalarini ijro etish texnikasi qanchalik takomillashgan bo`lsa, musobaqada g`alabaga erishish imkoniyati shunchalik keng bo`ladi.


G`alabaga erishish – musobaqani asosiy maqsadidir. Lekin g`alabaga erishish sportchilarni muayyan va yakuniy maqsadlarga qaratilgan harakatlariga bog`liq. Mazkur harakatlarni yuqori saviyada mahorat bilan bajarish zamini esa texnik tayyorgarlikni puxta o`zlashtirganligidadir. Demak, texnik tayyorgarlik ko`p yillik sport takomillashuvi jarayonining asosiy negizidir.
Sport texnikasi – ixtisoslashtirilgan bir vaqtni o`zida, ketma-ket va ma’lum maqsadli tartibda bajariladigan harakatlar majmuasidir. Sport texnikasi – harakatni aniq, yengil, vaziyatga muvofiq kam g`ayrat sarf etib yuqori samarada ijro etishga qaratilgan bo`lish lozim.
Texnika bu yunoncha «technus» so`zi bo`lib, asl ma’nosi «san’at» tushunchasini anglatadi.
Voleybolda «texnika» o`ziga xos tizimga ega. Bu tizim o`z navbatida yuqoridan pastga qarab bir-biriga bo`ysundirilgan turkumlarga bo`linadi. Texnikani mazkur tizimi va uni turkumlarga bo`linishi «O`yin texnikasi» mavzusida batafsil yoritilgan.
Texnik tayyorgarlik bu ko`p yillik pedagogik faoliyat bo`lib, ma’lum harakatni yoki harakatlar majmuasini texnik jihatdan ma’lum maqsadli tartibda, vaziyatga muvofiq, barqaror, mukammal va samarali bajarilishini ta’minlovchi tadbiriy jarayondir. Mazkur jarayon sport tayyorgarligini asosiy va ajralmas qismi bo`lib hisoblanadi.
Texnik tayyorgarlikning so`nggi maqsadi harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan har qanday vaziyatlarda va qarshi ta’sirlar sharoitida barqaror va samarali ijro etilishidan iboratdir.
Texnik tayyorgarlikning pedagogik natijasi va uni sportchilar faoliyatida namoyon bo`lishi sportchilarni texnik mahorati deb ataladi. Bu sifat ma’lum rejaga asosan bosqichma-bosqich nazorat mashqlari (testlar) va yozma kuzatuv uslublari yordamida mashg`ulotlar, hamda musobaqalar jarayonida baholanib turiladi.
Texnik tayyorgarlikning asosiy vazifasi – o`yin texnikasini biomexanik qonuniyatlarini o`zlashtirish va harakat yoki harakatlar majmuasini texnik tomondan maqsadga muvofiq, barqaror va mukammal takomillashtirishdir.
YAngi harakat texnikasini o`rganish, o`zlashtirish mavjud harakat tajribasiga asoslanadi.
Harakat yoki harakatlar majmuasining texnikasini o`zlashtirish shug`ullanuvchida kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamkorlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni yetarli darajada rivojlantirilishini taqazo etadi. Bu sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlarni bajarilish tartibi va yo`nalishi o`rgatiladigan (o`zlashtiriladigan) o`yin malakasini texnikasiga «hamohang» bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
Harakatlar texnikasiga o`rgatish jarayonida quyidagi uslubiy tavsiyalarga rioya qilish lozim:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə