Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə86/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89
sitologiya majmua

Sitokinez. Odatda telofazadan keyin ekvatorial tekislikda to'siqlar hosil bo'ladi, ya'ni Hujayraning bo'linishi kuziladi. Hujayra plastinkasi deb ataladigan to'siqning vujudga kelishi ham ancha marakkab jarayondir.
Meyoz organizmning ayrim Hujayralarida kuzatiladi. Bu organizmning voyaga etishi bilan bog'liq. Uning xarakterli belgisi Hujayraning bo'linishi vaqtida xromosomalar sonining ikki marta kamauishidadir. Meyoz bo'linishi mag'izning ketma-ket ikki marta bo'linishidan iborat bo'lib, birinchi geterotipik bo'linish ancha marakkab o'tadi, ya'ni bunda xromosomalar reduksiyasi kuzatiladi. Ikkinchi gomotipik bo'linish esa tipik mitotik bo'linish kabi o'tadi. Natijada 4 ta gaploid Hujayra (spora yoki gameta) hosil bo'ladi. Birinchi bo'linishning profazasida bir necha bosqichlar ajratilib, ularda xromosomalarning shakllanishi, gomologik xromosomalarning juft-juft bo'lib yaqinlashishi ularning matashuvi va ajralishi hamda hosil bo'lgan qo'sh xromosomalar ma'lum shaklni olgan holda ekvatorial tekislikda joy olishi kuzatiladi. Profazaning oxirida mag'iz qobig'i va mag'zi uo'qoladi. Metofazada qo'sh xromosomalarning axromatin urchuq yordamida Hujayra qutblariga ajralishi boshlanadi, anafzada esa qo'sh xromosomaning yarmi, ya'ni oddiy xromosoma urchuq iplari bo'ylab Hujayra qutblariga tortiladi. Ana shu vaqtda har bir qutbda xromosomalar soni ikki marta kamaugan boTadi.




Сt)CD CE>CD <Б>А<Б>


16.3-rasm. Meyoz 1 va Meyoz 2 fazalari.

Мсйоз Митоз





Interkinez yoki oraliq faza mitoz bo'linishning interfazasiga o'xshab ketadi. Birinchi va ikkinchi, bo'linish davrlarini qiskarishiga yordam beradi. Interkinezdan so'ng ikkinchi bo'linishning profaza va metafazalari Hujayraning har bir qutbida alohida boshlanadi. Bo'linishning anafazasida xromosomalar ajralishi va qutblarga tortilishi, telefazada 4 ta gaploid mag'iz hosil bo'lishi hamda har biri maxsus qobiq bilan o'ralib, mustaqil hujayralarga aylanadi. Meyozning oxirgi bosqichi tetradalar hosil bo'lishi deb ataladi.
14-amaliy mashg'ulot.
Endoreproduksiya fazalarini o'rganish.
Endoreproduksiya - hujayrada DNK miqdorining ko'payishi. Ularga politeniya, poliploidiya va ko'p yadrolik misol bo'ladi.
Politeniya - hujayraning bo'linmasdan DNK ning bir necha hissa ko'payishi. DNK bir necha ming marotaba kattalashuvi mumkin. Politeniya bo'linish endomitozning bir urinishi bo'lib, xromasoma iplarining soni ortib tarqalmau bir- biriga yopishib qoladi. Xromasomalar reduplikasiyasi 2 uo'l bilan politeniya va polisomatiya bilan boradi. Politeniya xodisasi qiz hujayra xromatidlar ajralmau va ko'p ichlar politen xromasomalarni hosil qiladi. Masalan: drozofilla lichinkasining so'lak bezi hujayrasida xromasomalar soni 1024 gacha, boshqa turlarida undan ham ko'p bo'lishi mumkin.
Polisomatiya - qiz hujayralarga ajraladi. Somatik poliploidiyada xromasomalar soni normadagi ipchalardan tashkil topgan. Poligeniya polisomatiyadan sifat jihatdan farq qilib, ular 1 ta hujayrada kechadi. Polisomatik hujayralarda xromasomalar soni doimiydir.
Hujayra bo'linishi jarayoni reduplikasiyaga nisbatan sekin borsa politeniya va polisomatiya hodisasi bo'ladi. Aksincha, bo'lsa, hujayralar bo'linishi jarayoni poliploid hujayrada xromasomalar soni kamayadi, ya'ni somatik reduksiya vujudga keladi. Bunday o'zgarish yuksak o'simliklarda va ayrim hasharotlarda uchraydi. Somatik reduksiya ko'pipcha tabiatda uchraydi. Uni eksperimental uo'l bilan ham vujudga keltirish mumkin.
Ba'zan tabiatda yadrodagi xromosomalarning soni ko'p marta ortishi kuzatiladi. Bu hodisa poliploidiya deb ataladi. Agarda xromosomalar soni gaploid yadrodagiga nisbatan 3 marta oshsa - triploid, 4 marta oshsa - tetraploid yadro deyiladi va hokazo.
O'simliklarning poliploid formalari, ko'pincha o'zida qimmatli xo'jalik belgilarini tutib, ular keyingi tanlash va ko'paytirish uchun xizmat qiladi.
Ma'lumki, organizmlar irsiy belgilarining nasldan-naslga o'tishida xromosomadagi DNK molekulalari to'plami va ularning tarkibi asosiy rol o'unaydi. Irsiyatni belgilaydigan barcha irsiy omillar yig'indisi genotip, organizm va uning belgilarining rivojlanishida bu omillarning amaliy namoyon bo'lishi fenotip deyiladi.
Irsiy belgi - xususiyatlarning ota-ona organizmidan naslga o'tishi quyidagicha ifodalanadi: yadrodagi DNK molekulalari alohida axborot RNK molekulalarini hosil qiladi, bular keyinchalik sitoplazmaga o'tib, ribosomalarga qo'shiladi va shu organizm uchun xos bo'lgan matrisa (asos) bo'lib xizmat qiladi. Xullas, DNK molekulalarida bo'lg'usi organizmning genotipik xususiyatlari kodlangandir va genotip fenotipning keyingi rivojlanishini nazorat qiladi. SHuningdek, organizm shakllanayotgan muhit sharoiti ham bunga ta' sir qiladi.
15-amaliy mashg'ulot.
Nekroz va apoptoz hodisasini kuzatish.
Nekroz
Jihozlar: O'simlik to'qimasi, skalpel, buyum oynasi, preparoval nina, kolxisin moddasi.
Hujayra o'limining bu ko'rinishi hujayra membranasining o'tkazuvchanlik xossasining buzilishi natijasida ichki gomeostazning buzilishi bilan bog'liq bo'lib, hujayra ichidagi ionlar konsentrasiyasi buzilib, mitoxondriyalar tiklanmas o'zgarishlarga va hamma hayotiy jarayonlarning to'xtashiga olib keladi. Nekroz plazmatik membrananing shikastlanishiga, ko'pgina zaharli moddalar ta'sirida membrananing shimish kuchining pasauishiga, energetik jarayonlarning buzilishiga olib keladi. Bunda plazmatik membrananing o'tkazuvchanlik xossasining ortishi natijasida hujayra ichiga suv kirib, u shishadi, sitoplazmada Na+ va Ca ionlari konsentrasiyasi oshadi, vakuolyar tizim komponentlari membranalari uzilib sitozolda oqsil sintezi to'xtaydi, lizosoma gidrolazalari sitoplazmaga chiqib hujayra lizislanadi. Sitoplazmadagi bu o'zgarishlar bilan bir vaqtda yadroda ham o'zgarishlar kechadi. Nekrozning o'ziga xos tomoni shundaki unga katta guruh hujayralar uchraydi. Nekrozga uchragan hujayralar leykositlar hujumiga uchrashi natijasida to'qimaning shu qismida shamollash jarayonlari rivojlanadi.
Apoptoz
Organizmlarning rivojlanishi jarayonida bir qism hujayralar hech qanday fizikaviy yoki kimyoviy o'zgarishlarsiz nobud bo'lib turadi. YA'ni ularning "sababsiz" o'limi sodir bo'ladi. hujayralar o'limini ontogenezning deyarli hamma bosqichlarida kuzatish mumkin. Masalan, neuroblast va gonadositlarning nobud bo'lishi, hasharotlar va amfibiyalar metamorfozidagi hujayralarning nobud bo'lishi (itbaliqning dumi va tritonning jabralari rezorbsiyasi). Voyaga etgan organizmda ham domiy ravishda hujayralarning to'satdan o'limi sodir bo'lib turadi. Qon hujayralari-neytrofillar, teri epidermisi hujayralari, ingichka ichak hujayralari - enterositlar millionlab nobud bo'ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki hujayra o'limi hujayralararo aloqa mexanizmlari oraqali boshqariladi. Ko'p hujayrali organizmlarning hujayralari tirik qolish uchun tashqaridan "signal" olishlari kerak. Bunday signallarning bo'lmasligi hujayrada o'z-o'zini nobud qilish mexanizmi ishga tushishiga olib keladi. Masalan neyron hujayralarini o'stiruvchi omil (NGF) bo'lmasa ular nobud bo'ladilar.
Jigar hujayralaridagi apoptozda quyidagi jarayonlar kuzatiladi. Jarayonning boshida hujayralarning qo'shni hujayralar bilan aloqasi uziladi, ular bujmayib, yadrolarda xromatin kondensasiyalanib, yadro va undan keyin hujayraning o'zi ham mayda bo'laklarga parchalanib, har bir bo'lak plazmatik membrana bilan o'raladi. Bu hosil bo'lgan bo'laklar apoptoz tanachalar deb ataladi. Apoptoz hujayraning erib ketishi, lizisiga emas maydalanishi yoki parchalanishiga olib keluvchi jarayon. Plazmatik membrana bilan o'ralgan apoptoz tanachalar o'ziga makrofaglarni jalb qiladi. Makrofaglar tarkibidagi lizosomalar yordamida apoptoz tanachalarni hazm qiladi. Qizig'i shundaki, makrofaglar qo'shni sog' hujayralarga tegmasdan faqat apoptoz hujayralarini tanib oladi. Bunga sabab apoptoz natijasija plazmatik membrananing assimetrikligi buzilib, uning yuzasiga salbiy zaryadlangan fosfolipid - fosfatidilserin chiqib qoladi. Bu hol esa makrofaglar uchun signal bo'lib xizmat qiladi. SHunday qilib, tanlab olinadigan fagositoz orqali to'qimalar nobud bo'lgan hujayralardan tozalanadilar.
Demak, apoptoz hujayraning genetik programmalashtirilgan o'limi bo'lib, bunda hech qanday patologik jarayonlar rivojlanmaydi. Apoptozga turli tashqi omillar- nurlanish, toksinlar sabab bo'lishi mumkin. DNKda ro'y beradigan qaytmas salbiy o'zgarishlar, mitoxondriyalarda energetik jarayonlarning buzilishi, endoplazmatik to'rda oqsil sintezining to'xtashi ham apoptozni keltirib chiqarishi mumkin
MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISHNING SHAKLI VA MAZMUNI.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • darslik va o'quv qo' llanmalar bo' yicha fan boblari va mavzularini o'rganish;

  • tarqatma materiallar bo'yicha ma'ruzalar qismini o'zlashtirish;

  • maxsus adabiyotlar bo'yicha fan bo'limlari yoki mavzulari ustida ishlash:

  • amaliy mashg' ulotlarga tayyorgarlik ko'rish:

  • yangi texnikalar, texnologiyalar bilan ishlashni o'rganish;

  • talabaning o'quv-ilmiy -tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog'liq bo'lgan fanlar bo'limlari va avzularni chuqur o'rganish:

  • faol va muammoli o' qitish uslublaridan foydalaniladigan o'quv mashg'ulotlari:

  • masofaviy ta'lim.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari ro'yxati:




Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə