O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə11/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59
Sport mahoratini oshirish

Tayanch tushunchalar
Tеxnika, bo‘limlar, guruhlar, usul, uslub, tur, hujum, himoya, siljish, yurish, yugurish, sakrash, to‘xtash, burilish, ilib olish, oshirib bеrish, otish, olib yurish, turish, urib chiqarish, urib qaytarish, to‘sish, to‘pni tutish, to‘pni yulib olish, to‘pni egallash.


Nazorat uchun savollari

  1. Baskеtbol o‘yin tеxnikasi haqida umumiy tushuncha.

2. Hujum tеxnikasi.
3. Hujumda maydonda harakat qilish tеxnikasi.
4. Hujumda to’p bilan bajariladigan usullar tеxnikasi.
5. Himoya tеxnikasi.
6. Himoyada maydonda harakat qilish tеxnikasi.
7. Himoyada to‘pni egallash va qarshi harakat qilish tеxnikasi.
8. Baskеtbol o‘yinida chalg‘itishlar.


6-mavzu. Basketbol o‘yin mashqlar taktikasi usullarini
o‘rgatishni takomillashtirish hamda mahoratini oshirish.


Reja:
1.O’yin taktikasi tasnifi
2. Hujum taktikasi
3.Himoya taktikasi
Sport taktik tayyorgarligi - bu maxsus musobaqalashuv jarayonida biron-bir sport turi bo‘yicha tizimli kurash olib borishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayondir.
Ushbu jarayon tanlangan sport turi bo‘yicha umumiy holatni o‘rganish, musobaqa nizomi va hakamlik mahorati, sportchilarni taktik mahorati, musobaqadan oldin o‘z taktik malakasiga ega bo‘lishi, mashg‘ulotlarda va nazorat musobaqalarda taktik usullarni qo‘llash uchun zarur sharoitni yuzaga keltirishni o‘z ichiga qamrab oladi. Taktik tayyorgarlik sportchi yoki jamoani ma’lum darajada natijaga erishganligida namoyon bo‘ladi. Basketbol sport turida taktik tayyorgarlik turli o‘yin kombinatsiyalarini o‘rganishni talab qiladi. Kombinatsiya o‘yinchilar tomonidan o‘rganilgan va hamkorlikda kelishilgan jamoaviy tizim bo‘lib, jamoadagi biron-bir basketbolchi xalqaga to‘p tashlashi uchun sharoit yaratishdan iborat.
Taktika va texnikaning chambarchas, uzviy bog‘liqligi tufayli basketbol nazariyasi va amaliyotida qo‘shma jumla bilan “texnik-taktik harakat” deb yuritish odat tusiga kirgan.
J amoadagi bir necha o‘yinchilarning koordinatsion jihatdan muayyan maqsad sari muvofiqlashtirilgan va tartiblashtirilgan texnik-taktik harakatlari shu o‘yinchilrning o‘zaro taktik harakatlari deb izohlanadi. Jamoaning yaxlit (bir butun) taktik harakatlarini esa o‘yin tizimi deb yuritiladi.
O‘yin tizimi jamoaning barcha o‘yinchilarini o‘zaro joylashishi va o‘zaro harakatini anglatadi. O‘yin tizimi muayyan maqsadlarga qaratiladi. (Masalan, bir markaziy o‘yinchi bilan hujumni tashkil qilish o‘yin tizimi, himoyada shaxsiy o‘yin tizimini qo‘llash va h.k.).
Hujumda jamoa harakatini tashkil qilish aksariyat taktik kombinatsiyalar asosida amalga oshiriladi.
Kombinatsiya— hujumni foydali natija bilan yakunlanishiga qaratilgan bir necha o‘yinchilar yoki butun jamoa o‘yinchilari bilan oldindan “charxlantirilgan” (mashqlantirilgan) o‘yin tizimini anglatadi. Bundan tashqari, “o‘yinni olib borish shakllari” tushunchalari ham mavjud. O‘yin taktik jihatdan faol (aktiv) va sust (passiv) shakllarda olib borilishi mumkin. O‘yinni faol shaklda olib borilishiga maydon bo‘ylab raqibga nisbatan xavfli vaziyatlar tug‘dirish, shaxsiy yoki butun jamoaga nisbatan zich hujum qarshiligini ko‘rsatish, bosim qilish, himoyada esa keskin o‘zgaruvchan “ochiq” va “yopiq” qarshi harakatlarni uyushtirishlar misol bo‘la oladi.
Sust shaklda o‘yinni olib borish — bu demak raqib yoki raqiblar harakatiga shartli erkinlik berish. Bunday o‘yin shakli raqib jamoani “chalg‘itish” uchun qo‘llaniladi, ayrim hollarda bunday o‘yin shakli asabga “tegish” uchun qo‘llaniladi.
O‘yinni tashkil qilish va olib borishda quyidagi harakat turlari qo‘llaniladi:

  • yakka (individual) harakatlar — bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni sherigiga yakka holda mustaqil harakat ko‘rsatishni anglatadi;

  • guruhli harakatlar — bu jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni ikki yoki uch o‘yinchi ishtirokida xal qilishga qaratilgan harakatlarni ifodalaydi;

  • jamoali harakatlar — bu jamoaning barcha o‘yinchilari ishtirokida o‘yin oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni amalga oshirish chorasini belgilaydi.

O‘yinchilarni o‘yin funksiyasi (ixtisosligi) bo‘yicha taqsimlanishi. Zamonaviy basketbolda o‘yinchilar quyidagi funksiyalarga (ampula) ixtisoslashgan bo‘ladi:

  • himoyachilar,

  • forvardlar;

  • markaziy o‘yinchilar.

Himoyachi o‘yinchilarning funksiyalari:

  • hujumchi sheriklari faoliyatiga rahbarlik qilish;

  • pozitsion holatdan savatga to‘p tash lash;

  • raqiblarni tezkor “yorib” o‘tib savatga hujum qilish;

  • himoyada — raqiblarni tezkor kontr hujumini to‘xtatish;

  • o‘z shchiti atrofida raqiblarga faol qarshi chiqish.

  • forvardlar:

  • keskin o‘zgaruvchan vaziyatlarda tezkor harakatlanish.;

  • uzoq va yaqin joylardan savatni ishg‘ol qilish;

  • o‘zining tezkor reaksiyasi yoki markaziy hujumchisiga aniq to‘p uzatish qobiliyati hisobiga savat oldida o‘yin keskinlashtirish;

  • markaziy hujumchi bilan birga raqib va o‘z shchiti oldida otilgangan to‘pni olib qayta hujum uyushtirish.

Markaziy hujumchilar — baland bo‘yli, odatda baquvvat bunday funksiyaga ixtisoslashgan o‘yinchilar hujumda ham, himoyada ham shchitdan sapchigan to‘plarni olish, olib qulay turgan sherigiga uzatish, savatga qayta tashlash, savatga tashlanayotgan (o‘z shchiti oldida) to‘p yo‘nalishini to‘sish, savatga to‘siq qo‘yish bog‘liq “ishlarni” bajaradi.
Hujum taktikasi
Hujum jamoani asosiy va hal qiluvchi funksiyasi bo‘lib, uni taktik jihatdan puxta rejalashtirish, tashkil qilish va amalga oshirish har bir hujum harakatini hamda butun o‘yin jarayonini foydali natija bilan yakunlanishiga imkon yaratadi.
Hujum taktikasi qanchalik serqirrali bo‘lsa, taktik usullar hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, taktik bilim va ko‘nikmalar doirasi qanchalik keng bo‘lsa, qulay va foyda keltiruvchi usullarni tanlash hamda ularni qo‘llash imkoniyati shunchalik samarali kechadi.
Hujum taktikasi individual, guruhli va jamoa harakatlaridan iborat bo‘ladi (3-andoza).
Kirib borish va to‘p tashlash. Yorib kirish ham to‘siqlarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan o‘zaro harakatlar hisoblanadi. Himoyachilar uchun to‘pni bir-biriga uzatib o‘ynash noqulay bo‘lgan paytda uning qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. Ta’qib qilinayotgan o‘yinchilar bilan almashgandan ko‘ra yorib kirish himoyadagi o‘yinchilarga raqiblarini muntazam ta’qib qilib turishga imkon beruvchi harakatlarni nazarda tutadi. Buning ikki xil yo‘li mavjud: a) ikkita hujumchi orasidan yorib kirish, b) o‘z sherigi va to‘siq qo‘yayotgan hujumchi orasidan yorib kirish.
Birinchi usul ancha samaraliroq lekin amalga oshirish qiyinroq. Undan hujumchi yaqindan ta’qib qilayotganda foydalanish mumkin va himoyachidan vaziyatni yaxshi nazorat qilishni tezkor hamda qat’iy harakatlarni taqoza etadi.

4-jadval


4-jadval. Hujum taktikasi tasnifi

Ikkinchi usulda yorib kirishni bajarishda o‘zaro harakatlar muvaffaqiyatini sherikning o‘zi ta’qib qilayotgan o‘yinchidan o‘z vaqtida bir qadam orqaga chekinishi belgilab beradi. Aynan bo‘sh qolgan hudud orqali himoyachi o‘zining hujumchisi orqasidan o‘tib oladi va pozitsion ustunlikka ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Sherigining yorib kirishidan so‘ng orqaga chekingan himoyachi o‘zining dastlabki holatini tiklashi kerak. Hujumchilarning bir-biriga qarshi harakatlanishida to‘p ushlab turgan o‘yinchi orqasidan yurgan himoyachi yorib kirishni amalga oshirish zarur.


Individual harakatlar. Har bir o‘yinchi maydonda kechayotgan vaziyatni bilishi, uni o‘z vaqtida payqashi va jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifa doirasida foydali natija keltiruvchi shaxsi (individual) harakat qobiliyatini namoyish etishi lozim.
Individual taktika to‘psiz va to‘p bilan amalga oshirilishi mumkin.
O ‘yinchini to‘psiz harakatlari — himoyachi (raqib) yoki himoyachilarning ta’qibi va zich qarshiligidan qochish va sherigidan to‘p qabul qilish uchun hamda qulay joy tanlab navbatdagi harakatni davom ettirishga qaratiladi. To‘psiz harakatlar raqibni chalg‘itish, uning diqqatini “zaiflashtirish” va to‘p bilan harakatlanayotgan o‘z sherigiga qulay yo‘l ochishda qo‘llaniladi.
O‘yinchini to‘p bilan harakati — to‘pni o‘yinga kiritishda, to‘pni boshqarish, uzatish va savatga tashlash usullari bilan ifodalanadi. Bunday usullarga to‘pni ilish, urib yuborish, urib yurish, uzatish va savatga tashlash ko‘nikmalari kiradi.
Guruhli harakatlar — ikki yoki uch kishidan iborat o‘yin- chilarning o‘zaro kelishilgan va jamoa oldiga qo‘yilgan taktik vazifalarni hal qilishga qaratilgan faoliyatini anglatadi.
Ikki kishidan iborat o‘yinchilarning o‘zaro harakati (40-rasm) bir necha usularda (“to‘p uzat ozing chiq”, to‘siq, juftlik”) ijro etiladi (40, 41-rasm).
“To‘p uzat — o‘zing chiq” usuli —- eng oson va samarali xususiyatga ega bo‘lib, to‘pni uzatib, o‘zi raqibni ta’qibidan bo‘sh joyga chiqib, to‘pni yana qabul qilish bilan ifodalanadi (40 a,b –rasm)
“To‘siq” — zamonaviy basketbolda bu usul zich tashkil qilingan himoyaga qarshi qo‘llaniladigan hujum ko‘nikmasi sifatida xizmat qiladi.
Savatdan qaytgan to‘pni ilib va qayta otish. Bir qarashda, halqa tagida turib to‘p tashlashlar juda osondek tuyiladi. Biroq, shunday lahzalar bo‘ladiki, bunday tashlashni bajarish juda qiyin bo‘lib qoladi. Savat tagida turib to‘p tashlash qiyinchiligini oshiruvchi elementlariga himoyachining bosimini, muvozanatining yo‘qligini yomon burchak hamda fol bilan bog‘lash bo‘lgan harakatlari, tashlanadigan to‘pni to‘sib qo‘yishi ehtimoli kiritish mumkin. Biroq, agar o‘yinchi to‘pni burchak ostida va tezlik bilan to‘g‘ri mashq qilsa, savat tagidagi (shchitdan qaytgan) har qanday to‘p tashlashlarni istalgan vaqtda bajarishi uchun kerakli jihatni rivojlantira oladi.

40-rasm. “To‘pni uzat –o‘zing chiq” usuli

To‘xtash bilan to‘p tashlash oson o‘rganiladigan tashlashlarda biri hisoblanadi va u savat tagida to‘p tashlash bilan birgalikda bajarish mumkin bo‘lgan usullardan biri sanaladi. Bu to‘p tashlash zonada bajariladi va mudofa bosimi ostida bo‘ladi. Undan tashqari, bu to‘p tashlash muvozanatini yo‘qotgan o‘yinchini qoida buzishga majbur qilishi mumkin.


Basketbolda to‘pni ko‘tarib olish deganda jamoalardan biri savatga to‘p tashlashni muvaffaqiyatsiz bajargandan so‘ng to‘pni egallab olish tushiniladi. Bu atama aslida “rebound” deb ataladi. Basketbolning yozilmagan qoidalaridan biri shunday deydi: “Kimda-kim to‘pni ko‘tarib olishda g‘alaba qilsa. U o‘yinda g‘olib bo‘ladi”. Uchrashuvdan keyingi matbuot-anjumanlarida murabbiylar aynan “boy berilgan shchit” ni muvaffaqiyatsizlik yani mag‘lubiyatning sababi deb ko‘rsatishadi. To‘pni ko‘tarib olishlarning asosiy ustunligi takroriy hujum uyushtirish yoki aksincha raqibga hujum qilish imkonini bermaslikdir. Bu basketbol elementi to‘g‘risida tartib bilan gaplashamiz.
To‘pni ko‘tarib olish mohiyati shundaki, bunda ancha qulayroq holatda turib qolish va shchitdan yoki halqadan qaytgan to‘pni ilib olish kerak bo‘ladi. Eng yaxshisi raqibni to‘pni ko‘tarib olishi uchun har qanday imkoniyatdan mahrum qilishdir.
B uning uchun o‘ziga “gorizontal” ustunlik yaratish ya’ni raqibning savat tomonga bo‘lgan yo‘lini to‘sib qo‘yish kerak. Biroq har doim ham buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Shuning uchun “vertikal” ustunlikdan ham foydalanish zarur ya’ni maksimal yuqori nuqtada to‘pni olib qo‘yish. Aynan shu sababli baland bo‘yli gavdali va sakrovchan o‘yinchilar to‘pni olib qo‘yish bo‘yicha yetakchilik qiladilar. Birinchilar va ikkinchilar raqibni siqib chiqara oladilar o‘yinchilar esa raqiblaridan oshib o‘tadilar. Ikki xil turdagi to‘pni olib qo‘yishlar mavjud: himoyada va hujumda. Agar jamoa hujum qilayotgan paytda to‘pni egallab olsa, demak to‘pni ko‘tarib olishni u hujumda amalga oshirgan bo‘ladi. Mos ravishda himoyalanayotganlar to‘pni egallab olsalar ular himoyada to‘pni olib qo‘ygan bo‘ladilar. Birinchi bo‘lib to‘pni to‘liq egallagab olgan yoki harakatni bajargan (savatga tushirib yuborgan yoki sherigiga maqsadli to‘p uzatib bergan) o‘yinchiga to‘pni olib qo‘yish yoziladi. Himoyachilar savatga yaqinroq joylashadi, shuning uchun himoyada to‘pni olib qo‘yish osonroq amalga oshiriladi.
Maqsadi sherigini ta’qib qilayotgan himoyachi yo‘lini to‘sib, o‘z sherigini ozod qilishdan iborat (42 a, b - rasm).
“Juftlik” usuli: hujum qilayotgan o‘yinchi to‘pni sherigiga uzatadi va uning yo‘lini himoyachiga to‘siq qo‘yib ochib beradi.
Hujumchi to‘pni olib to‘siq qo‘yib ochib beradi. Hujumchi to‘pni olib, to‘siq qo‘ygan sherigi oldindan o‘tib, hujumni yakunlaydi (42 a, b -rasm)
“ Ta’qib qilish va to‘pni olish uchun kesib chiqish” hujumchi himoyachi ta’qibidan qochib, to‘psiz yoki to‘p bilan uni chalg‘itish maqsadida unga o‘z ta’qibchisini “duchor” qiladi va uni shu yo‘l bilan adashtiradi. So‘ng hujumchilar bir-biriga qarama-qarshi kesma yo‘nalishda harakatlanadi va shu yo‘l bilan ta’qib qilayotgan himoyachilarni to‘qnashishga hamda ularni aldanishiga majbur qiladi (43, 44 a,b, 45- rasm).



Uch kishidan iborat o‘zaro harakatlar. Ushbu harakatlarda juftlik harakatlarida qollaniladigan usullar bilan bir qatorda “uchburchak”, “uchlik”, “kichik sakkiz”, “kesma chiqish”, “ikki yoqlama to‘siq ”, “ikki o‘yinchiga taqib”, kabi usullar qo‘llaniladi (46-51 rasmlar)





49-rasm. Guruh bo‘lib bajariladigan mashqlar.


Ushbu o‘zaro harakat usullarining mohiyati, mazmuni va ijro etilish tartibi qayd etilgan rasmlarda keltirilgan.
Jamoali harakatlar. Hujumda ijro etiladigan individual va guruhli o‘zaro harakatlar jamoaning taktik vazifalariga asoslanadi Jamoa harakati har bir o‘yinchining o‘zaro kelishilgan, muvofiqlashtirilgan va jamoaning muayyan hujum taktikasini amalga oshirishga qaratilgan integral faoliyatidir. Ushbu faoliyatni amalga oshirishda jamoani himoyaga qaratilgan o‘ta keskin va tezkor hujumga o‘tib, raqibni “shoshiltirib” qo‘yish, uni xato qilishda majbur qilish choralari qo‘llaniladi. Bu chora ikki tizimli jamoa harakati bilan ifodalanadi: tezkor “yorib” o‘tish va “barvaqt” hujum.
52-rasm. Jamoviy mashqlar.

Savat oldida turib shchitdan qaytganda to‘p tashlash mashqlari.


Bu mashq bo‘yicha rejalashtiriladi, u savatga (shchitdan qaytganda) to‘p tashlashlar amaliyoti sifatida yaxshi ish beradi. Xonaning har bir tomonida past blokda bittadan to‘p qo‘yib chiqing. Bir o‘yinchi (hujumchi zona bo‘ylab) siljib harakatlanadi hamda past blokdan to‘pni ko‘tarib olib, kuchli to‘p tashlashni (shchitdan sapchitib) bajaradi. Ikkita boshqa o‘yinchi zonaning har bir tomonidan joy egallaydilar. Ularning vazifasi hujumchi keyinchalik yana tashlashni bajarish uchun zonalarida uchib kelgan to‘pni ko‘tarib olish va dastlabki nuqtasiga (pastki blokka) joylashtirish. Mashq 30 sekund davomida bajariladi, shundan so‘ng o‘yinchilar vazifalari bilan almashadilar.
Savat oldida turib (shchitdan qavtganda) va aldamchi harakat bilan to‘p tashlashda ikkita to‘p.
Bu mashq xuddi avvalgi mashq sifatida bajariladi. Farqi shundaki, hujumchi to‘p tashlashni bajarilishdan oldin aldamchi harakatni qo‘llaydi.
Perimetr bo‘ylab to‘pni olib yurimasdan kuchli to‘p tashlash (shchitdan sapchitib).
Bu mashqning maqsadi — to‘pni olib yurmasdan zonada sakrab to‘xtashni va kuchli to‘p tashlashni amalda sinash har bir o‘yinchining qo‘lida bittadan to‘p va ular erkin zarba chizig‘idan boshlashadi. Hujumchi aldamchi harakatni bajaradi, o‘ng qo‘lda to‘p olib yurishni oshiradi, raqibning to‘pga bir marta tegishidan iborat bo‘lishi kerak, keyin zonada to‘xtaydi va yuqoriga sakrab to‘p tashlashni bajaradi. Tashlashdan so‘ng ikkinchi o‘yinchi xuddi shu mashqni bajaradi, vaqti 30 sekund, keyin ular driblingni chap qo‘lga yoki perimeter bo‘ylab bo‘sh joyga o‘zgartiradilar.
Harakatlanishda to‘p tashlashlar.
Jamoa ikkita qatorga bo‘linishadi. Birinchi qatordagi birinchi ikki o‘yinchi to‘pga egalik qiladi. 1-o‘yinchi to‘pni savat tomonga olib boradi, chap qatordagi 2-o‘yinchi esa u bilan bir vaqtda savatga tomon harakatni boshlaydi, 1-o‘yinchi 2-sherigiga poldan sapchitib to‘p uzatadi. To‘pni qabul qilib olib sherigi depsinib yuqoriga sakraydi va to‘pni tashlashni bajaradi 1-o‘yinchi qaytgan to‘pni ilib oladi va 2-o‘yinchiga uzatadi, 2-o‘yinchi to‘pni yon chiziq tomonga olib yurishni boshlaydi va o‘ng tarafdan qatorda turgan keyingi o‘yinchiga to‘pni uzatib, o‘sha yerdan joy egallaydi. 1-o‘yinchi chap qatorga ketadi 3 va 4-o‘yinchilar ham joylarini o‘zgartirgan holda shunday yo‘l tutadilar.
Aldamchi harakat bilan stullar orasidan o‘tib to‘p tashlash
O‘yinchilarni uchta va to‘rtta kishidan iborat guruhlarga bo‘ling. Guruhlarni savatga qarata joylashtiring va o‘yinchilarga bittadan to‘p bering. Birinchi o‘yinchi jarima zarbasi hujumida turadi. Mashq o‘yinchining to‘pni o‘ziga otib berishi va sakragan holda to‘xtab uni ilib olishi bilan boshlanadi. U aldamchi xarakatni bajaradi va to‘pni stullar orasidan savat tomonga olib bora turib shchitdan sapchitib savatga to‘p tashlaydi. Mashqning davomiyligi 2 daqiqa. Keyin to‘pni olib yurishni bajaruvchi o‘ng qo‘lni chap qo‘lga o‘zgartirish yoki maydondagi stullar joylashishini almashtirish mumkin.
To‘pni olib yurishda joyni o‘zgartirgan hoida to‘p tashlashlar
To‘rtta o‘yinchi savat oldida joylashadi ulardan uchtasi orqa chiziqda, to‘rtinchisi esa jarima chizig‘ida turadi. To‘p ushlab turgan o‘yinchi jarima chizig‘ida turgan o‘yinchiga ikkala qo‘lda ko‘krakdan to‘p uzatadi. To‘p uzatgan o‘yinchi to‘pni qabul qilib olgan o‘yinchining oldiga yugurib chiqib, unga bosim o‘tkazishga harakat qiladi. To‘pni qabul qilib olgan o‘yinchi aldamchi harakat bajarib, to‘p tashlash uchun to‘pni savat tomonga olib yuradi. To‘pni ko‘tarib olib, orqa chiziqqa navbatga turadi, himoyachi vazifasini bajargan o‘yinchi esa jarima chizig‘i yonida hujumchiga aylanadi. Bu mashqni ma’lum bir vaqtda bajarish hamda ijro etish joylarini o‘zgartirishi mumkin.
Tezkor “yorib” o‘tishda qo‘llaniladigan harakatlar texnikasi — bu jamoani raqibga nisbatan son jihatdan ustun bo‘lgan tarkib asosida qayta hujum uyushtirish va qisqa oraliqlardan savatni ishg‘ol qilishga mo‘ljallanadi.


53-rasm. Juftlikda tezlik bilan bajariladigan mashqlar.
“Barvaqt hujum” — jamoa tomonidan amalga oshiriladigan mazkur usul ham deyarli tezkor “yorib” o‘tish usuliga o‘xshash tartibda qo‘llaniladi. Faqat bu usulni qo‘llashda avvaldan belgilangan va taktik kombinatsiyalar bilan yakunlanadigan harakatlardan ko‘proq foydalaniladi.
Pozitsion hujum. Bunday hujum, asosan, tezkor “yorib” o‘tish “barvaqt hujum” choralari natija bermaganda juda qo‘l keladi. Mazkur hujum usulida jamoaning barcha o‘yinchilari o‘z o‘yin funksiyalari va o‘z o‘yin “joylarida” asoslangan holda maydon bo‘ylab himoyalanayotgan raqiblari ta’qib qilib, savatni ishg‘ol qilish xavfini tug‘diradi. Ta’qib davomida sust yoki zaif raqibni payqagan zahoti boshqa raqiblarni chalg‘itish asosida savatga hujum uyushtiriladi.
Pozitsion hujum ikki xil tizimda ijro etilishi mumkin: bir yoki ikki markaziy hujumchi orqali va markaziy hujumsiz.

Himoya taktikasi


Keskin raqobat ostida kechayotgan zamonaviy basketbol musobaqalarida raqib hujumiga qarshi qo‘llaniladigan himoya harakatlari taktik jihatdan qanchalik serqirrali va mukammal bo‘lsa, shunchalik raqibning hujum rejasini “puchga” chiqarish, to‘pni olib qo‘yish va qayta hujum uyushtirish imkoni keng bo‘ladi.
Himoya taktikasi ham hujum taktikasi kabi individual, guruhli va jamoa harakatlari asosida amalga oshiriladi. Lekin himoya taktikasini samarali ijro etish va uni foydali natija bilan yakunlash ustuvor jihatdan o‘yin texnikasini mukammal o‘zlashtirilganlik, jismoniy va psixofunksional imkoniyatlar salohiyatiga bog‘liqdir. Bundan tashqari raqibni individual, guruhli va jamoaviy hujum taktikasini hamda ularning sirli xatti-harakatlarini, rejalarini oldindan bashorat qila olish (bilish), vaziyatni tezda payqash va unga asosan qarshi himoya usullarini qo‘llay olish himoya taktikasini foydali koeffisient bilan ado etishga yo‘l ochib beradi.
Individual himoya taktikasi ikki yo‘nalishda ijro etiladi:
- to‘psiz hujum qo‘llanilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo‘llash;
- to‘p bilan hujum qilayotgan raqibga qarshi himoya usullarini qo‘llash

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə