Ozbekiston respublikasi oliy va


O'QUV MATERIALLARI (MA'RUZA MATNI) SITOLOGIYA FANIGA KIRISH. SITOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA TARIXI Reja



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə2/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
sitologiya majmua

O'QUV MATERIALLARI (MA'RUZA MATNI) SITOLOGIYA FANIGA KIRISH. SITOLOGIYA FANINING MAZMUNI VA TARIXI Reja:

  1. Fanning mazmuni va asosiy vazifalari.

  2. Fanning rivojlanishiga hissa qo' shgan olimlar.

  3. Hujayra biologiyasi fanining dolzarb muammolari va istiqbollari.

    1. Fanning mazmuni va asosiy vazifalari. Sitologiya - hujayralarning taraqqiyoti, tuzilishi va faoliyatini o'rganadi. Bu fanning predmeti tirik organizmlardagi hujayralardir. Hujayra - barcha tirik organizmlarning takomillashishi, rivojlanishi, tuzilishi va yashash jarayonining asosi bo'lib hisoblanadi.

Tirik organizmning hayotiy jarayonlari: moddalar almashinuvi va organizmni tashqi muhit bilan bog'lab turish hujayraning asosiy xususiyatidir.
Sitologiya fanining asosiy vazifasi - hujayraning tuzilishi, vazifasi, moddalar almashinuvi jarayonini, rivojlanishi, ko'payishi va kelib chiqishini tashqi muhit munosabatiga bog'langan holda o'rganish.
Sitologiyani o'rganish va sitologik o'rganish usullarning natijalari tibbiyot, qishloq xo'jaligi, biotexnologiya, gen injeneriyasi va veterinariya sohalarida keng ko'lamda qo'llaniladi.
Odam organizmi ham hujayralardan tuzilgan ekan, barcha fiziologik, patologik jarayonlarni o'rganish sitologik asosda olib boriladi. Masalan, kasalliklarni aniqlashda, har bir hujayraning faoliyatini hisobga olish zarur. Qishloq xo'jalik ekinlari va hayvonlarini o'rganishda yoki ulardan samarali foydalanishda, yangi nav va zotlarini yaratishda bevosita hujayralardagi jarayonlar asos bo'lib hisoblanadi. Albatta, bu borada genetika va seleksiya asoslari fanidan foydalaniladi. Umuman olganda sitologiya fanini xalq xo'jaligi tarmoqlarini rivojlantirishdaga ahamiyati kattadir. Shu sababli ham bu fan asosida molekulyar biologiya, biotexnologiya, gen injeneriyasi, genomika kabi yangi fanlar taraqqiy etmoqda.
Sitologiya fani o'z oldiga quyidagi asosiy vazifalarni qo'yadi:

      1. hujayralarning ultrastrukturasi, vazifasi va rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish;

      2. o'simlik, hayvon va odam organizmining sitologik tuzilishidagi ekologik sharoitga va yoshga bog'liq o'zgarishlarni o'rganadi;

      3. hujayralardagi morfogenez jarayonlarni boshqarishda nerv, endokrin va immun tizimlarining ahamiyatini aniqlashtiradi;

      4. turli xil biologik, fizik, kimyoviy va boshqa omillar ta'sirida tirik organizm hujayralarinin moslanishuvini, o'zgarishlarni taxlil qiladi;

      5. hujayralarning differensiyalanish va regenerasiyasi qonuniyatlarini o'rganadi.


    1. Yüklə 3,97 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə