O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Gimnastikachilarni tayyorlashni boshqarish



Yüklə 3,35 Mb.
səhifə6/59
tarix25.05.2022
ölçüsü3,35 Mb.
#87923
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Sport mahoratini oshirish

Gimnastikachilarni tayyorlashni boshqarish
Gimnastikachilarni tayyorlash va uni boshqarishni bir-biri bilan bog‘liq qismlar deb qarash lozim. Olimpiada orasidagi to‘rt yillik davridagi gimnastikadagi natijalarni tavsiflaymiz.
Sport amaliyotida bashorat qilish uslubi - ekstropolyatsiya uslubi, ekspert baholash uslubi va modellashtirish uslubi eng ko‘p qo‘llaniladi. Bashorat qilish tufayli gimnastikachi muvoffaqiyati darajasi aniqlanadi va kuchli sportchi modeli yaratiladi.
Tayyorgarlik parametrlarini modellashtirish faqatgina kuchli gimnastikachi modelini yaratibgina qolmay, balki trenirovka yuklamalari, turli vaqt oralig‘idagi mashqlar soni, musobaqalar miqdori va boshqalar kabi eng muhim ko‘rsatgichlarni aniqlashni nazarda tutadi.
Kuchli sportchi modelini ishlab chiqish mo‘ljal sifatida katta ahamiyat kasb etadi, u bilan modelning eng yaxshi darajasiga yetish uchun zarur bo‘lgan ustalikning o‘sish tezligi aniqlanadi va shaxsiy natijalari solishtiriladi.
Gimnastikachi tayyorgarligining asosiy umumlashiruvchi ko‘rsatgichi uning musobaqa faoliyatining ballarda ifoda etilgan samaradorligi hisoblanadi.
Texnik tayyorgarlik o‘z navbatida funksional va psixologik tayyorgarlikka, morfometrik xususiyatlarga va sport stajiga bog‘liq bo‘lgan modelli tavsif bilan zich bog‘langan jismoniy tayyorgarlikning poydevoriga tayanadi. Modelli tavsif grafika ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Mamlakat terma jamoalariga nomzodlarni saralab olish muammosi ekstraklass gimnastikachi modeli xarakteristikasiga yaqin keluvchi gimnastikachilarni qidirishga olib keladi. Aslida, sportchilar turli bosqichlarda qo‘llaydigan nazorat mashqlari va yuklamalari hamda tayyorgarlikning turli tomonlarini testlash maqsadida namuna bilan haqiqiy ko‘rsatgichlarni solishtirishga imkon beradi. Gimnastikachining yo‘nalishidagi har bir qadam va har bir bosqichiga istiqbolli saralash maqsadida model – idealchi asta-sekin yaqinlashuvchi gimnastikachining jismoniy va funksional tayyorgarligi, texnik mahorat ko‘rsatgichining ma’lum darajasiga muvofiq bo‘ladi.
Tajribali trenerlar klassifikatsion dastur bilan chegaralanib qolmaydi va o‘zining qo‘l ostidagilarining tayanch tayyorgarligini kengaytiradi. Saralash masalasini kelajakda ishlab chiqish, shubhasiz, shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlari va yosh xususiyatlariga qarama-qarshi ta’sir etmaydigan va bir bosqichdan keyingi bosqichga o‘tishni ta’minlaydigan darajaga, gimnastikachilar tayyorgarligining muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida aniq ma’lumot beruvchi ko‘rsatkichlarni aniqlash bilan bog‘liq.
Gimnastikachilarni saralab olish konsepsiyasi to‘g‘risidagi umumiy tushunchasi “yuqoridan - pastga” dasturi “razvetka” prinsipi bo‘yicha (bosqich bo‘yicha: boshlang‘ich tayyorgarlikning tayanch elementlaridan kelajakdagi “ideal” gimnastikachining modelli mashqlarigacha) va “pastdan yuqoriga” prinsip bo‘yicha dasturni tez o‘zlashtirishga qodir bo‘lgan qobiliyatni sportchilarni izlash tizimini ifodalash mumkin. Saralash to‘g‘risida “Sport gimnastikasida saralashni tashkil qilish” ma’ruzasida ko‘proq ma’lumot berilgan.
Tayyorgarlik maqsadi ishining mazmunini belgilaydi. Tayyorgarlikning maqsadi, masalan, respublikaning terma jamoasida mas’uliyatli xalqaro musobaqalarda muvoffaqiyatli chiqishlar bilan Vatanimizning shuhrati va o‘zbek sportini g‘ururini ko‘tarishdan iborat. Sportda bu intilish Olimpiada o‘yinlarida, Jahon va Yevropa, Osiyo chempionatlarida, yirik xalqaro turnirlarda jamoa va yakka birinchiliklarda yutib chiqishdir.
Bu maqsad gimnastikachi, trener va rahbarning birgalikda jiddiy faoliyat yuritishni belgilaydi. Boshqachasiga aytganda, yuqori natijalar stoliga erishishga da’vo qilmaydigan gimnastikachining oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalarni ifoda etadi.
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va xizmatiga tayyorgarlik, jismoniy barkamollikka erishish, salomatlikni mustahkamlash – shular shug‘ullanuvchi oldiga qo‘yishi mumkin bo‘lgan asosiy maqsad. Gimnastikaning yo‘lini to‘g‘ri tanlab olish uchun bashorat qilish – kelajak to‘g‘risida ilmiy asoslangan ma’lumotlar zarur. Gimnastikada birinchi navbatda ixtiyoriy mashqlar mazmunini bashorat qilish muhimdir.
Gimnastikachilarni tayyorlash tizimiga quyidagilar kiradi:

  • tayyorgarlik maqsadi;

  • natijalarni bashorat qilish;

  • tayyorgarlik parametrlarini modellashtirish;

  • tayyorgarlik bo‘yicha nomzodlarni tanlab olish;

  • tayyorgarlikni rejalashtirish;

  • tayyorgarlik dasturi;

  • tayyorgarlikni nazorat qilish;

  • tayyorgarlikni tuzatish.

O‘tganlarni tahlili gimnastikani rivojlantirish qonuniyatlarini ko‘rsatadi, aniq bashorat uchun eng qulay vaqtni belgilovchi uning hozirgi paytda va kelajakdagi holati hisobga olinadi.

Yüklə 3,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə